• II.l. Texnik topshiriq
  • Transport vositalarini loyihalash va hisoblash




    Download 4,83 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/107
    Sana19.12.2023
    Hajmi4,83 Mb.
    #123712
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107
    Bog'liq
    Muhitdinov A. Transport vositalarini loyihalash va hisoblash

    Nazorat savollari
    1. Loyihalashning tayanch asoslari.
    2. Ekspluatatsiya sharoitining avtomobil konstruksiyasiga ta’siri
    3. Transport sharoiti qaysi ko‘rsatkichlarga bog‘liq?
    4. Yo‘l sharoiti qaysi ko‘rsatkichlarga bog‘liq?
    5. Ob-havo sharoiti qaysi ko‘rsatkichlarga bog‘liq?
    6. Avtomobil konstruksiyasiga qo‘yiladigan asosiy talablar.
    10


    II. AVTOMOBILNI LOYIHALASH BOSQICHLARI
    Yangi avtomobilni yoki uning modellarini ishlab chiqish va uni 
    ishlab chiqarish bo‘yicha ko‘rsatmalar GOST 15.001-88 da belgilab 
    qo'yilgan. Shunga asosan avtomobillami loyihalash jarayoni quyidagi 
    bosqichlarga ajratilgan:
    - loyihalashga texnik topshiriq tuzish;
    - eskiz (xomaki) loyihalash;
    - texnik loyihalash.
    Loyihalashga texnik topshiriq tuzish bosqichi bir etapdan iborat. 
    Eskiz loyihalash bosqichi quyidagi etaplardan tuzilgan:
    • eskiz kompanovka ishlab chiqish;
    • avtomobilning tashqi va ichki maketini yaratish.
    Texnik topshiriq tuzish va eskiz loyihalash taxminan bir vaqtda 
    bajariladi, chunki avtomobilning umumiy chizmasi texnik topshiriqning 
    bir bo‘lagi hisoblanadi, shuning uchun texnik topshiriq tasdiqlanayotgan 
    vaqtda avtomobilning kompanovka sxemasi, tashqi va ichki maketlari 
    ancha tayyor bo‘lishi kerak .
    Texnik loyihalash bosqichi quyidagi etaplardan tuzilgan:
    • avtomobilning umumiy kompanovkasini aniqlashtirish va 
    tugallash;
    shassini maketlash;
    • agregatlar konstmksiyalarini ishlab chiqish.
    II.l. Texnik topshiriq
    Texnik topshiriq eskiz va texnik loyihalash bosqichlarida aniqlash- 
    tiriladi. Texnik topshiriq avtomobilni ishlab chiqaruvchi va unga ehtiyot 
    qismlar yetkazib beruvchi tashkilotlami qurish va rekonstruksiya qilish, 
    ishlab chiqarish texnologyalarini takomillashtirish, tadqiqotlar olib 
    borish bo‘yicha umumiy yo‘nalishni belgilab beradi.
    Texnik topshiriqning mazmunini va uni bajarilishini GOST
    15.001-88ga asosan buyurtmachi va ishlab chiqamvchi nazorat 
    qiladi.Texnik topshiriq quyidagi bo‘limlardan tuzilgan :
    I-bo‘lim. Avtomobilni ishlab chiqarishdan maqsad va uni ishlatish 
    sohasi. Bu yerda quyidagilar ko‘rsatiladi:
    - avtomobilning nomi va turi;
    - vazifasi;
    - ekspluatatsiya sharoiti;
    11


    - eksportga chiqarish imkoniyati;
    - modifikatsiyalar nomi;
    - loyihalanayotgan avtomobil sababli almashtirilayotgan 
    avtomobilning nomi va belgisi;
    - avtomobil ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati.
    II-bo‘lim. Texnik talablar. Bu yerda amalda bo‘lgan standart va
    boshqa me’yoriy hujjatlami hisobga olib avtomobilning sifatini 
    ekspluatatsion xususiyatlarini aniqlaydigan talablar ko‘rsatiladi.

    Download 4,83 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107




    Download 4,83 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Transport vositalarini loyihalash va hisoblash

    Download 4,83 Mb.
    Pdf ko'rish