|
Ishonchlilikning asosiy atama va ta‘riflari. Ishonchlilik muammolari
|
bet | 3/5 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 217,33 Kb. | | #148303 |
Bog'liq 1-Мавзу АСДИ3. Ishonchlilikning asosiy atama va ta‘riflari. Ishonchlilik muammolari
Ishonchlilik – deb avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalarining ma‘lum ekspluatatsiya sharoitlarida o‘z vazifalarini normal bajarishini ta‘minlash xususiyatiga aytiladi. Buzilish – deb avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalari ishlash qobiliyatining to‘liq yoki qisman yo‘qotilishi tushuniladi. Bu shunday holatki, bunda avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalari o‘z vazifalarini me‘yoriy-texnik hujjatlarda ko‘rsatilgan parametrlar talablari darajasida bajara olmaydi. Buzilmaslik xususiyati – avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalarining ma‘lum vaqt yoki ma‘lum miqdorda jihoz ishlab chiqarish davrida o‘zining ishlash qobiliyatini uzluksiz saqlash xususiyatidir.
Buzilmasdan ishlash ehtimolligi – bu ma‘lum ekspluatatsiya sharoitlarida va belgilangan ish davomiyligi chegaralarida buzlishning sodir bo‘lmaslik ehtimolligidir. Uning qiymati tasodif kattalikdir, chunki unga juda ko‘p omillar ta‘sir qiladi (Operator yoki aparatchik ish sifati), shuning uchun uni baholashda ehtimollik tushunchasi ishlatiladi. Diagnoz qo‘yish – mexanizmning texnik holati to‘g‘risida xulosa chiqarish uning hozirgi vaqtda va navbatdagi ishlash muddatigacha bo‘lgan davrda ekspluatatsiya uchun yaroqliligini bilishdir. Demak, rejalashtirilgan diagnoz qo‘yilganda avtomatik boshqarish sistemasi turg‘un ishlashi, resursini prognozlash elementlarini o‘z ichiga oladi.
Oldindan aytib berish (texnik prognoz) – kelajakda bo‘ladigan texnik holatni va o‘tkaziladigan texnik ta‘sir yoki diagnoz davriyligini (masofasini) aytish. Texnik genetika – avvalgi vaqtdagi texnik holatni aniqlash (masalan, avariya oldi holati). Avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemasi (ABS) deganda ma‘lum sohadagi kompyuterlar, sanoat kontrollerlari, dastgohlarni raqamli dasturiy boshqarish qurilmalari, sanoat robotlari, avtomatlashtirish qurilmalarini boshqarish qurilmalari va texnologik qurilmalar, birlashtiriladigan lokal hisoblash tarmoqlari va boshqaruvchi ma‘lumotlarni yig‘ishni ta‘minlovchi, qayta ishlovchi, saqlash va uzatish ma‘lumotlari tushuniladi.
|
| |