Tо‘yingan eritmani qayta tiklash tarxi tavsifi




Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/14
Sana18.12.2022
Hajmi1.98 Mb.
#35690
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
16.Tabiiy gazni nordon gazlardan tozalish qurilmasidagi absorberning qo‘llanilishi va
MANTIQIY FUNKSIYALAR, Семенов Юрий Объемное образование правого легкого, 22, 6 mavzulashgan javobli hammasi, 26.04.2021, 528161-umumiy, 1, RUS - 9 - Государственные закупки –эффективные практики, стандарты и примеры международного опыта, BANK INQIROZLARI, Oilada bolalarning huquq va majburiyatlari-10 sinf, Eshqobilov rasm-2023, Jizzax viloyati Zomin tumani Ulug, View of Image Authentication Based on Watermarking Approach Review, 10-Tanda va arqoq iplarini qayta o\'rash
 
1.2.2.Tо‘yingan eritmani qayta tiklash tarxi tavsifi 
Vodorod sulfid va karbonat angidrid bilan tо‘yingan eritma absorberdan 
klapan uzgichdan keyin 45-73 
0
S harorat bilan ekspanzer 10YE-6ga kelib tushadi, 
ekspanzer 10YE-6da bosimning 0,4-0,6 MRa ga tushishi hisobiga tо‘yingan 
eritmadan qisman gaz ajralishi rо‘y beradi. Ekspanzerdagi bosim ekspanzer gazlari 
chiqadigan tizimga о‘rnatilgan avtomatik klapan rostlagich poz.225d bilan ushlab 
turiladi va shchitdagi 225 pozitsiyadagi PV10.1E asbobi bilan qayd etiladi.
Ekspanzer gazlari harorati operatorlar xonasi shchitida о‘rnatilgan asbob 
poz.121 bilan qayd etiladi. Ushbu gazlar past bosimli mash’alada yoqiladi.
16,17-qurilmalarda loyihaga asosan ekspanzer gazlarini tozalash kо‘zda 
tutilgan. Bu jarayon tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri ekspanzer 10YE-4 ustiga о‘rnatilagn 10K-3 
absorberda amalga oshiriladi. 10K-3 absorberida absorbsiya jarayoni 10K-1 
absordagi kabi amin eritmasi bilan olib boriladi. 


13 
Ekspanzerdagi sath issiqlik almashtirgichlar 10T-1/1, 2, 3 dan keyin tо‘yingan 
eritma tizimiga о‘rnatilgan klapan rostlagich poz.426d bilan ushlab turiladi.
Sathni rostlash va qayd qilish operatorlar xonasi shchitidagi 426 poz.dagi 
PV10.1e asbobi bilan amalga oshiriladi.Satx bо‘yicha favqulotda xolat yuzaga 
kelganda yorug‘li va ovozli signalizatsiya poz.426 ishlashi kо‘zda tutilgan
MDEAning tо‘yingan eritmasi 10YE-6 dan issiqlik almashtirgichlar 10T-1/1, 
2, 3ga kelib tushadi. Tо‘yingan eritma ketma-ket tartibdagi issiqlikalmashtirgichlar 
10T-1/1, 2, 3ning quvurlari ichidan о‘tayotib, quvurlar orasidan oqimga qarshi 
borayotgan qaynoq regeneratsiyalangan eritma bilan 90-105 

S gacha isitiladi. 
Tо‘yingan eritma haroratining nazorat qilish о‘sha joydagi simobli termometr 
poz.108 bilan amalga oshiriladi. 
Tо‘yingan eritmadan yutilgan nordon komponentlar, desorberning S 
shaklidagi tarelkasida eritmaning 10I-1a,b bug‘latgich olgan suv bug‘i 
kondensatsiyasi issiqligi hisobiga ajralib chiqadi. Eritma bu joyda 117-127 
0

haroratgacha isiydi. MDEAning tiklangan eritmasi setkasiz tarelka ostida 
desorberning quyi qismiga oqib tushadi. 
10K-2 quyi qismidagi harorat operatorlar shchitidagi MIP asbobi poz.122b
bilan qayd qilinadi. 
MDEAning 
tiklangan 
eritmasi, 
10K-2 
ning 
quyi 
qismidan 
issiqlikalmashtirgich 10T-1/1, 2, 3 lar о‘tkazgichlari oralig‘iga kirib, qarshi oqimda 
oqadigan tо‘yingan eritma bilan issiqliki rekuperatsiyasi hisobiga harorati 70-98 
0

gacha tushib soviydi. Tiklangan amin eritmasi shundan sо‘ng sovushi uchun havo 
bilan sovutish apparati 10XV-1 va sо‘ngra 50-70 
0
S haroratda tiklangan eritma 
yig‘gich 10YE-7 ga kelib tushadi. 
Havo bilan sovutish apparatining eritmalar chiqish qismiga 10K-2 dagi sathni 
rostlash klapani о‘rnatilgan bо‘lib, u operatorlar xonasi shchitidagi PV10.1E 
asbobi poz.428a bilan boshqariladi. 
10K-2 dagi eng past sath haqida 428 poz.li xabar berish ham mavjud. 
Birlamchi 13DD 11 (DPP-2) asbobi bilan 10YE-7 yig‘gichdagi sathni 
о‘lchab, operatorlar xonasi shchitidagi RPV4.2 asbob poz.425a da qayd qilish va 


14 
eng past sath holati haqida xabar berish nazarda tutilgan. Eritmaning eng past sathi 
holatida chiqaruvchi nasoslar 10N-5 va tegishlicha sirkulyatsiya qiluvchi nasoslar 
tо‘xtatilishi amalga oshiriladi. Regeneratsiyalangan amin eritmasi chiqaruvchi 
nasoslar orqali kollektorga berilib, bu joyda absorbsiya tarmog‘iga kelayotgan 
eritma umumiy miqdorini о‘lchash amalga oshiriladi. О‘lchash diafragma 
poz.325a da amalga oshirilib, kо‘rsatgichlar operatorlar xonasi shchitidagi asbob 
poz.325 bilan qayd qilinadi. Sо‘ngra tiklangan eritma parallel suvli 10X-1,2 
sovutgichlardan о‘tib chiqarish qismi kollektorga ulangan 10N-1/1, 2, 3 
sirkulyatsiya nasoslarining sо‘rilish qismiga keladi. Shundan sо‘ng eritma, 
absorberning о‘rta qismiga beriladi. Eritma sovutgichlarida 45-67 
0
S gacha soviydi 
(Iqlim sharoitiga bog‘liq holda).10K-1 ga berilgan eritma min miqdorga tushganda 
ogohlantiruvchi signalizatsiya ishga tushadi (poz. 325) 
Tabiiy gazni oltingugurtli birikmadan tozalash qurilmasida loyiha tarxi 
bо‘yicha eritmani 10K-1 ga ikki oqimli berish saqlab qolingan. Birinchi oqim
ya’ni umumiy eritma hajmining 25 % miqdori о‘lchagich diafragma DK100 
poz.322a suvli sovutgich 10X-1 ga, sо‘ngra K-1 ning yuqori qismiga keladi. 
Eritma miqdorini qayd qilish PV10.1E asbobi poz.322 bilan amalga oshiriladi. 
Eritmaning suv bilan sovutish apparati 10X-1 dan chiqishdagi harorati operatorlar 
xonasi shchitidagi MIP asbobi poz.121b bilan qayd qilinadi, shu bilan birga о‘sha 
joydagi termometr poz.121 bilan о‘lchanadi. 
Ikkinchi oqim umumiy eritma hajmining 75% miqdoridagisi о‘lchagich 
diafragma DK100 poz.323a orqali suvli sovutgich 10X-2 ga va sо‘ngra 10K-1ning 
о‘rta 
qismiga 
keladi. 
Eritma 
sarfi 
operatorlar 
xonasi 
shchitidagi 
RPV(PV10.1E)asbobi poz.302 bilan qayd qilinadi. Harorat operatorlar xonasi 
shchitidagi MIP asbobi poz.121vda qayd qilinadi. Shunday qilib, eritmaning 
aylanib turishi qaytarilib turadi. 

Download 1.98 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tо‘yingan eritmani qayta tiklash tarxi tavsifi

Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish