|
Avtomatlashtirish vositalarining iqtisodiy samaradorligi
|
bet | 5/5 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 217,33 Kb. | | #148303 |
Bog'liq 1-Мавзу АСДИ4. Avtomatlashtirish vositalarining iqtisodiy samaradorligi.
Avtomatlashtirish vositalarini ekspluatatsiya qilish jarayonida iqtisodiy samaradorlikning vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi ikkita omilga bog‘liq: 1. Yangi avtomatik boshqarish sistemasiga ketgan sarf-xarajatlar (loyihalash, ishlab-chiqarish, sinash, sozlash, tekshirish, avtomatlashtirish va h.k) – Qu; va ekspluatatsiya sarf xarajatlari (profilaktika tadbirlari)- Qe.
Qu + Qe- samaradorlik tarozisida manfiy son. 2. Avtomatik boshqarish sistemasidan foydalanish (daromat) musbat iqtisodiy samaradorlikni beradi (Qr). Vaqt o‘tishi bilan Qe osha boshlaydi, chunki avtomatik boshqarish sistemasi eskiradi va u yo‘qotgan ish qobiliyatini tiklash uchun sarf-xarajatlar ko‘payadi.
Vaqt o‘tishi bilan Qr ning o‘sish sur‘ati kamayadi, chunki avtomatik boshqarish sistemasini ta‘mirlashda turib qolishi uning unumdorligini kamaytiradi. Shuning uchun ham samaradorlik chizig‘i eng yuqori nuqtaga ega va ikki marta absissa o‘qini kesib o‘tadi.
Qm =Qr(t)- (Qu + Qe(t))
Q ning o‘sishi bilan t =Ttq ga teng bo‘lgan vaqtda,
Qu + Qe= Qr
Bu yerda: Ttq - sarf-xarajatlarni qoplash muddati. Shunda avtomatik boshqarish sistemasini ishlab chiqishga ketgan xarajatlar qoplangan bo‘ladi. t =Ttq dan boshlab avtomatik boshqarish sistemasi foyda keltirishni boshlaydi. Lekin olinadigan foydaning o‘sishi eksaluatatsiya xarajatlari t=Tox gacha bo‘lgan vaqtda kamayadi (Tox- avtomatik boshqarish sistemasi ishlashining chegaraviy muddati)
1-rasm. Avtomatlashtirish vositalarining iqtisodiy samaradorligi vaqt bо‘yicha o‘zgarishi:
Lt.q – avtomatik boshqarish sistemasining tannarxini qoplash vaqti, soat; Lox – avtomatik boshqarish sistemasining oxirgi holatigacha ishlash muddati; Lmax – eng yuqori samaradorlikka erishilgan vaqti, soat; Le – avtomatik boshqarish sistemasini ekspluatatsiya qilishda iqtisodiy maqbul vaqti, soat.
Bunda yana Qu + Qe= Qr holatiga ega bo‘lamiz. t>Tox bo‘lsa, ekspluatatsiya xarajatlari olinadigan foydadan katta.
Demak, avtomatik boshqarish sistemasi variantini ishonchlilik nuqtai nazaridan tanlanayotganda uni ishlab chiqarish va ekspluatatsiya qilish xarajatlaridan olinadigan foyda bilan taqqoslash kerak. Avtomatik boshqarish sistemasi ishonchliligini baholayotganda iqtisodiy mezon asosiy ko‘rsatkich bo‘lib hisoblanadi.
Iqtisodiy maqsadga muvofiq daraja deb- eng yaxshi variant va eng maksimum samaradorlikka ega, yillik iqtisodiy samaradorlikga aytiladi. Ya‘ni: EH = (∆CP- EH ∆k)→max
∆CP- tan narx evaziga yillik iqtisod, EH -qo‘yilgan kapitalning normalashtirilgan koef.
Qo‘shimcha samara sifatida sistemaning yaroqlilik muddati ko‘rsatiladi
ET = (∆CD- TE ∆k)→max
∆CD TE -tannarx evaziga iqtisod ∆CD (amortizatsiya chiqimi hisobgaolinmaganda); ∆k- qo‘shimcha kapital xarajatlar; TE - ekvivalent yaroqlilik muddati;
|
| |