Tabiiy gazni nordon komponentlardan tozalashda absorber qurilmasi hisobi. 1 Ishlab chiqarish obyektining tavsifi




Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/14
Sana18.12.2022
Hajmi1.98 Mb.
#35690
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
16.Tabiiy gazni nordon gazlardan tozalish qurilmasidagi absorberning qo‘llanilishi va
MANTIQIY FUNKSIYALAR, Семенов Юрий Объемное образование правого легкого, 22, 6 mavzulashgan javobli hammasi, 26.04.2021, 528161-umumiy, 1, RUS - 9 - Государственные закупки –эффективные практики, стандарты и примеры международного опыта, BANK INQIROZLARI, Oilada bolalarning huquq va majburiyatlari-10 sinf, Eshqobilov rasm-2023, Jizzax viloyati Zomin tumani Ulug, View of Image Authentication Based on Watermarking Approach Review, 10-Tanda va arqoq iplarini qayta o\'rash



 TABIIY GAZNI NORDON
 KOMPONENTLARDAN TOZALASHDA 
ABSORBER QURILMASI HISOBI.
1.1 Ishlab chiqarish obyektining tavsifi 
“Muborak gazni qayta ishlash zavodi” MChj-ning 4-tsexi yuqori va kam 
oltingugurtli konlardan qabul qilinuvchi tabiiy gazni nordon birikmalardan (N
2
S, 
CO
2
) tozalash va tozalangan gazni quritishga mо‘ljallangan.
4-sexda tozalangan gaz sifati 12-15-sonli qurilmalar uchun 16-sexning past
haroratli ajratgich qurilmalarida va 16-18-sonli qurilmalar uchun V-navbat past 
haroratli ajratgich qurilmalarida quritilgandan sо‘ng O’zDSt 948:1999 «Gazi 
goryuchiye prirodniye, podavayemiye 

magistralniye 
gazoprovodi 

transportiruemiye po nim. Texnicheskiye usloviya»
1, 2, 3, 4-sonli о‘zgarishlar bilan 
standart talabiga javob berishi kerak. 
12-sonli qurilma 1983 yilda, 13-sonli qurilma 1986 yilda, 14,15-sonli
qurilmalar 1985 yilda, 16-sonli qurilma 1992 yilda, 17-sonli qurilma 1991 yilda, 
18-sonli qurilma 1990 yilda ishga tushirilgan.
12, 15, 18- sonli qurilmalar loyiha bо‘yicha kam oltingugurtli konlardan qabul 
qilinadigan tabiiy gazni tozalashga mо‘ljallangan. Ulardan 18- sonli qurilma yuqori 
oltingugurtli konlardan qabul qilinadigan tabiiy gazni ham tozalash imkoniyatiga 
ega. 
Loyiha bо‘yicha qurilmalarning gazni qayta ishlash quvvati yiliga 
quyidagicha taqsimlangan: 12-sonli qurilma 0,75 10
9
m

, 15-sonli qurilma 1,5 10
9
m
3
, 18-sonli qurilma 2,25∙10
9
m
3
. 18-sonli qurilmaning yuqori oltingugurtli gazni 
qayta ishlashdagi quvvati yiliga taxminan 1,7∙10
9
m
3
ga teng.
13,14-sonli qurilmalar loyiha bо‘yicha yuqori oltingugurtli konlardan qabul 
qilinadigan tabiiy gazni tozalashga mо‘ljallangan. Qurilmalar texnologik tarxga 
asosan aynan bir xil bо‘lib, ular kam oltingugurtli konlardan qabul qilinadigan 
tabiiy gazni ham tozalash imkoniyatiga ega. Har bir qurilmaning yillik loyihaviy 
quvvati 1,5 10
9
m

ni tashkil etib, kam oltingugurtli gazni qayta ishlashdagi
quvvati yiliga taxminan 2,0∙10
9
m
3
ga teng.



16,17-sonli qurilmalar bir xil loyihaviy quvvatni saqlagan holda ham kam 
oltingugurtli, ham yuqori oltingugurtli konlardan qabul qilinadigan tabiiy gazlarni 
tozalash imkoniyatiga ega. Har bir qurilmaning yillik loyihaviy quvvati 2,0 10
9
m
3
ni tashkil etadi. 
4-sexda 7ta OBTQ va 3ta PHAQlari mavjud. 12-15-sonli qurilmalar 
zavodning IV-navbati tarkibiga kiradi.16-18-sonli qurilmalar о‘zlarining alohida 
PHAQlari bilan zavodning V-navbati tarkibiga kiradi va barcha OBTQlarda 
quyidagi texnologik jarayonlar mavjud: 
- xom ashyo gazini tayyorlash va tozalash;
-nordon gazlar bilan tо‘yingan MDEA eritmasini qayta tiklash;
- tiklangan eritmani absorbsiya uchun tayyorlash (sovutish);
- eritmani filtrlash bо‘limi;
- eritmani tiklash jarayonida ajralib chiqqan nordon gazlarni tayyorlash.
PHAQda gazni sovutish, sovutilgan gaz oqimiga DEG purkash va tо‘yingan 
DEGni tiklash jarayonlari amalga oshiriladi. 
12-18-sonli qurilmalar loyihasi «Giprogazoochistka» va «VNIPIgazdobicha»
institutlari tomonidan bajarilgan. 
Bosh loyihachi – «VNIPIgazdobicha» instituti. 
Qurilmalar bir yilda 8∙10

h ishlaydi. 
Qurilmalarda amalga oshirilgan rekonstruksiyalar haqida ma’lumot: Har bir 
oltingugurtli birikmadan tozalash qurilmasi loyiha bо‘yicha alohida past haroratli 
ajratish (separatsiya) qurilmasi (PHAQ) va dietilenglikol (DEG)ni regeneratsiyasi 
qurilmasiga ega bо‘lgan. MGQIZ Texnik Kengashining 2007 yil 6 iyundagi 
qaroriga muvofiq IV –navbat qurilmalaridagi past haroratli ajratish (separatsiya) 
qurilmasi (PHAQ) va dietilenglikol (DEG)ni regeneratsiyasi qurilmalarini ishlatish 
tо‘xtatilgan. 
12-sonli qurilmada loyihaga asosan tabiiy gazni tozalash tarxi ikki parallel
ishlovchi tizilmalardan iborat. Bundan tashqari, tarx bо‘yicha tizimlarning ketma-
ket tartibda ishlashidan, yuqori oltingugurtli gazni tozalash mumkinligi ham 
nazarda tutilgan. Ikkala tizimdagi desorberlarning ishdan chiqqandan sо‘ng 



qurilmaning texnologik tizimini quyidagi variantda qayta qurish haqida qaror 
qilingan. Gaz bо‘yicha ikkita tizim, eritma bо‘yicha bitta tizim. Yangi qabul 
qilingan tarxda xom ashyo gazi qurilmaga ikki oqim bо‘yicha parallel ishlovchi 
ikkita ajratgich 10S-1/1,2 ikkita absorber 10K-1/1, 2 orqali qabul qilinadi. 
Loyixa bо‘yicha tozalangan gaz 10K-1/1,2 dan sо‘ng chiqib tozalangan gaz
ajratgichlari 10S-2/1,2 orqali amalga oshirilar edi. Ajratgichlar 10S-2/1,2 larning 
ishdan chiqishi munosabati bilan ular 80S-1 va 80S-2 ga almashtirildi (MGKIZ 
24.06.10 yildagi texnik kengash karori.)
Ikkala absorber 10K-1/1, 2 dan tо‘yingan eritma umumiy ekspanzer YE-1 ga 
kelib tushadi va bitta oqim bilan desorber 10K-2 ga regeneratsiya qilishga beriladi. 
Oltingugurtli birikmadan tozalash qurilmasiga: tashqi texnologik asbob-
uskunalar, absorbsiya va desorbsiyalash minoralari, issiqlikalmashtirgich 
apparatlari, ajratgichlar, eritmani filtrlash uzeli, nasoslar bо‘limi va aminni saqlash 
sig‘imlari kiradi. 
Past haroratli ajratish (separatsiya) qurilmasi (PHAQ) va dietilenglikol 
(DEG)ni 
regeneratsiyasi 
qurilmalari 
о‘z navbatida issiqlikalmashtirgich 
apparatlari, ajratgichlar, DEGni regeneratsiyalash kolonnasi va nasoslarga ega. 
MGQIZ texnologik qurilmalaridagi uskunalar quyidagicha belgilanadi; OBTQ 
- 10; PHAQ – 20; DEGRQ – 30.
Texnologik jarayonni avtomatik boshqarish 12-qurilma uchun alohida, qolgan 
qurilmalar uchun zavod V – navbat markaziy operatorlar xonasida amalga 
oshiriladi. 
Gazni nordon tarkibiy kismlardan tozalash uchun etanolaminli usul kabul 
kilingan. Tozalash jarayonida yutuvchi eritma sifatida metildietanolaminning 
suvdagi 35-40 foizli eritmasi kо‘llaniladi. 
Absorber ichida tegishli shartlar bajarilgan takdirda metil-dietanolaminning 
yutuvchi eritma sifatida kо‘llanilishi oltingugurtsuvchilni (serovodorodni) 
uglekislota (SO
2
) ishtirokida tanlab absorbsiyalash imkonini beradi. Tanlanishi 
natijasida oltingugurtsuvchil xom ashyo gazi tarkibidan tо‘lik, uglekislota esa 
kisman ajratilib olinadi. 



Tanlov jarayonining borishi kо‘pgina omillarga, ya’ni xarorat, bosim, 
aylanish davri, apparat balandligi, talab kilingan tozalash darajasi, gazdagi 
dastlabki oltingugurtsuvchil va karbon kislotasining о‘zaro nisbatiga boglikdir. 
Gaz tarkibida dastlabki oltingugurtsuvchil konsentratsiyasining kamayishi bilan 
karbon kislotasining tozalangan gazga kо‘shilib о‘tib ketishi kо‘payadi. Xom 
ashyo gazi tarkibidagi oltingugurtsuvchilning ma’lum konsentratsiyasida karbon 
kislotasining tozalangan gazga kо‘shilib о‘tib ketish mikdorini belgilaydigan 
omillar xarorat va apparat balandligidir. Balandlikning kamayishi bilan SO
2
ishtirokida N
2
S ning tanlab ajratib olinishi kamayadi, ya’ni SO
2
ning tozalangan 
gaz bilan kо‘shilib о‘tib ketishi oshadi. 
MDEAning absorbent sifatida ishlatilishi nordon gazlar tarkibida oltingugurt 
ishlab chikarishda kо‘llaniladigan N
2
S konsentratsiyasini oshirish imkonini beradi. 
Bundan tashkari MDEA ni ishlatgan paytda eritma mikdori kamayadi. Bunda 
energetik resurslar (bug, elektr energiyasi) tejash mumkin. 

Download 1.98 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tabiiy gazni nordon komponentlardan tozalashda absorber qurilmasi hisobi. 1 Ishlab chiqarish obyektining tavsifi

Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish