Farg’ona iqtisodiy rayonining xo’jalik ixtisoslashuvi va rivojlanish muammolari




Download 1,66 Mb.
bet127/171
Sana14.05.2024
Hajmi1,66 Mb.
#231734
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   171
Bog'liq
attaestatsiya javoblari

41. Farg’ona iqtisodiy rayonining xo’jalik ixtisoslashuvi va rivojlanish muammolari
Mustaqillik davrida foydali qazilmalar va qishloq xo‘jalik xomashyosi negizida ko‘plab yangi sanoat tarmoqlari vujudga keldi. Rayon yoqilg‘i-energetika majmuyining o‘z boyliklari salmog‘i kichik. Gaz boshqa iqtisodiy rayonlardan keltiriladi. Quvasoy IEM, Farg‘ona, Andijon va Namangan IEMlari, Shahrixon hamda Namangansoy gidroelektrostansiyalari butkul rayon uchun ishlasada, lekin rayonning elektr quvvatiga bo‘lgan ehtiyojini qondira olmaydi. Мazkur masalani yеchimi sifatida quvvati 900 mеgavatt bo‘lgan Тo‘raqo‘rg‘оn IES barpо etish rеjalashtirilmоqda. Bu ulkan inshооtning ishga tushirilishi Farg‘оna iqtisоdiy rayоnining elеktr enеrgiyaga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq ta’minlash imkоniyatini bеribgina qоlmasdan rayоnning istiqbоldagi rivоjida katta o‘rin tutadi.
Asaka, Qo‘qon, Namangan, Farg‘ona mashinasozlikning yirik markazlari hisoblanadi. Farg‘ona HICHMda qurilish­ materiallari­ sanoati ham rivojlangan. Quvasoy sement zavodi, Andijon, Farg‘ona, Qo‘qon va Quvasoy shaharlarida uysozlik kombinatlari, temir-beton konstruksiyalari zavodi ishlab turibdi. Yengil va oziq-ovqat sanoatlari asosiy ixtisos sohalari sanaladi. Rayon charm poyabzallari, o‘simlik moyi ishlab chiqarish bo‘yicha mamlakatdagi boshqa iqtisodiy rayonlardan oldindadir.
Transporti. Rayon temiryo‘l, avtomobil va havo transporti bilan yetarli darajada ta’minlangan. Temiryo‘l vodiy bo‘ylab halqa shaklida o‘tkazilgan. Rayonning temiryo‘l bilan ta’minlanish darajasi mamlakatning o‘rtacha ko‘rsatkichidan 2 marta yuqori turadi. Rayon boshqa iqtisodiy rayonlar bilan Tojikiston hududidagi «Xo‘jand darvozasi»dan o‘tgan temir va avtomobil yo‘llari hamda Qamchiq dovoni orqali o‘tgan Angren–Pop temir yo‘li va Toshkent–Angren–Qo‘qon avtomobil yo‘li orqali bog‘langan. Rayon doirasida avtomobil transporti, ayniqsa, muhim rol o‘ynaydi.
Tashqi­ iqtisodiy­ faoliyati.­ Rayon chetga paxta tolasi va paxta yog‘i, quritilgan meva, konservalar, ip-gazlamalar, mashinalar, mineral o‘g‘itlar,
sement, shifer, chinni hamda sopol buyumlar va boshqa mahsulotlar chiqaradi.
Rayonga ko‘mir, g‘alla, yog‘och-taxta, mineral o‘g‘it, to‘qimachilik mahsulotlari, mashinalar, asbob-uskunalar hamda madaniy mollar keltiriladi. Iqtisodiy geografik rayonning ma’muriy viloyatlari hududiy-ishlab chiqarish majmualari, xo‘jalik tarmoqlari hamda tabiiy va iqtisodiy imkoniyatlar
jihatidan bir-biridan farq qiladi.

Download 1,66 Mb.
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   171




Download 1,66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Farg’ona iqtisodiy rayonining xo’jalik ixtisoslashuvi va rivojlanish muammolari

Download 1,66 Mb.