• 1-MAVZU. FANNING VAZIFALARI VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI. ASOSIY TUSHUNCHA VA TA‘RIFLAR. ISHONCHLILIK MUAMMOLARI.
  • Ishonchlilik fani
  • 1-mavzu. Fanning vazifalari va rivojlanish tendensiyalari. Asosiy tushuncha va ta‘riflar. Ishonchlilik muammolari




    Download 217,33 Kb.
    bet1/5
    Sana30.01.2024
    Hajmi217,33 Kb.
    #148303
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    1-Мавзу АСДИ


    REJA: 1. Avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalarning ishonchliligi fanining predmeti va vazifasi. 2. Avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalarning ishonchliligi fanini o‘qitishdan maqsad. 3. Ishonchlilikning asosiy atama va tariflari. Ishonchlilik muammolari. 4. Avtomatlashtirish vositalarining iqtisodiy samaradorligi aniqlash.
    1-MAVZU. FANNING VAZIFALARI VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI. ASOSIY TUSHUNCHA VA TA‘RIFLAR. ISHONCHLILIK MUAMMOLARI.
    1. Avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalarning ishonchliligi fanining predmeti va vazifasi
    Hozirgi davrda xalq xo‘jaligida minglab har xil turdagi avtomatik vositalari ishlab turibdi. Shu sababli avtomatik vositalarining ishonchliligini oshirish katta ahamiyatga ega. Ishlatish davrida texnik xizmat va ta‘mirlash uchun ketadigan sarf xarajatlar avtomatik sistemasining boshlang‘ich narxidan ancha ortiq. Ishonchlilik muammosini hal qilish katta mablag‘larni tejash imkonini beradi. Texnik taraqqiyot avtomatik vositalarini loyihalash, ishlab chiqarish va ishlatish bo‘yicha ishonchlilik fani oldiga, ularni og‘ir sharoitda va tasodifiy holat vujudga kelganda ish qobiliyatini ta‘minlash, texnik holatini oldindan aytib berish, tahlil qilish va eng optimal konstruksion yechimlarni topish bo‘yicha topshiriqlar qo‘yadi.
    Ishonchlilik fani texnik qurilma va sistemalar sifat ko‘rsatkichlarining o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganadi va uning asosida eng kam sarf xarajatlar bilan ularning buzilmasdan himoya qilish hamda ishlash muddatlarini oshirish usullarini ishlab chiqadi.
    Ishonchlilik to‘g‘risidagi fan vaqt o‘tishi bilan ob‘yektlarning sifat ko‘rsatkichlari (aniqlik, quvvat, unumdorlik, resurs va h.k.) o‘zgarishining jarayonini o‘rganadi. Lekin ko‘rsatkichlarning ma‘lum darajaga yetishishi masalalarini o‘rganmaydi. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda ishonchlilik fani va tadqiqotlari buzilishlar fizikasini o‘rganish bilan bog‘liq (yeyilganlik, charchash, mustahkamligi, zanglash). Bunda mustahkamlik, yeyilganlik, issiqlikka chidamlilik va h.k.lar hisob – kitob usullari bilan ishlab chiqiladi va avtomatlashtirish vositalarining kerakli ishonchliligini ta‘minlaydigan texnologik jarayonlar qo‘llaniladi.

    Download 217,33 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 217,33 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-mavzu. Fanning vazifalari va rivojlanish tendensiyalari. Asosiy tushuncha va ta‘riflar. Ishonchlilik muammolari

    Download 217,33 Kb.