|
Xududlararo hamkorlik ikki tomonlama munosobatlarda yangi yo‘nalish
|
bet | 131/171 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 1,66 Mb. | | #231734 |
Bog'liq attaestatsiya javoblariXududlararo hamkorlik ikki tomonlama munosobatlarda yangi yo‘nalish
Ikki tomonlama hamkorlikdagi muhim strategik ahamiyatga ega, oldingi o‘zaro hamkorlik shakllaridan farq qiluvchi yangi tendensiya bu xududlararo aloqalarning shakllanishi va uning muntazam rivojlanib borishidir. Bu shakldagi hamkorlik o‘ziga xos unikal xususiyatga ega. Geografik jihatdan qulaylik, boshqa xududlarda bir birini takrorlamaydagan imkoniyatlar, shart - sharoitlarni mavjudligi va ulardan unumli foydalanish o‘zaro o‘zaromanfaatli hamkorlikni yangi bosqichga chiqishiga katta turki bo‘lmoqda. Bu yo‘nalishda, savdo iqtisodiy, investision madaniy - gumanitar sohalarda aloqalarni kuchaytirish va ularning yangi modelini yaratish bo‘yicha keng muloqat olib borilishi birinchi marta 2018 yilda Rossiya prezidentining O‘zbekistonga tashrifi doirasida xududlararo hamkorlikning birinchi forumi o‘tkazildi. Forumning axamiyati va yangiligi shundaki avvallari ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar asosan katta biznes strukturalari bilan amalga oshirilgan va kichik va o‘rta binesning imkoniyatlari e’tiborga olinmagan. Bu yangi harakat o‘z navbatida yangi instrument sifatida vujudga keldi. Ikki mamlakatning kichik va o‘rta biznes vakillarini to‘g‘ridan o‘zaro hamkorligini rivojlantirishning, biznes rejalarini ishlab chiqishlari va amalga oshirish uchun shartnomalarini tuzushlari uchun qulayliklar yaratdi. Bu jarayonga O‘zbekistonning tashqi siyosatidagi iqtisodiy, madaniy -gumanitar diplomatiyani rivojlantirish bo‘yicha diplomatlar Rossiyaning har bir xududlarida ilgari ochilmagan yangi qirralarini aniqladilar, bunday imkoniyatlarni o‘rganishlari kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuvlari amaliy ahamiyat kasb etmoqda. Birinchi forum natijalari bo‘yicha 3 milliard AKSH dollari hajmida shartnomalar imzolangan. Xususan, 2017-2018 yillarda Rossiya mintaqalari rahbariyatlari darajasida, jumladan, Checheniston Respublikasi va Tatariston rahbarlari, Sankt-Peterburg, Chelyabinsk, Ivanovsk va Orenburg viloyatlari gubernatorlari bilan 20 dan ortiq ikki tomonlama tashriflar amalga oshirildi. Oltoy o‘lkasi, Novosibirsk va Sverdlovsk viloyatlari rahbarlari o‘rinbosarlari darajasida delegasiyalar tashrif buyurdi. O‘z navbatida, joriy yilning sentyabr oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining rahbarlari boshchiligidagi delegasiyalar Rossiyaning ko‘pgina hududlarida bo‘lib, o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatdi. Bunday yangi tendensiya doirasidagi o‘zgarishlar tobora keng qamrovligi bilan ajralib turadi. O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga chiqqanligi bilan ham izohlanadi.
Hozirgi kunda forumning ikkinchisini o‘tkazishga tayyorgarlik ishlari jadal ketmoqda. Bo‘lajak forum doirasida ikki davlat o‘rtasida hududlararo bir qator investision kelishuvlar imzolanishi olib bormoqda. Rossiyaning yirik shaharlarida O‘zbekistonning viloyatlarini savdo uylari va ulgurji taqsimot markazlari, qo‘shma korxonalar faoliyat yuritishini tashkillashtirish ham rejalashtirilgan. Mazkur forum doirasida qator eksport va import shartnomalari tuzilishi ko‘zda tutilmoqda. E’tiborlisi, ularning aksariyati O‘zbekistondan eksport qilinadigan mahsulotlar va xizmatlarga oid bitimlardir.
Bugungi kunda mamlakatimizdagi xo‘jalik sub’ektlari bilan Rossiyaning 70 ortiq xudulari energetika, metallurgiya, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi sohalarida o‘zaro faol hamkorlikni olib bormoqdalar. Rossiyalik mutaxassislarning fikricha bular orasida 10 liderlikni Moskva, Santk Peturgburg, Chelyabinsk, Moskva, Sverdlovsk, Samara, Ivanova Belgorod, Vologda oblastlari hamda Tatariston respublikasi tashkil etmoqda. Birgina 2019 yilning noyabr oyida Sverdlovsk oblasti gubernatari Ye.Kuyvashevning Namangan viloyatiga tashrifi natijasida 106,7 million Aksh dollariga teng kontraktlar tuzulgan va uning 25,7 mln dollari investisiyalar sharnomalarni tashkil etadi. 2020 yilda Primorya va Omsk oblastining vakillari Toshkentga kelishdi.
Bunday hamkorlikning yangi shaklidan ikki tomon ham manfaatdor, bu borada ulkan salohiyat mavjud. O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hududlararo hamkorlik ushbu davlatlarning ko‘p qirrali va uzoq muddatli strategik sheriklik va ittifoqchilik hamkorligini har tomonlama mustahkamlanishiga va yanada rivojlanishiga olib kelmoqda. Bu holat o‘z navbatida mamlakatimizda amalga oshilayotgan islohotlarning samrali bo‘lishiga pirovarda mavjud iqtisodiy muammolarni yechishga va aholining yashash sifatini oshishiga olib kelishiga zamonaviy strategiya sifatida yordam beradi.
|
| |