|
O’zbekiston ta’lim tizimi
|
bet | 121/171 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 1,66 Mb. | | #231734 |
Bog'liq attaestatsiya javoblariO’zbekiston ta’lim tizimi. Mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish va yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ta’lim xizmatlarining ochiqligi va sifati masalalariga davlat tomonidan alohida e’tibor qaratilmoqda. Mamlakat iqtisodiyotini yanada isloh qilish, uni barqaror o’stirish hamda modernizatsiyalash jarayonlarida samarali ishtirok etishga qodir bo’lgan kadrlarni tayyorlash maqsadida o’quv jarayoniga innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni faol qo’llab, ta’limning sifatini yildan yilga oshirib borilmoqda hamda zamonaviy xonalarda darslar olib borilmoqda (54-rasm). Ta’lim-tarbiya islohoti va ularni hayotta tadbiq qilishda islohotlarni bosqichma - bosqich o’tkazish tamoyili qo’yilgan. Birinchi bosqicho’tish davri bo’lib, u 1997 – 2001-yillarda, ya’ni 4 yil davomida joriy etiladi. Bunda kadrlar tayyorlash tizimi salohiyatini saqlab qolish, Zamonaviy o’quv xonasiuning rivojlanishi uchun huquqiy-me’yoriy, ilmiy-metodik, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratildi, ya’ni: milliy dasturni amalga oshirishning boshlanishi: yangi talablarga javob bera oladigan pedagog kadrlarni tayyorlash; o’quv standartlarini yaratish va yangi o’quv rejalari ustida ishlash; umumta’lim maktablarini tuzilishi jihatidan qayta qurish; uch yillik ta’lim-o’rta maxsus va kasb-hunar bilim yurtlari (kasb-hunar kolleji va akademik litsey) tizimiga zamin tayyorlash; uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimiga asos soladigan tadbirlarni amalga oshirish; ijtimoiy himoyani kafolatlash kabi masalalarini yechish bosqichi va h.zk. Ikkinchi bosqich 2001–2005-yillarni o’z ichiga oladi. Bunda Milliy dasturni keng miqyosda to’liq amalga oshirishga erishish asosiy ahamiyat kasb etadi. Uchinchi bosqich 2005 – 2016-yillarni o’z ichiga olib, unda to’plangan tajribalarni tahlil etish va umumlashtirish asosida o’zgaruvchan ijtimoiy va iqtisodiy shart-sharoitlarni e’tiborga olgan holda, kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish zarur. Shuningdek, yana to’rtinchi bosqichni ajratish maqsadga muvofiq bo’lar edi. 2016-yildan boshlangan mazkur bosqichda ta’lim timiziga ko’plab o’zgartirishlar kiritilib, avvalgilari ko’rib chiqildi. Xususan, maktablar 11 yillik tizimga qaytdi, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari tugatilib, faoliyati o’zgartirildi. Oliy ta’limda esa qabul kvotalari soni oshirildi, sirtqi, maxsus sirtqi va kechki o’qish turlari qaytadan joriy etildi va h.k
|
| |