|
O’zbekiston ta’lim tizimi geografiyasi
|
bet | 120/171 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 1,66 Mb. | | #231734 |
Bog'liq attaestatsiya javoblari34.O’zbekiston ta’lim tizimi geografiyasi
Ta’limni geografik jihatdan ikkita tarmoqqa ajratilsa, uning birinchisi ta’lim tizimi va to’ri, ikkinchi tarmog’ini esa hudud, makon tashkil etadi. Sababi ta’lim tizimining, aynan, joylardagi vaziyati ko’p jihatdan o’sha hududlar tabiiy - iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi bilan chambarchas bog’iqligini inkor etib bo’lmaydi. Shu o’rinda, avvalambor, ta’lim tizimining turlari ularning maqsadiga ko’ra bir - biridan farqini ko’rsatib o’tish lozimdir. Maktabgacha ta’lim tizimi bola shaxsini sog’lom va yetuk, maktabda o’qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko’zlaydi. Boshlang’ich ta’lim umumiy o’rta ta’lim olish uchun zarur bo’lgan savodxonlik, bilim va ko’nikma asoslarini shakllantirishga qaratilgandir. Umumiy o’rta ta’lim bilimlarning asosiy bazasini shakllantirib beradigan va inson kamolotining rivojlanish xususiyatlarini shakllantiradi
O’rta maxsus bilim va kasb-hunar ta’limi insonni ma’lum bir kasb va hunar olish ehtiyojlarini qondirib, oliy ta’lim uchun zamin yataradi. Oliy ta’lim, ya’ni universitet, institut, akademiya va oliy maktablarning boshqa ta’lim muassasalariga yuqori malakali hamda oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashni ta’minlaydi. Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim (tayanch doktorantura, doktorantura) jamiyatning yuqori malakali ilmiy va ilmiy - pedagogik kadrlarga bo’lgan ehtiyojlarini ta’minlashga qaratilgandir. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kasb bilimlari va ko’nikmalarini chuqurlashtirish hamda yangilashni ta’minlaydi. Mazkur ta’lim tizimining qirralari mintaqalar va taraqqiy etgan mamlakatlar, shuningdek, jahon standartlari bilan taqqoslash, mazkur mamlakat aholisining ma’rifiy va ma’naviy darajasini qiyosiy tahlil qilish imkoniii beradi. Shu boisdan, ta’lim geografiyasining mohiyati va mazmuni respublikamiz hamda ba’zi rivojlangan mamlakatlar ta’lim jarayonidagi ahvol, davlatning bu boradagi olib borayotgan siyosati, asosiy yo’nalishlari hamda hududiy tafovutlari doirasida o’z aksini topadi.
|
| |