Afrika mamlakatlarining qishloq xo’jalik tarmoqlari va muammolari




Download 1,66 Mb.
bet113/171
Sana14.05.2024
Hajmi1,66 Mb.
#231734
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   171
Bog'liq
attaestatsiya javoblari

26.Afrika mamlakatlarining qishloq xo’jalik tarmoqlari va muammolari
Afrika davlatlarining jahon xo‘jaligidagi o‘rni, asosan, tog‘-kon sa-noati va tropik dehqonchiligi bilan belgilanadi. Ya’ni qit’adagi davlatlar iqtisodiyotida ko‘proq xomashyoni yetkazadigan tarmoqlar ustunlik qiladi. Buning asosiy sabablari ixtisoslashuvning mustamlakachilik davrida shakllanganligi, ishlab chiqarishning texnik va texnologik qoloqligi bilan bog‘liq.
Nigeriya, Jazoir, Angola, Liviya, Gabon, Kongo, Ekvatorial Gvineya neft va tabiiy gaz, Niger va Malavi uran, Gvineya boksit, Zambiya va KDR mis, Marokash fosforit, Gana va Tanzaniya oltin, Botsvana, KDR, Angola, Zimbabve, Namibiya olmos, JAR esa toshko‘mir, temir, marga-nes, oltin, platina, olmos kabi mineral resurslarni qazib olish va eksport qilish hajmi bilan ajralib turadi.
Aksariyat Afrika davlatlarining qishloq xo‘jaligi uchun ma’lum bir ekin turining yakkahokimligi xosdir. Masalan, Sudan, Mali, Chad va Burkina-Fasoda asosiy ekin paxta, Kot-d’Ivuar, Gana, Kamerunda kakao, Senegal va Gambiyada yeryong‘oq, Efiopiya va Ugandada kofe, Keniyada esa choy hisoblanadi. Ko‘ptarmoqli qishloq xo‘jaligi JAR hamda O‘rta dengizbo‘yi davlatlarida shakllangan.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi nuqtayi nazaridan Afrika 3 ta qismga bo‘linadi. JAR qit’adagi davlatlar orasida iqtisodiy jihatdan eng qudratlisi bo‘lganligi uchun alohida ajratiladi. Misr, Liviya, Jazoir, Tunis va Marokash kabi birmuncha yuqori darajada rivojlanayotgan davlatlar Shimoliy (O‘rta dengizbo‘yi) Afrika iqtisodiy geografik mintaqasini hosil qiladi. Qit’aning qolgan davlatlari Tropik Afrika mintaqasi tarkibiga ki-radi. Tropik Afrikadagi 34 ta davlat BMT tomonidan jahonning eng sust rivojlangan davlatlar guruhiga kiritilgan.
27. o’zbekiston qishloq joylarining aholisi o’sishi va ijtimoiy rivojlanishi
Qishloq aholi punktlarini geografik o‘rganish katta-kichikligiga ko‘ra guruhlashdan tashqari ularni bajaradigan vazifasiga (funksiyasi) bo‘yicha alohida tiplarga ajratishni nazarda tutadi. Qishloqlarning uch asosiy funksiyaga bo‘linishi haqida avvalroq aytilgan edi. Shu bilan birga qishloqlarni oddiy va qishloq fuqarolari yig‘inlari, ba’zan qishloq tumanlari markazi vazifasini bajaruvchi guruhlarga ajratish ham mumkin. Ularni rayonlashtirish esa tabiiy-xo‘jalik rayonlari doirasida amalga oshiriladi. Chunki, tabiiy sharoit, agroiqlimiy resurslar (namlik, harorat, tuproq) qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining joylashuvi va ixtisoslashuviga ta’sir ko‘rsatadi, ular esa, o‘z navbatida, qishloqlar geografiyasini, katta-kichikligi va funksional tiplarini belgilab beradi. Qishloq joylar demografiyasi tahlili ham bu boradagi geografik bilimlarni to‘ldiradi. U ayni vaqtda qishloqlar aholisi geografiyasini o‘rganish bilan bog‘liq. Agar asosiy maqsad qishloq joylar demografik jarayonlarini hududiy jihatdan tadqiq etish bo‘lsa, bunday yondashuv demogeografik tavsifga ega bo‘ladi va aksincha, birinchi o‘ringa hududlar (viloyatlar, qishloq tumanlari, qishloq fuqarolar yig‘ini va qishloqlar) obekt sifatida qo‘yilsa, ularning ustuvorlik darajasi yuqori bo‘lsa, u holda. Biroq ta’kidlash lozimki, mintaqaviy demografiya va demografik vaziyatga bunday hududiy yondashuvlar orasida katta farq yo‘q; farq faqat qaysinisi tadqiqot obekti darajasida qabul qilinishida. Umuman olganda, har qanday hodisa yoki voqelik albatta qayerdadir, qaysi bir makonda sodir bo‘ladi. Shu nuqtai-nazardan hududiylik tamoyili bu yerda umummetodologik xususiyatga ega. Haqiqiy geografik tadqiqot esa bu hududga alohida tizim sifatida yondashadi (hududiy iqtisodiy tizim, hududiy ijtimoiy tizim, hududiy siyosiy tizim, hududiy ekologik tizim va h.k.) va uni ichki tahlili tizim-tarkib doirasida amalga oshiriladi. Shunday qilib, qishloq joylar demografiyasida quyidagilar tahlil qilinishi kerak •aholi soni, uning o‘sishi va joylanishi; •aholining takror barpo etilishi (tug‘ilish, o‘lim, tabiiy ko‘payish); •aholi tabiiy va mexanik harakatining demografik vaziyatga ta’siri; •aholining yosh-jins tarkibi; •aholining milliy tarkibi; •mehnat resursi shakllanishining demografik asoslari va b. Yuqoridagi ko‘rsatkichlar tadrijiy jihatdan, ya’ni ularning dinamikasi tahlil qilinib, tegishli qonuniyat yoki xususiyatlar aniqlanishi kerak. Shu bilan birga geografik tadqiqot bu jarayonlarning hududiy farqlari, tafovvutlari va ularning sabablarini ochib berishni taqozo etadi. Bunda geografik taqqoslash, guruhlash, geodemografik to‘lqinlarni belgilash kabi usullar qo‘llaniladi. Qishloq joylarda aholining zich joylashganligi, qishloq xoʻjaligida ortiqcha ishchi kuchi mavjudligi hamda haydaladigan yerga toʻgʻri keluvchilar sonining kattaligini hisobga olganda Oʻzbekistonda mehnat resurslariga muhtojlik boʻlishi kutilmaydi. Baʼzi iqtisodiy, demografik va geografik xususiyatlarni eʼtiborga olgan holda aholi bandligi tizimini oʻzgartirish lozim boʻladi. Shu maqsadda 1992-yil yanvarda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining „Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida“gi qonuni asosida aholini ish bilan taʼminlash davlat xizmati tashkil etilgan. Mazkur vazifani amalga oshirishda samarali faoliyat koʻrsatuvchi mehnat bozorlari mehnat birjalari muhim oʻrin egallaydi. Oʻzbekistonda mehnat birjalari ishsizlarni roʻyxatga oladi, ularni kasbga yoʻllaydi, ishsizlik boʻyicha nafaqalar toʻlaydi. har-yili oʻrtacha 300 mingga yaqin aholi mehnat birjalari orqali ishga joylashtiriladi. Yer shari aholisining 53 foizi (2017 y.) shaharlardan tashqarida qishloqlarda yashaydi. Jamiyat taraqqiyoti va hududiy mehnat taqsimotidagi o‘zgarishlar tufayli kishilarning hududiy ijtimoiy va tarixiy shakl topgan birligi qishloqlar vujudga kelgan. Qishloq aholi manzilgohlari unda yashovchilar soni, joylashgan geografik o‘rni, bajaradigan funksiyasiga ko‘ra shaharlardan farq qiladi. Qolavyersa, shaharlar uchun qo‘yilgan talablarning birortasiga qishloqlar javob byermaydi. A.S.Soliyev ta‘biricha, qishloq aholi geografiyasi shaharlar geografiyasiga (geourbanistikaga) qaraganda uncha “omadi kelmagan” ilmiy yo‘nalish hisoblanadi. Qishloq aholi manzilgohlarining rivojlanishi qishloq xo‘jaligi tarmog‘i bilan chambarchas bog‘liq. Biroq, aholisi qishloq xo‘jaligida band bo‘lmasdan sanoatda, transportda va boshqa tarmoqlarda ishlaydigan aralash funksiyali qishloq aholi manzilgohlari ham mavjud. Shu boisdan dunyodagi davlatlar aholisini hududiy bo‘yicha qaralganda qishloq aholisi alohida statistik ko‘rsatkichni qishloq xo‘jaligida band bo‘lganlar boshqa ko‘rsatkichni tashkil etadi. Masalan, O‘zbekiston aholisining 49 foizi qishloqlarda yashaydi, 28 foizi qishloq va o‘rmon xo‘jaligida band. Qishloq joylarda qishloq xo‘jaligida bevosita band va ma‘lum bir qismi esa qishloq xo‘jaligida band bo‘lmagan aholi ham yashaydi. Shu boisdan, qishloq xo‘jaligida band bo‘lmagan qishloq aholisini uchta guruhga ajratish mumkin: 1) qishloq xo‘jaligiga xizmat qiluvchi tarmoqlarda (savdo, xizmat ko‘rsatish, maorif, sog‘liqni saqlash va boshqalar) band bo‘lganlar; 2) shaharga yaqin bo‘lgan korxona va muassasalarda ishlovchilar; 3) qishloq joylarda joylashgan sanoat va boshqa korxonalarda bandlar. Qishloq aholi manzilgohlarini klassifikatsiyalashganda aholiyligi ko‘rsatkichidan foydalaniladi. S.A.Kovalyov tomonidan qishloq aholi manzilgohlari aholiyligiga ko‘ra quyidagicha klassifikatsiyalangan. 1) aholisi 10 kishidan kam aholi manzilgohlari (yakka hovli, yakka yashash joyi); 2) 100 kishigacha yashovchilari bor kichik aholi manzilgohlari; 3) 200-500 kishigacha, bunga fyermyer xo‘jaligi, bir xo‘jalik brigadasi misol bo‘la oladi; 4) 1000-2000 aholisi bor qishloq aholi manzilgohi, bular endi nisbatan yirik hisoblanadi. Xo‘jalik markazi, qishloq markazi misol bo‘la oladi; 5) 3000-5000 aholisi bor yirik qishloq aholi manzilgohlari. Bularga shahar darajasidagi qulayliklarga ega aholi manzilgohlarini kiritish mumkin.

Download 1,66 Mb.
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   171




Download 1,66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Afrika mamlakatlarining qishloq xo’jalik tarmoqlari va muammolari

Download 1,66 Mb.