|
- Markaziy Osiyoda geosiyosiy vaziyat
|
bet | 138/171 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 1,66 Mb. | | #231734 |
Bog'liq attaestatsiya javoblari46- Markaziy Osiyoda geosiyosiy vaziyat
Markaziy Osiyo bu Yevrosiyo mintaqasining markazida joylashgan, keng hududida 50 mln.dan ortiq aholi istiqomat qiladi. Bu hudud er yuzidagi etakchi davlatlar hisoblangan Rossiya, Xitoy, Hindiston va Eron bilan chegaradosh. Markaziy Osiyo hududi chegarasining uzunligi 20 ming km. Mintaqning janubiy qismi geosiyosiy jarayonlar miqiyosida eng murakkab hisoblanib, ohirgi voqealar bu qism nafaqat hududda yoki mintaqada, balki butun jahonda strategik muvozanatni ta’minlashda asosiy rol o‘ynashini anglatdi. Hozirgi kunda ham Afg‘oniston, ziddiyatlar o‘chog‘i sifatida qolmoqda va bu shart-sharoit, mintaqaviy xavfsizlikka tahdid solish imkoniyatini yaratmokda. Ikkinchi tomondan, mintaqada mavjud bo‘lgan tabiiy xomashyo, qulay jo‘g‘rofik va iqlimiy shart-sharotilar, yuksak iqtisodiy imkoniyatlar mavjudligi, mintaqa transmilliykompaniyalarni yangi bozor sifatida o‘ziga jalb qilmokda. Aynan mintaqaning iqtisodiy jozibadorligi, kelajakda uning zaif tomonlarini paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Z. Bjezinskiyning yozishicha, “1993 yildan 2005 yilgacha energiyani iste’mol qilish hajmi dunyoda 50 % ortishi kutilmoqda, bu o‘z navbatida yangi manbalarni o‘rganish va ekspluatatsiya qilishni talab qiladi”. Shu sababli, boy energiya manbalariga ega va etnik masalarda notich bo‘lgan mintaqa, kelajakda jahon ziddiyatlari maydoniga aylanishi mumkin. Bu bir so‘z bilan aytganda, Markaziy Osiyo ko‘pgina jihatlar bo‘yicha buyuk davlatlar uchun o‘zining siyosiy va iqtisodiy qiziqishlarini rivojlantirish uchun juda qulay mintaqa hisoblanadi. Geografik jihatdan Markaziy Osiyo Rossiya va AQSH yetakchiligida turli davlatlar tomonidan olib borilayotgan geosiyosiy o‘yinning “nazorat chizig‘ida” joylashgan. Bu erda gap Evrosiyo qat’asi uchun asrlardan beri “heartland” va “rimland” o‘rtasida davom etib kelayotgan qarama-qarshiliklar haqida ketmoqda. Shu sababli, Markaziy Osiyoda paydo bo‘lgan geosiyosiy muammolar, ushbu vaziyatda etnosiyosiy tanglikning paydo bo‘lishini keng ma’nodagi geosiyosiy zanjirning bir xalqasi sifatida talqin etish mumkin. Uning qay tarzda rivojlanishi ikki qarama-qarshi tomonning tanlagan taktikasiga bog‘liqdir. Markaziy Osiyo geosiyosiy jarayonlarining tabiati va yo‘nalishiga, yuqorida bayon qilingan davlatlardan tashqari, Xitoy, Pokiston, Hindiston va Eron kabi davlatlarning qizikishi tobora ortib bormokda. Bu davlatlar ba’zida diniy yoki etnosiyosiy qartalarni o‘ynashga harakat qilishmoqda. Dunyo xamjamiyatidan o‘ziga xos o‘rin egallab borayotgan O‘zbekiston o‘z ichki va tashqi siyosatida ana shu mezonlarga tayanadi. Mamlakatimizning ichki siyosati "Inson va uning manfaatlari har narsadan ulug‘" degan tamoyil asosida amalga oshiriladi. Bu jarayon har bir fuqaro uchun munosib turmush sharoitini yaratib berish, uning haq-huquq va erkinliklarini kafolatlash, ozchilikning ko‘pchilik irodasiga bo‘ysunishi, shu bilan birga, ozchilik fikrining ham ko‘pchilik tomonidan hurmat etilishi kabi demokratik qoidalarni o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston o‘z tashqi siyosatida barcha davlatlar bilan teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik asosida hamkorlik qilish, ularning ichki ishlariga aralashmaslik, umuminsoniy qadriyatlarga sodiklik, tinchlik va xavfsizlikni asrab- avaylash, xalqaro huquq me’yorlarining ustuvorligi kabi tamoyillarga amal qiladi. Mintaqada tinchlik va barqarorlikni saqlash, uni yadro qurolidan xoli makonga aylantirish, mintaqaviy mojarolarni tinch yo‘l bilan hal etish, xalqaro terrorchilik va aqidaparastlikka qarshi kurash mamlakatimizning jahondagi nufuzini yanada oshirishga xizmat qiladi. Geosiyosat nuqtai-nazaridan O‘zbekiston Markaziy Osiyoning markazini egallagan hamda muhim strategik mavqega ega bo‘lgan davlat hisoblanadi. Siyosiy, iqtisodiy hamda ma’naviy salohiyati nuqtai-nazardan o‘ziga xos ahamiyatga ega bo‘lgan bu mamlakat demografik holati bo‘yicha boshqa respublikalarga nisbatan yuqori ko‘rsatkichlarga ega. Boshqacha aytganda Markaziy Osiyo mintaqasining 40% aholisi faqat O‘zbekistonda istiqomat qiladi. qo‘shni respublikalarning O‘zbekistonga chegaradosh bo‘lgan barcha ma’muriy hududlarida o‘zbeklar mahalliy elatlar bilan birgalikda istiqomat qiladi. O‘zbek xalqiga xos bo‘lgan bag‘rikenglik, urf-odatlarni e’zozlash, an’analarga amal qilish, baqamti yashayotgan elatlar o‘rtasida tabiiy ravishda uning etakchiligini ta’minlab beradi. Masalan, turli elatlar birgalikda istiqomat qiladigan hududlarda to‘y, ma’raka, ta’ziya, hashar yoki boshqa ijtimoiy tadbirlar asosan o‘zbeklar etakchiligida o‘tishini kuzatish mumkin. Bu O‘zbekistonning mintaqada nafaqat geografik, balki etno-madaniy nuqtai-nazardan ham muhim bog‘lovchilik vazifasini namoyon etmoqda.
|
| |