-O’zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalari




Download 1,66 Mb.
bet139/171
Sana14.05.2024
Hajmi1,66 Mb.
#231734
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   171
Bog'liq
attaestatsiya javoblari

47-O’zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalari

O`zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi.
O`zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyati keng qamrovli bo`lib bormoqda. Mamlakatimizda chet el firmalari mablag`i ishtirokida tuzilgan qo`shma korxonalar soni 6 mingdan oshib ketdi. Ular orasida dunyoga tanilgan "Samsung", "DEU", "Nyumont-Mayning", "Filips" va boshqalar samarali faoliyat ko`rsatmoqda. Hozirgi vaqtda O`zbekistonni dunyoning 170 ga yaqin mamlakati tan olgan, shundan 140 dan ortig`i bilan diplomatik munosabatlar o`rnatilgan. Poytaxt - Toshkentda 50 ga yaqin mamlakatning elchixonalari faoliyat ko`rsatmoqda. O`zbekistonning chet mamlakatlarda elchixonalari, konsulliklari va 30 dan ortiq vakolatxonalari ishlab turibdi.
O`zbekistonning xorijiy kompaniya va firmalar bilan hamkorligi, ularning hududimizda to`la faoliyat ko`rsatib ishlashiga kafolat berilganligi tashqi savdoga ijobiy ta`sir ko`rsatmoqda. Shunday qilib, mamlakatimiz tashqi aloqasi, savdo geografiyasi juda kengayib bormoqda. O`zbekiston barcha qit`alarda joylashgan davlatlar bilan keng qamrovli savdo-sotiq aloqalarini olib bormoqda. Tashqi savdoda Yevropa-66,3, Osiyo-28,0, Amerika qit`asi-5,4, Afrika-0,1, Avstraliya va Okeaniya-0,2 foizni egallaydi. Keyingi yillarda O`zbekiston tashqi savdo aylanmasida MDH va xorijiy mamlakatlar hissasida birmuncha o`zgarishlar sodir bo`ldi.
Agar 1994 yilda tashqi savdo aylanmasining 58 foizi MDH davlatlari hissasiga to`g`ri kelgan bo`lsa, 2004 yilga kelib bu ko`rsatkich 34,6 foizga teng bo`ldi. Uzoq xorij mamlakatlarining salmog`i esa 1994-2004 yillarda mos ravishda 42 foizdan 65,4 foizga o`sdi 
Shuni alohida ta`kidlash lozimki, MDH mamlakatlari orasida O`zbekistonning asosiy savdo hamkorlari Rossiya, Qozog`iston va Ukraina hisoblanadi. 2004 yilda jami eksportning 14,9 foizi Rossiya, 3,8 foizi Qozog`iston, 2,3 foizi Ukraina hissasiga to`g`ri kelgan bo`lsa, jami importda mazkur mamlakatlarning ulushi muvofiq ravishda 24,0; 6,3 va 4,5 foizni tashkil etdi. Uzoq xorij mamlakatlari orasida Buyuk Britaniya (7,9 %), Eron (6,9 %), Turkiya (4,1 %), va AQSH (3,1 %) mamlakatimiz eksportida sezilarli o`ringa ega bo`lsa, import tarkibida AQSH (10,3 %), Janubiy Koreya (9,2 %), Germaniya (7,1 %), Xitoy (7,0 %) yuqori salmoqqa ega. So`nggi yillarda mamlakatimiz eksport tarkibida bir qator o`zgarishlar yuz berdi. Paxta tolasi mamlakat eksportida muhim o`rin tutsada, uning ulushi mustaqillik yillarida 2,6 martadan ziyodroqqa pasaydi (1992 yilda 47,9 foizdan 2004 yilda 18,1 foizgacha). Istiqlol davrida eksport tarkibida yangi soha-xizmatlar paydo bo`ldi va uning jami eksportdagi ulushi 2004 yilda 11,8 foizni tashkil etdi. Umuman, O`zbekistonning eksporti to`g`risida 8-chizmadan to`liq ma`lumot olish mumkin. Kelajakda O`zbekiston eksportining tovar tarkibini oziq-ovqatlar, mashina va asbob-uskunalar, shuningdek, boshqa tayyor mahsulotlar eksportini oshirish orqali mamlakat eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish mumkin.
Bugungi kunda respublikamizda o`tish iqtisodiyotining o`ziga xos xususiyatlari va tarkibiy o`zgarishlar yo`nalishlaridan kelib chiqqan holda import tarkibini takomillashtirish sohasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu chora-tadbirlarning natijasi o`laroq mustaqillik yillarida importning tovar tarkibida sezilarli ijobiy o`zgarishlarga erishilmoqda.
Istiqlol yillarida oziq-ovqat mahsulotlarining O`zbekiston jami importidagi salmog`i sezilarli darajada pasaydi: agar 1992 yilda jami importning 36,8 foizi oziq-ovqat mahsulotlari hissasiga to`g`ri kelgan bo`lsa, 2004 yilga kelib bu ko`rsatkich 6,8 foizga teng bo`ldi (9-chizmaga qarang). Bu eng avvalo, oziq-ovqat mustaqilligini ta`minlashga qaratilgan dasturning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi natijasidir.
Import tarkibida yana bir muhim o`zgarish shundan iboratki, mustaqillik yillarida energiya manbalari importi sezilarli darajada kamaydi. Agar 1992 yilda jami importning 25,5 foizini energiya manbalari tashkil etgan bo`lsa, 2004 yilga kelib bu ko`rsatkich 2,1 foizga teng bo`ldi. Yuqoridagi o`zgarishlar natijasi o`laroq, bugungi kunda mamlakatimiz don va yoqilg`iga bo`lgan ehtiyojlarini asosan milliy ishlab chiqarish evaziga qoplanmoqda.
Import tarkibini optimallashtirish borasida erishilgan ijobiy natijalardan yana biri jami importda mashina va asbob-uskunalar ulushining 1992 yilda 9,2 foizdan 2004 yilda 46,0 foizgacha o`sganligi hisoblanadi. Bu holat respublikamiz hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan milliy iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurish va modernizatsiyalash strategiyasiga muvofiq keladi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar har tomonlama taraqqiy ettirishning muhim va samarali yo`llaridan biri xorijiy mamlakatlar bilan qator sohalarda qo`shma korxonalar qurishdir. Tashqi iqtisodiy munosabatlarning bu yo`nalishi jahonning ko`p mamlakatlarida keng tarqalgan. Qo`shma korxonalar tashkil etish va ularni samarali taraqqiyot yo`liga solish ishchi kuchlari ko`p bo`lgan davlatlar qatoriga kiruvchi mamlakatimiz uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Shunga ko`ra O`zbekistonda ham bu borada katta ishlar amalga oshirilmoqda.
O`zbekistonda qo`shma korxonalarni tashkil qilishda jahonning ko`pgina mamlakatlari ishtirok etmoqda. Ular orasida AQSH, Xitoy, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Isroil, Hindiston, Rossiya, Ukraina kabi mamlakatlar yetakchi o`rinni egallab kelmoqda. Respublikada vujudga kelayotgan qo`shma korxonalar soni yil sayin ortib bormoqda. 1994 yilda bunday korxonalar soni 900 tani tashkil etgan bo`lsa, 2001 yilda 1958 ta, 2002 yilda 2087 ta, 2005 yilda 2627 taga yetdi. 1994 yilda xorijiy investitsiya hisobidagi korxonalar YAIMdagi ulushi 2,6 foizni tashkil etgan bo`lsa, 2004 yilga kelib mazkur ko`rsatkich 15,1 foizga yetdi. Ular tomonidan amalga oshirilgan eksport hajmi 1994 yilda 2 mln dollardan 2004 yilda 785,2 mln dollargacha, mamlakat jami eksportidagi ulushi 1,0 foizdan 16,2 foizgacha o`sdi. Bunday korxonalarning respublika importdagi ulushi esa 1994 yilda 6 foizdan 2004 yilda 30,5 foizgacha ko`paygan.  Mustaqillik yillarida O`zbekiston hududida barpo etilgan qo`shma korxonalar orasida "O`zDEU avto ", "Zarafshon-Nyumont", "Kabul-O`zbek", "O`zBAT", "DEU Tekstil komponi" kabilar shuhrat qozongan. Mamlakat ma`muriy mintaqalari doirasida tahlil qiladigan bo`lsak, O`zbekistondagi qo`shma korxonalarning 68,5 foizi yoki 1800 tasi Toshkent shahriga to`g`ri keladi. Shuningdek, ularni soni Samarqand (125 ta) va poytaxt viloyatlarida (193 ta) ham nisbatan ko`p. Ayni vaqtda qo`shma korxonalar Sirdaryo (37 ta), Navoiy (36 ta), Xorazm (29 ta) va Jizzax (25 ta) viloyatlarida yetarlicha rivojlanmagan. Kelajakda mamlakat tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirishda uning har bir ma`muriy rayoni (viloyat, tuman) hamda turli mulk shaklidagi korxonalar ishtirokini ta`minlash vatanimiz iqtisodiyotini yuksaltirishga, xalqning turmush sharoitini yaxshilashga ma`lum hissa bo`lib qo`shiladi.
Mustaqil mamlakatimiz tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishda xalqaro turizm katta o`rin tutmog`i lozim. Bu faoliyat to`g`ri va samarali tashkil etilsa, juda katta iqtisodiy samara berishi hamda mamlakatga katta miqdorda chet el valyutasini olib kelishi mumkin.
O`zbekiston xalqaro turizmni rivojlantirish uchun zarur bo`ladigan ulkan imkoniyatlarga ega. Turizm haqida gap borganda tarix durdonalari bo`lmish va jahon ahlini o`ziga qaratgan ajoyib obidalar saqlanayotgan Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz, Marg`ilon kabi shaharlar muhim ahamiyat kasb etishi mumkinligini aytib o`tish lozim.
Xalqaro turizm sohasini samarali rivojlantirish maqsadida 1992 yil iyulda “O`zbekturizm” Milliy kompaniyasi tashkil etildi. Hozirgi kunda ushbu kompaniya turizm borasida arzigulik ishlarni amalga oshirmoqda. Kelajakda mazkur sohani yanada rivoj topishida 1999 yil 20 avgustda qabul qilingan "Turizm to`g`risida"gi qonun alohida o`ringa ega.


Download 1,66 Mb.
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   171




Download 1,66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-O’zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalari

Download 1,66 Mb.