Turizm davlat rahbari e'tiborida




Download 1,66 Mb.
bet134/171
Sana14.05.2024
Hajmi1,66 Mb.
#231734
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   171
Bog'liq
attaestatsiya javoblari

Turizm davlat rahbari e'tiborida
Joriy yilning 22 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev parlamentga Murojaatida barcha sohalar qatorida turizm sanoati borasida quyidagi fikrlarni bildirdi: «Hozirgi kunda milliy iqtisodiyotga yuqori daromad keltiradigan istiqbolli tarmoqlardan biri – bu turizmdir. O‘zbekiston turizm sohasida dunyo bo‘yicha ulkan salohiyatga ega bo‘lgan davlat hisoblanadi. Yurtimizda 7300 dan ortiq madaniy meros obektlari mavjud va ularning qariyb 200 tasi YuNeSKO ro‘yxatiga kiritilgan. Shu bilan birga, mamlakatimizning betakror tabiati, go‘zal dam olish maskanlari imkoniyatlaridan foydalanib, yangi turistik yo‘nalishlar ochish mumkin. Bu sohaga jahon brendlarini faol jalb etgan holda, biz ziyorat turizmi, ekologik, ma'rifiy, etnografik, gastronomik turizm va bu sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratishimiz zarur. Bu borada davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini qo‘llash sohani taraqqiy ettirishda keng imkoniyatlar ochishini hisobga olishimiz lozim. Samarqand, Buxoro, Toshkent shaharlaridagi muqaddas qadamjolar va yodgorliklarni ziyorat qilish dasturini rivojlantirish va jadallashtirish zarur. Ichki turizm sohasidagi katta imkoniyatlarni ham to‘liq ishga solish lozim». Shuningdek, davlatimiz rahbarining 2016 yil 2 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni sohada uchrayotgan xato va kamchiliklarni bartaraf etib, uni izchil rivojlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Prezidentimiz mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisida turizm haqida so‘z yuritar ekan, bunday serdaromad soha rivoji e'tibordan chetda qolib kelayotgani, uning O‘zbekiston iqtisodiyoti taraqqiyotiga qo‘shadigan hissasini oshirish, tarixiy va madaniy qadriyatlarimizni targ‘ib qilish, shuningdek, valyuta zaxiralarini to‘ldirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘rilishi zarurligini alohida ta'kidladi.

Download 1,66 Mb.
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   171




Download 1,66 Mb.