Toshkent iqtisodiy rayonining xo’jalik ixtisoslashuvi va rivojlanish muammolari




Download 1,66 Mb.
bet125/171
Sana14.05.2024
Hajmi1,66 Mb.
#231734
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   171
Bog'liq
attaestatsiya javoblari

39. Toshkent iqtisodiy rayonining xo’jalik ixtisoslashuvi va rivojlanish muammolari
XX asr boshida Toshkent iqtisodiy geografik rayoni taraqqiyot jihatidan Farg'ona vodiysidan keyinda turardi. Rayonda xilma-xil foydali qazilma konlari topilishi natijasida konchilik sanoati vujudga kelib, og'ir sanoatning jadal yuksalishiga imkoniyat tug'ildi. Sanoatining rivojlanganligi jihatidan rayon respublikada birinchi o'ringa chiqib oldi. Endilikda iqtisodiy geografik rayon xo'jaligi ko'p tarmoqli bo'lib, unda O'zbekistondagi sanoat tarmog'ining deyarli barchasi mavjud. Yalpi sanoat mahsulotining 2/3 qismi og'ir sanoatga to'g'ri keladi. Yengil va oziq-ovqat sanoatlari ham yuksak rivojlangan.
Toshkent iqtisodiy-geografik rayonining rivojlanishiga asosiy sabablar:
1) rayonning qulay iqtisodiy geografik o'rni;
2) Respublika poytaxti Toshkentning shu rayondaligi;
3) foydalanish qulay bo'lgan gidroquvvat mavjudligi;
4) xilma-xil foydali qazilmalar topilib, ulardan foydalanishning yo'lga qo'yilishi;
5) ikkinchi jahon urushi yillarida Sobiq Ittifoqning g'arbiy rayonlaridan O'zbekistonga ko'chirib keltirilgan korxonalarning yarmidan ko'pi Toshkent viloyatiga joylashtirilgani;
6) chetdan malakali mutaxassislar ko'plab jalb etilgani va boshqalar.
Yoqilg`i-energetika-kimyo majmui ancha qudratli. Uning negizini elektroenergetika sanoati tashkil etadi. Mamlakatda ishlab chiqariladigan elektr energiyaning deyarli yarmi shu rayonda hosil qilinadi. Bu ko`rsatkichni rayondagi uchta qudratli IES hamda Chirchiq-Bo`zsuv gidroenergetika kaskadi ta`minlaydi. Toshkent IES to`la, Angren IES qisman gaz bilan, Yangi Angren IES esa mahalliy ko`mir bilan ishlaydi.
Tashqi iqtisodiy faoliyati. Rayon iqtisodiy faoliyati. Rayon 100 dan ortiq uzoq va yaqin xorij mamlakatlari bilan savdo aloqalari olib boradi. Xorijga paxta, ipak, paxtachilik uchun zarur mashina va uskunalar, to`qimachilik mashinalari, kabel, ekskavatorlar, ko`tarma kranlar, elektr energiya, qorako`l terilari, rangli metal konsentratlari, ip va ipak gazlamalar, kanop va kanop mahsulotlari hamda meva jo`natiladi. Rayon ehtiyoji uchun yog`och, neft mahsulotlari, tabiiy gaz, turli xil sanoat mahsulotlari, mashina qismlari, keng iste`mol mollari keltiriladi. Ichki iqtisodiy aloqalarda avtomobil va qisman temiryo`l transportidan foydalaniladi.
Transporti. 1930-1940-yillardan rayonda avtomobil yo'llari vujudga keldi, asfalt va tosh yo'llar qurildi. Katta O'zbek trakti (700 km) Toshkentni Termiz bilan bog'laydi. Toshkent-Angren-Qo'qon tog' yo'li qayta qurilib, jahon talablari darajasidagi xalqaro yo'lga aylantirildi. Toshkent-Chinoz-Guliston avtotrassasi mamlakatda birinchi darajali yo'l hisoblanadi. Toshkent-Angren, Toshkent-Chorvoq hamda Mirzacho'lni kesib o'tgan Sirdaryo-Jizzax temiryo'llarining ahamiyati katta.

Download 1,66 Mb.
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   171




Download 1,66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent iqtisodiy rayonining xo’jalik ixtisoslashuvi va rivojlanish muammolari

Download 1,66 Mb.