O’zbekiston satsial infrastrukturasining rivojlanishi




Download 1,66 Mb.
bet114/171
Sana14.05.2024
Hajmi1,66 Mb.
#231734
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   171
Bog'liq
attaestatsiya javoblari

28. O’zbekiston satsial infrastrukturasining rivojlanishi
Aholi uchun zarur bo’lgan xizmatlarni guruhlash, tasniflash, shakllanishi, hududiy tashkil etilishi, zamonaviy holati hamda kelajak rivojlanishi masalalarini tadqiq etish katta ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Keyingi o’n yillikda O’zbekistonda ham mamlakat rahbariyati tomonidan aholining turmush sharoitlarini yaxshilash, ayniqsa, mamlakat aholisining katta qismi yashaydigan qishloq joylarning ijtimoiy va iqtisodiy infrastruktura sharoitlarini yuksaltirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Aholiga xizmat ko’rsatish sohalarini o’rganishda har bir sohaga xos tarmoq fanlari, iqtisodiyot, sotsiologiya va boshqa fanlar bilan bir qatorda geografiya ham alohida o’rinni egallaydi. Chunki, xizmat ko’rsatish sohalari muassasalarining joylashuvi va xizmat ko’rsatish darajasini aholining joylashuvi va ehtiyojlari darajasiga mosligi orasidagi tafovutlarni aniqlashda aholiga xizmat ko’rsatish sohalari geografiyasining roli katta. Ijtimoiy sohalar va, xususan, xizmat ko’rsatish sohalarini ilmiy tadqiq etish ishlari M.A.Abramov, A.I.Alekseyev, S.A.Kovalev, A.A.Tkachenko, V.V.Pokshishevskiy, L.A.Merkusheva, V.R.Belenkiy, S.A.Vaytekunas, B.A.Manak, V.M.Rutgayzer, I.V.Nikolskiy, E.I.Kalmutskaya, B.B.Rodoman, D.N.Luxmanov, S.I.Florya va boshqa olimlar tomonidan amalga oshirilgan. O’zbekistonda esa xizmat ko’rsatish sohalari geografik jihatdan sust o’rganilgan. Umuman olganda esa, bu borada O.Ergashev, B.Abdurashidov, M.Nazarov, N.Ollorov, T.Jo’rayev kabi olimlarning ishlari mavjud. Mamlakatimizda aholiga xizmat ko’rsatish sohalarini tibbiy xizmat ko’rsatish misolida geografik jihatdan ilk bor dissertatsiya darajasidagi tadqiqot ishi 1996-yili M.Nazarov tomonidan amalga oshirilgan. Ammo, mamlakatimizda hozirgi davrdagi aholiga xizmat ko’rsatish sohalari (ijtimoiy infrastruktura) borasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar ko’lamini yetarli deb bo’lmaydi. Shu bilan birga aholiga transport, aloqa, elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv ta’minoti bo’yicha xizmat ko’rsatuvchi ishlab chiqarish infrastrukturasini geografik jihatdan tadqiq etilgan salmoqli makbalar ham mavjud emas. Olimlar tomonidan xizmat ko’rsatish sohalarini ilmiy tadqiq etishda «iqtisodiy» va «ijtimoiy» yondoshuvlar mavjud. Chunonchi, birinchisida xizmat ko’rsatish sohalari xo’jalik tarmoqlari sifatida iqtisodiy nuqtai nazardan o’rganiladi, ya’ni bu yerda eng avvalo, kam xarajat sarflangan holda, ko’proq foyda olishga asosiy e’tibor qaratilsa, ijtimoiy yondoshuvga ko’ra xizmat ko’rsatish sohalari – bu, eng avvalo, aholining turmush sharoitlari, turmush darajasining muhim sharti sifatida tushuniladi. Agarda, xizmat ko’rsatish muassasalarini muayyan bir hududda vujudga kelishi, shakllanishi va kelajakda rivojlanish qonuniyatlarini e’tiborga olinsa, u holda bizningcha uchinchi, ya’ni hududiy yondoshuvni ham aniqlash mumkin. Xizmat ko’rsatish sohalarini geografik jihatdan o’rganishning zarurligi XX asrning 60-yillarida V.V.Pokshishevskiy, S.A.Kovalevlar tomonidan ta’kidlangan. Xuddi shu davrdan boshlab, sobiq Ittifoqning bir qator markaziy universitetlarida.
«Aholiga xizmat ko’rsatish sohalari geografiyasi» kursi o’qitila boshlandi. XX asr 70-yillardan boshlab xizmat ko’rsatish sohalari va umuman ijtimoiy sohalarni geografik jihatdan ilmiy tadqiq etish yo’nalishi rivojlana boshladi. Mamlakatimizda esa bu boradagi ishlarning jonlanishini XX asrning 90-yillardan boshlab kuzatish mumkin. Aholiga xizmat ko’rsatish sohalari geografiyasini rivojlanishida sobiq Ittifoq geografiya jamiyati tomonidan 1974-yili Moskvada aholiga xizmat ko’rsatish sohalari geografiyasi bo’yicha o’tkazilgan birinchi yig’ilishning ahamiyati katta. Mazkur yig’ilishda turli soha vakillari bilan xizmat ko’rsatish sohalarini rivojlantirish borasida olib borilgan muhokamalarning natajalari shuni ko’rsatadiki, fanlar mantiqiga ko’ra xizmat sohalarining mintaqaviy xususiyatlari va hududiy tashkil etilishi masalalarini ilmiy tadqiq etish, aynan, geografiya fani zimmasidadir. Shunday qilib, o’tgan asrning 70-yillaridan boshlab iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanlari tizimida aholiga xizmat ko’rsatish sohalari geografiyasi vujudga keldi. Uning geografiya fanlari tizimida tutgan o’rni va predmeti xususida A.I.Alekseyev va boshqalar quyidagicha ta’rif berishgan: Aholiga xizmat ko’rsatish sohalari geografiyasi ijtimoiy-iqtisodiy geografiyaning o’ziga xos tarmog’i bo’lib, xizmatlarga bo’lgan ehtiyojlar va ularning qondirilishi darajasidagi hududiy tafovutlar va shuningdek, xizmat ko’rsatish sohalarini tabiiy ijtimoiy, iqtisodiy, demografik hamda turlicha aholi joylashuvishakllarida hududiy tashkil etilishi masalalarini o’rganadi

Download 1,66 Mb.
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   171




Download 1,66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston satsial infrastrukturasining rivojlanishi

Download 1,66 Mb.