|
Jahon yengil sanoati tarmog’ining rivojlanishi va joylashishi
|
bet | 116/171 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 1,66 Mb. | | #231734 |
Bog'liq attaestatsiya javoblari30. Jahon yengil sanoati tarmog’ining rivojlanishi va joylashishi
Yengil sanoat — xilma-xil xom ashyodan keng isteʼmol mahsulotlari va buyumlari ichki chizimga ixtisoslashgan sanoat tarmoqlari majmui. Yengil sanoatda xom ashyoga ham dastlabki ishlov berish, ham tayyor mahsulot ichki chizimda amalga oshiriladi. Ye.s.da paxta, ipak, zigir, kanop, jut tolalari, hayvonlar terisi, juni, sunʼiy tolalar, sunʼiy charm xom ashyo sifatida foydalaniladi. Uning asosiy tarmoqlari toʻqimachilik, tikuvchilik, koʻnchilik, moʻynadoʻzlik, poyab-zal sanoatlari hisoblanadi. Yengil sanoat maq-sulotlari, shuningdek, mebelsozlik, aviatsiya, avtomobil, oziq-ovqat va b. sanoat tarmoqlarida, qishloq xoʻjaligi, transport, sogʻliqni saqlash va boshqalar. sohalarda ishlatiladi.[1]
Yengil sanoat yirik fabrika industriyasining tarmogʻi tarzida 18-asrning 2-yarmida barpo qilindi. Yengil sanoatning qadimiy tarmoqlaridan biri boʻlgan toʻqimachilik sanoatida texnika taraqqiyoti toʻqimachilik sanoatining kapitalistik manufaktura bosqichidan yirik mashinalashgan industriya bosqichiga oʻtishi uchun baza yaratgan 18-asrdagi ulkan kashfiyotlar bilan bogʻliq. Lekin qoʻlda paxta va jundan ip tayyorlash va toʻqish, charmdan poyabzal tikish uchun terini kayta ishlashning oddiy usullari Hindiston, Xitoy, Misr, Oʻrta Osiyoda mil. avval bir necha asr ilgari maʼlum boʻlgani tarixiy adabiyotlarda qayd etilgan va arxeologik topilmalar bilan tasdiqlangan. Hoz. Oʻzbekiston hududida 19-asrning oxiriga qadar xoʻjalik taraqqiyoti xonaki, kosibchilik,hunarmandchilik ishlab chiqarishidan iborat edi. Sanoat usulida ishlab chiqarilgan kiyim-kechak, poyabzal, trikotaj mahsulotlari, gazmollar asosan Rossiyaning markaziy shaharlaridan olib kelingan, chetga, asosan Rossiyaga paxta tolasi, xom ipak, teri va boshqa xom ashyo turlari chiqarilgan
Yengil sanoatning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi boshqa postindustrial mamlakatlarda (AQSh, Buyuk Britaniya) pasaya boshladi. Bu sof foydani oshirish maqsadida yengil sanoat korxonalari rahbariyati ishlab chiqarishni arzon, ijtimoiy himoyalanmagan ishchi kuchiga ega mamlakatlarga (Hindiston, Xitoy, Bangladesh, Pokiston va boshqalar) o‘tkazishga intilayotgani bilan izohlanadi. Ko'pincha ularni davlatning o'zi korxonalarni rivojlanayotgan mamlakatlarga ko'chirishga majbur qiladi, bu esa atrof-muhitning ifloslanish darajasiga turli cheklovlar, ishchilarni majburiy tibbiy sug'urta qilish va korxonalar tomonidan foydalaniladigan yer uchun soliqlarni oshiradi. Ba'zi mamlakatlarda (Italiya, Gretsiya, Frantsiya) engil sanoatning pasayishi qisman qimmat valyutaga (evro) o'tish bilan bog'liq bo'lib, bu kichik sanoat tovarlarini Osiyo mamlakatlari va Sharqiy Evropa mamlakatlariga nisbatan raqobatbardosh qilib qo'ydi.
|
| |