|
O’zbekiston aholiga xizmat ko’rsatish sohalarini rivojlantirish
|
bet | 122/171 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 1,66 Mb. | | #231734 |
Bog'liq attaestatsiya javoblari35. O’zbekiston aholiga xizmat ko’rsatish sohalarini rivojlantirish
Aholi uchun zarur bo’lgan xizmatlarni guruhlash, tasniflash, shakllanishi, hududiy tashkil etilishi, zamonaviy holati hamda kelajak rivojlanishi masalalarini tadqiq etish katta ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Keyingi o’n yillikda O’zbekistonda ham mamlakat rahbariyati tomonidan aholining turmush sharoitlarini yaxshilash, ayniqsa, mamlakat aholisining katta qismi yashaydigan qishloq joylarning ijtimoiy va iqtisodiy infrastruktura sharoitlarini yuksaltirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Aholiga xizmat ko’rsatish sohalarini o’rganishda har bir sohaga xos tarmoq fanlari, iqtisodiyot, sotsiologiya va boshqa fanlar bilan bir qatorda geografiya ham alohida o’rinni egallaydi. Chunki, xizmat ko’rsatish sohalari muassasalarining joylashuvi va xizmat ko’rsatish darajasini aholining joylashuvi va ehtiyojlari darajasiga mosligi orasidagi tafovutlarni aniqlashda aholiga xizmat ko’rsatish sohalari geografiyasining roli katta Aholiga xizmat ko’rsatish sohalari geografiyasini rivojlanishida sobiq Ittifoq geografiya jamiyati tomonidan 1974-yili Moskvada aholiga xizmat ko’rsatish sohalari geografiyasi bo’yicha o’tkazilgan birinchi yig’ilishning ahamiyati katta. Mazkur yig’ilishda turli soha vakillari bilan xizmat ko’rsatish sohalarini rivojlantirish borasida olib borilgan muhokamalarning natajalari shuni ko’rsatadiki, fanlar mantiqiga ko’ra xizmat sohalarining mintaqaviy xususiyatlari va hududiy tashkil etilishi masalalarini ilmiy tadqiq etish, aynan, geografiya fani zimmasidadir. Shunday qilib, o’tgan asrning 70-yillaridan boshlab iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanlari tizimida aholiga xizmat ko’rsatish sohalari geografiyasi vujudga keldi. Uning geografiya fanlari tizimida tutgan o’rni va predmeti xususida A.I.Alekseyev va boshqalar quyidagicha ta’rif berishgan: Aholiga xizmat ko’rsatish sohalari geografiyasi ijtimoiy-iqtisodiy geografiyaning o’ziga xos tarmog’i bo’lib, xizmatlarga bo’lgan ehtiyojlar va ularning qondirilishi darajasidagi hududiy tafovutlar va shuningdek, xizmat ko’rsatish sohalarini tabiiy ijtimoiy, iqtisodiy, demografik hamda turlicha aholi joylashuvishakllarida hududiy tashkil etilishi masalalarini o’rganadi. Aholiga xizmat ko’rsatish sohalari geografiyasi bo’yicha bajariladigan tadqiqotlarni ikki yo’nalishga ajratish mumkin: birinchisi yo’nalish – xizmat ko’rsatish sohalarining alohida olingan holda o’rganilishi. Masalan, aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish geografiyasi; ikkinchi yo’nalish – mintaqaviy majmuali, ya’ni bunda xizmat ko’rsatish sohalarining bir butun holda va ma’lum bir hududda o’rganilishi va h.k. Muayyan bir hududning tabiiy, iqtisodiy, demografik va aholi joylashuvi shart-sharoitlarini hisobga olgan holda, xizmat ko’rsatish sohalarining joylashuvi va zamonaviy holatini tavsiflash va baholash, shuningdek, xizmatlar majmuasi va xizmat ko’rsatish tizimini takomillashtirish, eng avvalo, geograflarning vazifasidir
|
| |