Texnologik jarayon va qurilma tarxi bayoni




Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/14
Sana18.12.2022
Hajmi1.98 Mb.
#35690
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
16.Tabiiy gazni nordon gazlardan tozalish qurilmasidagi absorberning qo‘llanilishi va
MANTIQIY FUNKSIYALAR, Семенов Юрий Объемное образование правого легкого, 22, 6 mavzulashgan javobli hammasi, 26.04.2021, 528161-umumiy, 1, RUS - 9 - Государственные закупки –эффективные практики, стандарты и примеры международного опыта, BANK INQIROZLARI, Oilada bolalarning huquq va majburiyatlari-10 sinf, Eshqobilov rasm-2023, Jizzax viloyati Zomin tumani Ulug, View of Image Authentication Based on Watermarking Approach Review, 10-Tanda va arqoq iplarini qayta o\'rash
1.2. Texnologik jarayon va qurilma tarxi bayoni 
1.2.1. Tabiiy gazni oltingugurtli birikmadan tozalash 
Tabiiy gazni oltingugurtli birikmadan tozalash qurilmalari apparaturalar va 
texnologik jihozlanish jihatidan bir xil bо‘lib, kam farq qiladigan tomonlarini 
hisobga olmaganda, ya’ni ular haqida keyingi satrlarda fikr bildiriladi 
12-sonli qurilmada loyihaga asosan tabiiy gazni tozalash tarxi ikki parallel 
ishlovchi tizilmalardan iborat. Yangi qabul qilingan tarxda xom ashyo gazi 
qurilmaga ikki oqim bо‘yicha parallel ishlovchi ikkita ajratgich 10S-1/1,2 ikkita 
absorber 10K-1/1, 2 orqali qabul qilinadi. 
Loyixa bо‘yicha tozalangan gaz 10K-1/1,2 dan sо‘ng chiqib tozalangan gaz
ajratgichlari 10S-2/1,2 orqali amalga oshirilar edi. Ajratgichlar 10S-2/1,2 larning 
ishdan chiqishi munosabati bilan ular 80S-1 va 80S-2 ga almashtirildi (MGKIZ 
24.06.10 yildagi texnik kengash karori.)
Ikkala absorber 10K-1/1, 2 dan tо‘yingan eritma umumiy ekspanzer YE-1 ga 
kelib tushadi va bitta oqim bilan desorber 10K-2 ga regeneratsiya qilishga beriladi. 


10 
Qolgan qurilmalarning texnologiyalari bir xil bо‘lib, tarx bayoni 18-qurilma 
uchun keltiriladi. 
18-sonli qurilmaga gaz «MNG» USHK konlaridan keladi. Gaz 4,2-5,0 MRa 
bosim ostida va 20-40 
0
Sda birlamchi-gorizontal (yotiq) ajratgich 10YE-1ga kelib 
tushadi. Gazning birdan kengayishi va oqim yо‘nalishining о‘zgarishi hisobiga 
uglevodorod kondensati, suv tomchilari mexanik aralashmalar va zanglash 
ingibitorlar ajralishiga olib keladi.
Ajratgich 10YE-1dagi suyuqlik sathi klapan rostlagich poz.421d bilan 
rostlanadi. Sath kо‘rsatkichlari operatorlar xonasi shchitida joylashgan birlamchi 
asbob UBP dan operatorlar xonasi shchitida joylashgan ikkilamchi asbob 
PV10.1Ega beriladi.
Eng kam sath holatida esa tovushli va yorug‘lik signalizatsiyalari poz.421 
ishlaydi.
Gazning 10YE-1dagi bosimi va harorati о‘sha joydagi texnik manometr 
poz.202, va simobli termometr poz.127 bilan о‘lchanadi. Birlamchi ajratgich 
10YE-1ning chiqishida gazning harorati termopara TXK poz.121a-2 bilan 
о‘lchanib, kо‘rsatgichlari ikkilamchi asbobga uzatiladi. Gaz bosimi 221a 
pozitsiyadagi MPP asbobi bilan qayd etiladi. Gaz sarfi 321a poz. dagi DKN 100 
diafragma bilan о‘lchanib, kо‘rsatgichlari operatorlar xonasi shchitidagi ikkilamchi 
PV10.1e poz.121. asbobiga beriladi va qurilmadan chiqishda о‘rnatilgan 321 
pozitsiyali klapan bilan boshqariladi.. Shundan sо‘ng xom ashyo gazi ikkilamchi 
tik ajratgich 10YE-2 ga kelib tushib, qо‘shimcha tarzda suyuq uglevodorodlardan, 
suvdan, mexanik aralashmalardan ajraladi.
Ajratgich 10YE-2dagi suyuqlik sathi sath о‘lchagich UBP (RUP) poz.422a 
bilan nazorat qilinib, kо‘rsatgichlari operatorlar xonasi shchitida joylashgan PV1.1 
asbobiga beriladi. Minimal yoki maksimal sathga yetganda tovushli va yorug‘lik
xabarchilari poz.422 ishlaydi.
Ajratgich 10YE-2dagi gaz haroratini о‘lchash о‘sha joydagi simobli 
termometr poz.127 bilan amalga oshiriladi


11 
Ajratgichlar 10YE-1, 2 dan gaz kondensati yig‘ilishiga qarab 1-sexdagi 
shabodalash qurilmasiga beriladi.
Suyuqlik tomchilari va mexanik aralashmalardan tozalangan gaz ajratgich 
10YE-2dan absorber 10K-1ning pastki qismiga birinchi tо‘rsimon likopchaning 
ostidan kiradi. Gaz 35-40 foizli MDEA eritmasi bilan tozalanadi. 
18-sonli qurilmadagi 10K-1da 24ta likopcha bor. MDEA eritmasi 
yuqorioltingugurtli gaz tozalanganda 10K-1ning 20-likopchasiga, pastoltingugurtli 
gaz tozalanganda esa о‘rta qismiga, 12-likopchaga beriladi. Absorberda massa 
almashuv jarayoni ketadi. (A ilovasi)
1-rasm. Absorberga armaturalar majmuasini montaj qilish sxemasi 
Absorber 10K-1da bosim farqini о‘lchash DSP 4(13DD 11,DPP-2) asbobi 
poz.204 bilan amalga oshirilib, kо‘rsatgichlari operatorlar xonasi shchitidagi RPV 
asbobiga beriladi. 10K-1 da bosim farqining maksimal kо‘rsatgichida tovushli va 
yorug‘lik signalizatsiyasi ishlaydi.
Absorber 10K-1dagi aminning tо‘yingan eritmasi sathi sathо‘lchagich UPB 
bilan о‘lchanib, undan berilgan pnevmatik xabar PR3.3.1 rostlagich orqali 424l 
poz.dagi klapan rostlagichga beriladi. Sath operatorlar xonasi shchitidagi PV 10.1E 
asbobi poz.424a-1 bilan rostlanadi. Minimal yoki maksimal sathga yetganda 424a-2 
poz.dagi tovushli va yorug‘lik signalizatsiyasi ishlaydi. Satx juda tushib ketganda 
absorberdan tо‘yingan eritma chiqish yо‘liga о‘rnatilgan 424v poz.dagi kesgich-
klapan va xom ashyo gazning kirishi-ni oldini oluvchi 304 poz..dagi klapanlar 


12 
yopilishi kо‘zda tutilgan. Nordon komponentlardan tozalangan, harorati 45-68 
0

bо‘lgan gaz, tozalangan gaz ajratgichi 10YE-3 ga kiradi, ya’ni tо‘rsimon 
qaytargichdan sо‘ng gaz bilan ketadigan eritma tomchilarini ajratish uchun.
Ajratgich 10YE-3dan yig‘ilishiga qarab eritma, regeneratsiyalangan eritma sig‘imi 
10YE-7ga haydaladi. Ajratgich 10YE-3 eritmaning kо‘piklanish ehtimoli natijasida 
otilib chiqadigan moddalarni ham qabul qilishga mо‘ljallangan. Tozalangan gaz 
ajratgichida suyuqlikning eng past sathi haqida xabar berish nazarda tutilgan. 
Sathni 10YE-3 da nazorat qilish datchik UPB poz.423 bilan amalga oshirilib, undan 
pnevmatik xabar operatorlar xonasi shchitidagi PV 1.1E asbobga beriladi. Gaz 
bosimi 222a pozitsiyadagi MPP asbobi bilan qayd etiladi. 
Tozalangan gaz tarkibidagi vodorod sulfid gazoanalizatorlar yordamida 
nazorat qilinadi. Gaz tarkibida N
2
S miqdori 7,0 mg/m
3
dan kо‘p bо‘lganda, 
uzgichlar maydonida о‘rnatilgan uzgich klapanlarni yopish yо‘li orqali xom ashyo 
gazini berish tо‘xtatiladi. Halokat yoki konditsiyalanmagan gazni chiqarib yuborish 
kerak bо‘lganda 10YE-3ning chiqish tizimiga о‘rnatilgan 2 ta uzgich ochilib, gazni 
yuqori bosimli mash’alaga yuboriladi.

Download 1.98 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Texnologik jarayon va qurilma tarxi bayoni

Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish