|
O’zbekiston qishloq xo’jaligi geografiyasi
|
bet | 126/171 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 1,66 Mb. | | #231734 |
Bog'liq attaestatsiya javoblari40. O’zbekiston qishloq xo’jaligi geografiyasi
Qishloq xoʻjaligi geografiyasi — qishloq xoʻjaligini hududiy tashkil etish va rivojlanish qonuniyatlarini oʻrganadigan fan sohasi, iqtisodiy va ijtimoiy geografiya tarmogʻi. turli mamlakat va rayonlar qishloq xoʻjaligini majmuali oʻrganish va bashorat qilish, tabiiy sharoit va resurslarni qishloq xoʻjaligi nuqtai nazaridan baholashga doir tadqiqotlar olib boradi. Qishloq xoʻjaligi iqtisodiyotning tarmogʻi sifatida aholining qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga, sanoatning xom ashyoga boʻlgan ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlaridan farq qilib, qishloq xoʻjaligi joyning agroiqlimiy resurslari bilan chambarchas bogʻliq, shuningdek, yer qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida mehnat vositasi hamda predmeti hamdir. Qishloq xoʻjaligi tarmoqlarining joylashuvi va rivojlanishiga joyning tabiiy sharoiti (asosan, relyefi va iqlimi), resurslari (yer, suv, hayvon va oʻsimliklari), ijtimoiy-iqtisodiy, transport, ekologik va boshqa omillar bevosita taʼsir koʻrsatadi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-avgustdagi qarori asosida qabul qilingan va tasdiqlangan “Qishloq xo’jaligi mahsulotlari kontraktatsiya shartnomalarini tuzish va bajarish shartlari to’g’risida”gi Nizom mahsulot ishlab chiqarish bilan iste’molchilar o’rtasidagi munosabatlarni bozor talablariga javob beradigan bosqichga ko’tarishda Qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 18- martidagi Farmoniga muvofiq respublika komissiyasi tuzilgan. Darhaqiqat qishloq xo’jaligida islohatlar chuqurlashmas ekan, iqtisodiyotning boshqa sohalarida ham bu masalani hal etish oson ko’chmaydi.
Respublikada 1999 yilda 4, 0 mln. tonna don, 0, 7 mln. tonna kartoshka, 0, 4 mln. tonna poliz, 0, 8 mln. tonna go’sht, 3, 5 mln. tonna sut, 1075, 3 mln. dona tuxum etishtirildi. Rivojlangan mamlakatlarda aholining 3-5%ini tashkil etadigan fermerlar oziq-ovqat mahsulotlari bilan o’z xalqini to’la ta’minlabgina qolmay, uni boshqa davlatlarga ham eksport qiladi. Qishloqda xizmat ko’rsatish sohasini etarli darajada tashkil etish zarur, davlat dehqonlardan yordamini ayamasligi lozim. 2000- yil yalpi qishloq xo’jaligi mahsulotlarining 60, 3% i aholi shaxsiy yordamchi xo’jaliklarida etishtirildi.
Republika agrosanoat majmuini moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlash, texnikasini ta’mirlash va unga injenerlik xizmatini ko’rsatishni “O’zqishloqxo’jalikta’minotta’mir” davlat-kooperativ qo’mitasi tizimida qishloq xo’jaligiga texnik xizmat ko’rsatuvchi “Agromashservis” aktsionerlik uyushmasining ixtisoslashtirilgan tashkiliy xo’jalik tuzilmalari: “Qishloqxo’jalikmashta’mir” ta’mirlash zavodlari, “Agromashehtiyotqism” (ta’minot bozorlari), “Texchorvamontajservis”, “Qishloq xo’jalik jihozlash bozorlari”, “Maxsusta’mirlashsozlash” va boshqa birlashmalar, uyushmaning viloyat va tumanlardagi bo’linmalari olib boradi. Tizimga qarashli korxonalarda 50 nomdagi mashina va mexanizmlar ishlab chiqariladi. Mulkchilikning hamma turidagi xo’jaliklarga barcha turdagi mashinalarni etkazib beradi.
Respublika kimyo sanoati qishloq xo’jaligining o’g’itlarga bo’lgan ehtiyojlarini to’la qondirish quvvatiga ega. Ekinlarni zararkunandalar, kasalliklar va begona o’tlardan himoya qilishning kimyoviy vositalari bilan birga, paxtachilikda biologik himoya usulidan ham foydalaniladi. O’zbekistonda 756 ta biolaboratoriya, trixogramma etkazib beruvchi mexanizatsiyalashgan liniyalar ishlaydi. Respublikada qishloq xo’jaligiga agrokimyoviy xizmat ko’rsatishni davlat-aktsionerlik birlashmasi “O’zagrokimyo ta’minot” olib boradi. 1995-1999 y. “O’zqishloqxo’jalik-ta’minotta’mir” davlat-kooperativ qo’mitasining tuman bo’limlari negizida mulkchilikning barcha shakllaridagi mashina-traktor parklari (MTP) tashkil etish dasturi qabul qilingan. 1998 yilgacha 180 ta MTP tashkil qilingan. Bu parklar xo’jaliklaridagi mashina va mexanizmlarni keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga oladi yoki texnika xo’jaliklarda qoldiq qiymat bo’yicha MTPlarning balansiga beriladi.
Respublika Prezidentining “Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini davlat yo’li bilan qo’llab-quvvtlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmonida (1996 y. 3 - mart) qishloq xo’jaligini sifatli texnika, mineral o’g’itlar, ekinlarning himoya qilishning respublika qishloq xo’jaligini rivojlantirishning kompleks dasturida ustivor vazifalar sifatida belgilangan. Respublika qishloq xo’jaligining ilmiy bazasi etarli darajada rivojlangan. Ilmiy izlanishlar natijasida asosiy qishloq xo’jaligi ekinlari bo’lgan g’o’za, kanop, bug’doy, arpa, sholi, meva, uzum, kartoshka, poliz ekinlari va boshqalarning tezpishar, serhosil navlari yaratildi va ishlab chiqarishga joriy etildi. Ayniqsa paxtachilik uchun mashinalar sistemasi yaratildi, ilmiy tekshirish institutlari, tajriba stantsiyalari, tayanch punktlari tarmoqlari rivojlantirildi. O’zbekiston qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, 15 tayanch punkti, 9 ta ekspremental bazasi va 5 ga yaqin boshqa bo’limlarida qishloq xo’jaligi, o’rmon va agrosanoat majmuining turli sohalarida nazariy va amaliy ilmiy ta’minot ishlari olib borildi. Kadrlartayyorlashesabirqatoruniversitetvainstitutlardaolibborildi.
O’zbekiston hududi qishloq xo’jaligi jihatidan 3 mintaqaga bo’linadi: tog’ va tog’ oldi mintaqasi Respublika hududining 20%-i dan ortiqrog’ini tashkil etadi. Asosan lalmikor dehqonchilik (bug’doy, arpa, no’xot, zig’ir), bog’dorchilik va tokchilik taraqqiy etgan. Bu mintaqada mavsumiy bohorgi-kuzgi yaylovlar bor. Chorvachiligi go’sht-jun etishtirishga ixtisoslashgan. Sug’orma dehqonchilik mintaqasi Respublika hududining qariyb 10%-ini tashkil etadi.
Cho’lyaylovmintaqasiRespublikahududining 70%-ini tashkiletadi
Respublika yer fondining asosiy qismi (62%-ga yaqini) qishloq xo’jaligi yer turlari toifalariga mansub, qolgan qismi fuqarolar yerlari – tomorqa (1%), o’rmon va to’qayzorlar (3, 2%) va qishloq xo’jaligida foydalanilmaydigan yerlardan (34, 2%) iborat.
Sug’oriladigan yerlar jami yer resurslarning 9, 2%ni tashkil etishiga qaramay Respublika qishloq xo’jaligida yetishtiriladigan yalpi mahsalotning 98, 5%i shu yerlarda yetishtiriladi. Respublika qishloq xo’jaligida dehkonchilik yetakchi o’rinda turadi. Dehqonchilikning qishloq xo’jaligi yalpi mahsuloti tarkibidagi hissasi 49, 7%-ni tashkil etadi.
|
| |