O 'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA 0 ‘RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
/
A. MUHITDINOV, O. QOSIMOV, R. XALIKOV
TRANSPORT V OSITALARINI
LOYIHALASH VA HISOBLASH
О ‘zbekiston Respublikasi Oliy va о ‘rta maxsus ta ’lim vazirligi
tomonidan о ‘quv qo ‘llanma sifatida tavsiya etilgan
TOSHKENT - 2014
UO ‘K: 629.02 (075)
К В К 65.37
М-93
М-93
A.Muhitdinov, O.Qosimov, R.Xalikov. T ransport
vositalarini loyihalash va hisoblash. 0 ‘quv qo‘l-
lanma. -Т .: «Fan va texnologiya», 2014, 188 b e t
ISBN 978-9943-4497-4-9
Ushbu o‘quv qo‘llanma
avtomobil agregat, uzel va tizimlari
konstruksiyalarini loyihalashda hamda ishlab
chiqirilayotgan konstruk-
siyalarni mukammallashtirishda hosil bo‘ladigan muammolarni yechish
uslublarini o ‘rganishga bag‘ishlangan. Avtomobilning agregat, uzel va
tizimlarini bir-biriga
nisbatan joylashishi, tasnifi, qo‘yilgan talablar,
ularga konstruksiyaning mosligini baholash haqida ham ma’lumotlar
berilgan.
0 ‘quv qo‘llanma «Yer usti transport tizimlari» ta’limi yo‘nalishi
bo‘yicha bakalavr talabalarga va uning turdosh ta’lim yo‘nalishlari
asosidagi mutaxassisliklar magistrantlari uchun mo‘ljallangan. 0 ‘quv
qo‘llanmadan mashinasozlik ta’lim yo‘nalishlari talabalari hamda
avtomobil agregatlarini loyihalash va hisoblash bilan shug‘ullanuvchi
avtomobilsozlik sanoatining muhandislari ham foydalanishlari mumkin.
UO‘K: 629.02 (075)
KBK 65.37
Taqrizchilar:
Q.H. Qosimov - t.f.d., prof;
R .O ‘. Shukurov - t.f.d., prof.
ISBN 978-9943—4497—4-9
© «Fan va texnologiya» наш риёти, 2014.
KIRISH
XX asming 60-70 yillarida «Transport vositalarini loyihalash va
hisoblash» fan sifatida ta’limga kirib keldi.
Bu fanning asosiy maqsadi
davrning oshib borayotgan talablari asosida avtomobil agregat, uzel va
tizimlari
konstruksiyalarini
mukammallashtirish
chog‘ida
hosil
boMadigan masalalarni yechish uslublarini o‘rganishdir.
«Transport vositalarini loyihalash va hisoblash» fanida «Avto
mobilning umumiy tuzilishi», «Avtomobilning ekspluatatsion xusu-
siyatlari nazariyasi», «Avtomobilni konstruksiyalari
ish jarayuni va
hisobi» kabi maxsus fanlardan olingan bilimlar umumlashtiriladi va
tizimlashtiriladi.
Avtomobilni yaratishda konstruktorlar, hisobchilar,
dizaynerlar,
sinovchilar, texnologlar, kompyuter dasturchilari va boshqalar ishtirok
etadilar. Yaratiladigan avtomobil qismlarining sifati,
shuningdek uning
konstruksiyasiga sarflangan vaqt va moddiy xarajatlar mutaxassislarning
tajribasiga hamda yangi innovatsion g ‘oyalami qo‘llashga bog'liq.
Zamonaviy avtomobil agregat, uzel va tizimlari konstruksiyalarini
loyihalash avtomatlashtirilgan tizimlami qo‘llash bilan amalga
oshiriladi.
0 ‘quv qo‘llanmada avtomobil agregat, uzel va tizimlari konst
ruksiyalarini loyihalash asoslari, avtomobilni loyihalash bosqichlari,
avtomobilning umumiy kompanovkasi kabi ma’lumotlar berilgan.
Shuningdek, agregat, uzel va tizimlarning zaruriyati, ularning tarkibi va
tasnifi, ularga qo‘yiladigan talablar va
ularning asoslanishi kabi
m a’lumotlar berilgan. Agregat, uzel va tizimlardagi yuklanishlar, asosiy
detallaming kuchlanishi va ulami aniqlash usullari keltirilgan.