O’zbekistonning yaqin va uzoq xorijiy davlatlar bilan tashqi iqtisodiy aloqalari




Download 1,66 Mb.
bet124/171
Sana14.05.2024
Hajmi1,66 Mb.
#231734
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   171
Bog'liq
attaestatsiya javoblari

38. O’zbekistonning yaqin va uzoq xorijiy davlatlar bilan tashqi iqtisodiy aloqalari
Bugungi kunda jahon xo’jaligi aloqalari shunday darajaga yetdiki, keyingi yillarda qitalararo tovarlar eksporti va importida mamlakatlar faolligi bir necha hissaga ortib ketdi va shu o’rinda davlatlarning iqtisodiy geografik o’rni rivojlanish va tashqi iqtisodiy aloqalarning muhim omiliga aylanib qoldi.
Uning muhim jihatlari birinchidan davlatlarning geografik joylashuvi; ikkinchidan, tabiiy sharoiti va resurslari; uchinchidan, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, xo’jaligining tuzilishi, mehnat resurslari, tarixiy ananalari va boshqa xususiyatlari bilan bog’langan bo’lib alohida xududlar dirasida bir-biridan farq qiladi. Bu o’rinda mamlakatdagi mavjud tarmoqlar o’zidagi mavjud resurslar, imkoniyatlari, ishlab chiqarish xususiyatlari va jahon andozalari talablarini etiborga olgan xolda, hamkor tanlashi mamlakatlar o’rtasidagi muammolarning betaraf etish va iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun xizmat qiladi.
Integratsiyaning xolisligi tarixiy, geografik, iqtisodiy va boshqa omillarni umumiyligidadir. Yevropa bankining bahosiga ko’ra yillik qayta qurishdan so’ng «oldingi ittifoq respublikalari regioni uzluksiz iqtisodiy pasayishdan so’ng, krizis chizig’idan chiqib, 1997 yildan ijobiy o’zgarishlar yuz bera boshladi. Yalpi milliy mahsulot (YaMM) tushishi sekinlashdi, milliy valyutaning muomala qiymati o’sdi, mahsulot eksporti va xizmat ko’rsatish tizimi yuksaldi. Evropa qayta tiklash va rivojlantirish banki fikricha 1998 yilda O’zbekiston, Qirg’iziston, Ozarbayjon va Gruziya davlatlarida iqtisodiy o’sish yuzaga keldi. MDH –yosh tashkilot va unda ko’plab o’zaro aloqalar endi rivojlanmoqda iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirish, uzoq muddatli xamkorlik, ko’ptomonlama aloqalarni rivojlantirish. hamdo’stlik davlatlarining asosiy maqsadi va istagidir. 2019 yilni MDH davlatlaridan 5 tasida ishlab chiqarish hajmi (Armaniston 5.1%, O’zbekiston 4.3%, Tojikiston 3,6%, Ozarbayjon 2,3%, va Belorusda 0,1%ga o’sganligi, 6 tasida (Ukrainada 0,4%, Qirg’izistonda 2,2%, Qozog’istonda 3.5%, Rossiyada 4,9%, Gruziyada 14,6% va Moldovada 18%ga) pasayganligi kuzatildi. mahsulotlari, sabzavot hamda meva konservalari, sharob va hokazolar oladi.
O‘zbekiston Respublikasi ko‘plab chet el firmalari bilan qo‘shma korxonalar qurish xususida shartnomalar imzolagan.Ularning anchasi qurilishni boshlab yubordilar. Bir qancha qo‘shma korxonalar o‘z mahsulotlarini bera boshladi. “Sovplastital” 30 turdan ortiq mahsulot Xitoy xalq Respublikasi bilan birgalikda qurilgan korxonalar termos, televizor, Ispaniya hamkorligida qurilgan korxona bir marta foydalanadigan shpris ishlab chiqarmoqda. AQSH bilan birgalikda kon chiqindilaridan oltin ajratib olinmoqda. Janubiy Koreyaning DEU firmasi, Asaka, GFRning Mersedes-Bens firmasi Do‘stlik (Xorazm) shaharlarida avtomobilььь zavodlari qurmoqda. Buxoroda Hindiston bilan birgalikda shifobaxsh o‘tlardan dorilar tayyorlaydigan korxona. Bukada Turkiya bilan hamkorlikda akkumlyator zavodi qurildi. Turkiya Respublikamizning ko‘pgina viloyatlarida yengil va oziq-ovqat korxonalari qurmoqda. Bunday korxonalarni Pokiston, Hindiston va boshqa xorijiy davlatlar ham qurmoqdalar.
Tashqi iqtisodiy aloqalar O‘zbekiston mustaqilligi e’lon qilingandan beri tez sur’atlar bilan kengayib bormoqda.
O‘zbekiston xorijiy mamlakatlarga anchagina keng iste’mol buyumlari, ayniqsa milliy gazlamalar, oziq-ovqat (o‘simlik moyi, meva sabzavot, sharoblar va hokazo) mahsulotlar chiqaradi.
Respublikamiz xorijiy Osiyo mamlakatlariga yanada kengroq xildagi sanoat mahsulotlari, asbob-uskunalar eksport qilmoqda.
O‘zbekiston Sharqiy Yevropa mamlakatlaridan ko‘p miqdorda turli xalq iste’moli buyumlari; mebel, kiyim-kechak, gazlama, poyabzal, ro‘zg‘or elektr asboblari, yozuv mashinalari servislar, attorlik mollari, tamaki va qandolat mahsulotlari, sabzavot hamda meva konservalari, sharob va hokazolar oladi.
Rivojlanayotgan mamlakatlardan O‘zbekistonga xalq iste’moli mollari, tropik va subtropik mevalar, choy, qora murch, yengil va oziq-ovqat sanoatining ayrim mahsulotlari keltiradi.
Respublikamiz turli mutaxassis kadrlarni qo‘shni mamlakatlarda xo‘jalik obektlarini bunyod etishda qatnashmoqdalar. O‘zbekiston bu mamlakatlarga miliorasiya, suv xo‘jaligi, paxtachilik, sholikorlik, geologiya, energetika, to‘qimachilik va .xokoza tarmoqlar mutaxassislarini jo‘natib turadi.
O‘zbekiston rivojlanayotgan mamlakatlarning milliy iqtisodiyotini rivojlantirinda yordam berish bilan birga ular xo‘jaligining turli sohalari uchun milliy kadrlar tayyorlashda ham samarali ko‘maklashmoqda.
Respublikamizning bir qancha oliy o‘quv yurtlarida Osiyo, Afrika mamlakatlarining yoshlari taxsil olmoqdalar.
O‘zbekiston rivojlanayotgan mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalar toboro kengayib bormoqda. Respublikamiz bu mamlakatlarga faqat qishloq xo‘jalik maxsulotlarigina emas, balki anchagina miqdorda sanoat maxsulotlarini ham chiqaradi. Bu maxsulotlar orasida o‘rug‘lik chigit, pila, ip va tabiiy ipak gazlamalar, paxta moyi, dori-darmonlar, buyan ildizi, meva konservalar, tomat pastasi va xakozalar ulushi ancha kattadir.

Download 1,66 Mb.
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   171




Download 1,66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekistonning yaqin va uzoq xorijiy davlatlar bilan tashqi iqtisodiy aloqalari

Download 1,66 Mb.