|
Avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemaning ishonchliligi va xavfsizligi
|
bet | 4/5 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 217,33 Kb. | | #148303 |
Bog'liq 1-Мавзу АСДИAvtomatlashtirilgan boshqaruv sistemaning ishonchliligi va xavfsizligi deganda uning jarayon tuzilishi uchun ta‘sir ko‘rsatadigan tasodifiy va ataylab o‘zgartirishlardan va ma‘lumotlarga hujum qilinishidan (dastur ishonchliligi), to‘xtash berishlardan ishlash qobiliyati buzilishidan (apparat ishonchliligi) himoyalanishi tushuniladi.
Texnik sistema qurilmalarining ishonchliligi - uzluksiz ishlashi, ishlash qobiliyati, uzoq muddatlilik va saqlanuvchanlik bilan aniqlanadi. Uzluksizlik – bu sistemaning qanchadir vaqt mobaynida majburiy to‘xtalishlar paytida ishlash qobiliyatini baholanishi (vaqt va birinchi to‘xtashgacha bo‘lgan ish hajmi). Ishlash qobiliyati deganda sistemaning berilgan texnik hujjatli parametrlar bilan berilgan funksiya ishlashi asosida normal holatda ishlashi tushuniladi. sistemaning uzoq muddatliligi uning resursi (mumkin bo‘lgan holatgacha ishlashi) va ishlash muddati (mumkin bo‘lgan holatgacha elspluatatsiya qilinadigan kalendar davomiylikda) bilan aniqlanadi
Ta‘mirlashga moslik deganda sistemaning sozlanishiga ixtisoslashgani, yuzaga kelgan to‘xtalishlarni bartaraf qilishi tushuniladi. Avtomatlashgan sistemalar (AS) ta‘mirlansa bo‘ladigan va ta‘mirlab bo‘lmaydigan turlarga bo‘linadi. Ta‘mirlanadigan sistemalar ta‘mirlangandan so‘ng keyingi ekspluatatsiyalarida maqsadli va sistemaning ishlash effektivligi susayishi bilan aniqlanadigan xizmat qilish muddatiga ega bo‘ladi. Saqlanganlik deganda sistema parametlarini (uning tashkil qiluvchi elementlarni) ma‘lum bir shartlarda (harorat o‘zgarishida, namlik ta‘sir qilganda, vibratsiyada va boshqa) o‘zgarishsiz saqlanib qolinishi va saqlash, avtomatlashtirishirovka muddati xususiyatlari o‘zgarmasligiga aytiladi.
3. Ishonchlilik muammolari.
Ishonchlilik muammosi prognozlash bilan bog‘liq. Avtomatik boshqarish sistemasi yaratilishining ilk bosqichlarida aniq ishlatish sharoitlari uchun ishonchlilikni baholash zarur. Ishonchlilik muammosining xususiyati – texnologik jarayonni loyihalash, o‘rnatish, ishga tushirish va undan foydalanish bosqichlari bilan chambarchas bog‘liqdir. 1) Texnologik jarayonni loyihalanayotganda va hisoblash ishlari olib borilayotganda ishonchlilikka asos solinadi; u avtomatik boshqarish sistemasi va texnologik liniyaning konstruksiyalari, materiallar va sovutish sistemalari va boshqa konstruktiv xususiyatlarga bog‘liq.
2) Texnologik jarayonni avtomatlashtirishda ishlab chiqarayotganda ishonchlilik ta‘minlanadi. U tayyorlangan detallar, chiqarilayotgan jihozni nazorat qilish usullari, texnologik jarayonni yig‘ish va sinash sifatlariga bog‘liqdir. 3) Avtomatik boshqarish sistemalarini ekspluatatsiya qilayotganda, uning ishonchliligi amalda namoyon bo‘ladi (buzilmasdan ishlash va chidamlilik ko‘rsatkichlari). Ular avtomatik boshqarish sistemasini ekspluatatsiya qilish usullari va sharoitlariga, agregatlarning ish rejimlariga va boshqa ekspluatatsiya omillariga bog‘liq
|
| |