• 43- Rassiya va O’zbekistom savdo iqtisodiy hamkorligi O‘zaro hamkorlik yangi yangi bosqichining yangi siyosiy tendensiyalari
  • O’zbekiston mehnat resurslari va ulardan foydalanish masalalari




    Download 1,66 Mb.
    bet128/171
    Sana14.05.2024
    Hajmi1,66 Mb.
    #231734
    1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   171
    Bog'liq
    attaestatsiya javoblari

    42. O’zbekiston mehnat resurslari va ulardan foydalanish masalalari
    2022 yil yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda mehnat resurslari soni jami 19,4 mln kishini tashkil etgan.
    Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu raqam o‘tgan yil mos davriga nisbatan taqqoslanganda 0,8 foizga oshgan.
    2022 yil yanvar-iyun oylarida respublika hududlarida mehnat resurslari soni bo‘yicha Samarqand yetakchilik qilyapti – 2,1 mln kishi.
    Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

    • Farg‘ona – 2 mln kishi;

    • Toshkent shahri – 1,9 mln kishi;

    • Qashqadaryo – 1,8 mln kishi;

    • Andijon – 1,7 mln kishi;

    • Toshkent – 1,6 mln kishi;

    • Namangan – 1,5 mln kishi;

    • Surxondaryo – 1,4 mln kishi;

    • Qoraqalpog‘iston – 1 mln kishi;

    • Buxoro – 1 mln kishi;

    • Xorazm – 1 mln kishi;

    • Jizzax – 788 ming kishi

    • Navoiy – 569 ming kishi;

    • Sirdaryo – 486 ming kishi.

    O'zbekistonda aholini ish bilan ta'minlashni yanada yaxshilash va uning farovonligini oshirishning eng muhim yo'nalishi sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, xizmat ko'rsatish va kasanachilik sohalarini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirishni rag'batlantirish, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish bo'yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
    43- Rassiya va O’zbekistom savdo iqtisodiy hamkorligi
    O‘zaro hamkorlik yangi yangi bosqichining yangi siyosiy tendensiyalari
    O‘zbekiston o‘z mustaqilligining 30-yilligi arafasida turibdi. O‘zbekiston va Rossiya davlat o‘rtasidagi hamkorlik mustahkam siyosiy huquqiy asosga ega. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar 2004 yil 16 iyunda imzolangan Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma, 2005 yil 14 noyabrda imzolangan Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma doirasida izchil rivojlanmoqda. Tizimiy yondashuv natijalari shuni ko‘rsatadiki Rossiya va O‘zbekiston munosobatlarida ikki bosqichi kuzatiladi. Bunday munosobatlarning birinchi bosqichi ikki mamlakat o‘rtasidagi diplomatik aloqalarning o‘rnatilishidan boshlanib 2016 yilgacha qamrab olsa keyingi yillar yangi bosqichni belgilab beradi.
    Ikki tomonlama hamkorlikning yangi bosqichida davlatimizda, mintaqada, dunyoda tizimli o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Jumladan, mamlakatimizning barcha jabhalarda keng miqiyosli islohotlar amalga oshirilmoqda, “yangi renesans” g‘oyasi shakllanmoqda. O‘z navbatida O‘zbekistonning tashqi siyosatida va xalqaro munosobatlardagi ishtiroki jadallashib “tez o‘sib borayotgan mintaqaviy ma’suliyatli davlat” maqomiga, hamda o‘ziga xos o‘ringa va e’tiborga sazovor bo‘lmoqda. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar bir tomondan ijtimoiy yo‘naltirilganligi, ko‘lami, qamrovi, sur’ati bilan oldingilardan keskin farq qilsa ikkinchi tomondan xalqaro vaziyatning toboro o‘zgarib borayotgan, ziddiyatli holatlarning kuchayishi, ayniqsa pandemiya tufayli jahon siyosatdagi ziddiyatlarning taranglashib, chuqurlashib borayotgan yangi sharoitida yuz bermoqda oshirilmoqda. Uchunchi tomondan, O‘zbekiston rahbariyati tomonidan ichki va tashqi siyosat sohalarida amalga oshirilgan islohotlar jahonning yirik davlatlari Rossiya, AQSH, Xitoy davlatlarda ham jiddiy ijodiy e’tibor uyg‘otmoqda.
    Bu borada O‘zbekistonning Rossiya bilan o‘zaro hamkorligi muloqotlari faollashgani va rivojlanishining yangi bosqichga kirgani kuzatilmoqda. Ikki davlat o‘rtasidagi strategiyek sherikchilik va ittifoqchilik munosobatlarida 2016 yildan boshlangan yangi tendensiyalar vujudga kelaganligi bilan farqlanmoqda. Bu tendensiyalarda tizim tashkil qiluvchi sifatida oldinlari mavjud bo‘lmagan birinchidan, ikki davlat o‘rtasidagi strategik sherikchilik va ittifoqchilikni bugungi holati va istiqbolini belgilab beruvchi davlat raxbarlarining o‘zaro tashriflari ular o‘rtasidagi yuqori darajada strategik tafakkurga asoslangan turli shakldagi o‘zaro muloqatlar mazmuni va iqtisodiy madaniy sohalarda bo‘yicha muhokama etilayotgan masalalar va mintaqadagi tizimli muammolarga o‘ziga xos yondashuv va hal etish yo‘llari bo‘yicha samiylik, o‘zaro hurmat va ochiqlik tarixiy ahamiyat kasb etmoqda. Bular o‘z navbatida hamkorlikning yangi falsafasini, yangi strategiyasini belgilash bilan bir vaqtda yangi tendensiyalarni vujudga kelishiga olib keldi. Bular quyidagilarda namoyon bo‘lmoqda.
    Birinchidan ikki davlat parlamentlari o‘rtasida yaloqalarning yo‘lga qo‘yilishi; yuksak texnologiyalarga asoslangan qo‘shma korxonalarning tashkil etilishi; Rossiya va O‘zbekistonda xududlararo barcha sohalarda o‘zaro aloqalarning shakllanib rivojlanib borishi; oliy ta’lim sohada yangi shaklda, formatda hamkorlikning vujudga kelishi va rivojlanib borishi
    Ikkinchidan va ikki mamlakat o‘rtasida tuzulgan shartnomalar, kelishuvlar, bitimlar va ularn amalga tadbiq etish bo‘yicha harakatlar mazmun mohiyati o‘zaro hamkorlikning rivojlanishining yangi o‘zgarishlarini belgilab bermoqda.Uchunchidan o‘zaro hamkorlikning bugungi yangi bosqichi tarixiy, strategik va o‘zaro manfaatligi hamda muhim siyosiy voqeligi bilan ajralib turadi.To‘rtinchidan o‘zaro manfaatli hamkorlikda iqtisodiy va madaniy gumanitar aloqalarning ustunligi o‘sib bormoqda. Beshinchidan ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning mazmuni sura’ti, qamrovi natijalari va istiqbolli yo‘nalishlari Yevro osiyo mintaqasidagi halqaro munosobatlarning ijobiy rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Markaziy osiyo mintaqasi barqaro o‘sish va tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashda muhim axamiyatga bo‘lmoqda.

    Download 1,66 Mb.
    1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   171




    Download 1,66 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston mehnat resurslari va ulardan foydalanish masalalari

    Download 1,66 Mb.