• 37. O’zbekiston yengil sanoati va qo’shma korxonalarining rivojlanishi
  • A.Soliyev va O’zbekistonda iqtisodiy geografiyaning rivojlanishi




    Download 1,66 Mb.
    bet123/171
    Sana14.05.2024
    Hajmi1,66 Mb.
    #231734
    1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   171
    Bog'liq
    attaestatsiya javoblari

    36. A.Soliyev va O’zbekistonda iqtisodiy geografiyaning rivojlanishi
    Iqtisodiy geografik tadqiqotlarning asosiy ilmiy yo‘nalishlarida, mam lakat iqtisodiyotini jadal sur’atlarda rivojlantirish va sanoatlashtirish m aqsadida iqtisodiy rayonlashtirish va yangi hududiy ishlab chiqarish majm ualarni tashkil etishning nazariy masalalarini yaratishga katta e’tibor qaratiladi. Ushbu reja asosida, 0‘zbekiston Respublikasidagi ilk yirik gidroelektrostansiyalarining kaskadi Chirchiq-Bozsu gidroelektroenergiya kaskadi quriladi va Toshkent viloyatida elektroenergetika, metallurgiya va kimyo mashinasozlik korxonalari tashkil topadi. Shu davrda iqtisodiy geografiya fanining rivojlanishiga G.M .Kijijanovskiy, LG.Aleksandrov, Y u.G .Saushkin, N .N .Baranskiylar va qator olimlar katta hissa qo‘shadi va ular o ‘zlarining ilmiy m aktablarini yaratishadi. Iqtisodiy geografiya fanini 0 ‘zbekistonda rivojlanishi XX asming birinchi yarmiga to ‘g‘ri keladi, 1906-yillarda Turkiston geografiya jam iyati tashkil topadi, iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning tarkibiy qismlari bo‘lgan siyosiy va aholi geografiya fanlarining tarm oqlari rivojlanadi. Xalq xo‘jaligini sanoatlashtirish, mineral xomashyo, yer-suv resurslarini o ‘zlashtirish, transport magistrallarini qurish, shahar aholi punktlarini yaratilishi m am lakatning hududiy xususiyatlarini va imkoniyatlarini rivojlantirishni talab etadi va iqtisodiy geografiya fanini 0 ‘zbekistonda keng qamrovli rivojlanishiga olib keladi. 0 ‘zbekistonda iqtisodiy geografiya fanini rivojlanishida M .Behbudiy, V .M .Chetirkin, G .M .Cherdansev, K.I.Lapkin, N .G .Sapenko, N.V.Smirnov, Z.M .Akramov, M .K.Qoraxonov, A.S.Soliev va boshqa olimlarning xizmatlari katta b o ‘lgan.
    37. O’zbekiston yengil sanoati va qo’shma korxonalarining rivojlanishi
    Oʻzbekiston hududida 19-asrning oxiriga qadar xoʻjalik taraqqiyoti xonaki, kosibchilik,hunarmandchilik ishlab chiqarishidan iborat edi. Sanoat usulida ishlab chiqarilgan kiyim-kechak, poyabzal, trikotaj mahsulotlari, gazmollar asosan Rossiyaning markaziy shaharlaridan olib kelingan, chetga, asosan Rossiyaga paxta tolasi, xom ipak, teri va boshqa xom ashyo turlari chiqarilgan.
    Oʻzbekistonda Yengil sanoat mahsulotlarini sanoat asosida ichki chizimga 19-asrning oxirida, 1874-yilda Toshkent shahrida paxta tozalash zavodi qurilishi bilan asos solingan. 20-asr boshlarida Yengil sanoat sohasi asosan paxtani qayta ishlash korxonalaridan iborat boʻlib, yalpi sanoat mahsulotining qariyb 4/5 qismi shu sohaga toʻgʻri kelgan. 1920-yillardan paxta tozalash zavodlari, pillakashlik, yigiruv-toʻquv, tikuvchilik, charm-galantereya, poaybzal fabrikalari qurila boshladi, respublikaning oʻzida yetishtirilgan xom ashyodan tayyor mahsulot ichki chizim maqsadlarida mayda tarqoq hunarmandlarni birlash-tirib, sanoat asosi yaratildi. 1926-yilda Toshkentda "Qizil tong" tikuvchilik fabrikasi, 1927-yilda Toshkent poyabzal fabrikasi, 1928-yilda Toshkent koʻn zavodi, 1926-yilda Fargʻona tikuvchilik fabrikasining birinchi navbati (10000 urchuq va 300 toʻquv dastgohi) ishga tushirildi. Fargʻona (1927), Samarqand (1927), Buxoro va Margʻilon (1928) pillakashlik fabrikalari, Samarqand shoyi toʻqish fabrikasi (1930) ishga tushirilishi bilan Oʻzbekistonda ipakchilik sanoati poydevori yaratildi. 1937-yilda toʻqimachilik sanoati gigantlaridan biri — Toshkent toʻqimachilik kombinati ishlay boshladi. Ikkinchi jahon urushigacha boʻlgan davrda trikotaj sanoati tarmogʻida Qoʻqon ip yigiruv-paypoq toʻquv kombinati, Fargʻona va Toshkentda trikotaj buyumlari fabrikalari ishga tushirildi. Urushdan keyingi yillarda Yengil sanoat tarmoqlari yanada rivojlandi, bu sanoatning texnika bazasi takomillashtirildi.
    60-yillarda respublikada trikotaj ichki chizimi ancha taraqqiyotga erishdi, Toshkent "Malika" trikotaj ichki chizim birlashmasi, Andijonda ichki trikotaj buyumlari fabrikasi qurildi. 70—80-yillarda Xivada gilam kombinati, Buxoro toʻqimachilik kombinatining 1-navbati, Andijon toʻqimachilik kombinati, viloyatlarning kichik shaharlari va tuman markazlarida nisbatan kichik quvvatli yigiruv, toʻquv, yigiruv-toʻquv fabrikalari ishga tushirildi. Respublikada Yengil sanoatning eng yangi sohasi boʻlgan chinni va fayans buyumlari Toshkent (1952), Samarqand (1970), Kuvasoy (1978) chinni zavodlari, Angren keramika kombinati (1967)da ishlab chiqariladi.
    Oʻzbekistonning mustaqillikka erishishi bilan Yengil sanoat tarmoqlari yangi sifat bosqichiga koʻtarildi. Respublika hukumati qaroriga koʻra tarmoqdagi deyarli hamma korxonalar davlat tasarrufidan chiqarish dasturiga koʻra ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlariga va mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirildi. 1991-yilda respublika Yengil sanoati vazirligi tugatilib, uning negizida majmuada davlat boshqaruvini amalga oshiradigan, Yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqaradigan davlat uyushmasi — "Oʻzbekengilsanoat", 1998-yil 30 martda pillachilik va ipakchilik tar-moklariga rahbarlikni amalga oshiradigan "Oʻzbek ipagi" uyushmasi tashkil qilindi (qarang Ipakchilik sanoati). 2000-yil 4 martda koʻn-poyabzal sanoati korxonalari "Oʻzbekcharmpoyabzal" uyushmasiga birlashdi.
    1991—2000-yillarda tarmoq boʻyicha 22 loyiha amalga oshirildi, jumladan Koreya Respublikasining "Kabul Tekstaylz" firmasi ishtirokida Toshkent va Toʻytepa shaharlarida joylashgan "Kabul-Oʻzbek Ko" (quvvati yiliga 47,0 ming t yigirilgan paxta ip va 24 mln. m gazlama), Fargʻona toʻqimachilik kombinatini qayta jihozlash asosida "Kabul Fargʻona K°" (loyiha qiymati 110 mln. AQSH dollari) qoʻshma korxonalari ishga tushirildi. Namanganda Turkiyaning "Aston" firmasi bilan hamkorlikda "Asnam tekstil" (quvvati yiliga 30,2 ming t yigirilgan ip), "Timas" va "TIMI" firmalari bilan "Kosonsoy-Tekmen" (yillik quvvati 4,2 mln. m jun va movut gazlamalar) qoʻshma korxonalari, Qarshida "Pashtete", Gurlanda "Gurlanteks", Andijonda "Anteks" toʻqimachilik majmualari va b. qurildi va ishga tushirildi (ularning yillik quvvati 18,0 mln. dona tikuvchilik va trikotaj buyumlari). "Fargʻonapoyabzal" aksiyadorlik jamiyati bilan Germaniyaning "Salamander" firmasi ishtirokida "Oʻzsalaman" qoʻshma korxona ishga tushirildi (1995, yillik loyiha quvvati 500 ming juft poyabzal).
    Hozirgi davrda Oʻzbekiston Yengil sanoati koʻp tarmoqli indoʻstrial majmua boʻlib, uning tarkibida paxta tozalash zavodlari, toʻqimachilik, trikotaj, pillakashlik, shoyi toʻqish, tikuvchilik, koʻn-poyabzal, gilamchilik, chinni-fayans buyumlari va attorlik mollari ichki chizim sohalarida 150 ga yaqin korxona bor. Shulardan 14 tayen 1994—2000-yillarda chet'el kapitali ishtirokida tashkil qilingan qoʻshma korxonalardir [(bu korxonalar tarmoqda ishlab chiqarilgan umumiy mahsulot hajmining 20,6% ni, eksportga chiqarilgan mahsulot hajmining 88,1% ni beradi (2000)]. Respublika sanoat mahsuloti umumiy hajmida Yengil sanoat hissasi eng katta salmoqqa ega va 2000-yilda 20,1% ni tashkil qildi (1995-yilda 19%).
    "Oʻzbekengilsanoat" davlat uyushmasi tomonidan respublika Yengi sanoatni rivojlantirishning 2000 — 2005-yillarga moʻljallangan dasturi ishlab chiqilgan. Dasturda Oʻzbekistonga chetdan ilgʻor texnologiyani keltirish, chet'el investitsiyasini jalb etish, bank kreditidan foydalanib yangi zamonaviy korxonalar qurish, jahon bozoriga raqobatbardosh mahsulotlar chiqarish, eksport imkoniyatlarini oshirish va b. belgilangan. Dasturga koʻra 2000—2005-yillarda ipgazlama tarmogʻida 33 ta korxonani qayta jihozlash, 17 korxonani qurib bitkazish, tikuvchilik-trikotaj tarmogʻida 5 korxonani qayta jihozlash, 1 korxonani qurib tugallash moʻljallangan. Respublika hududida qayta ishlanadigan paxta tolasi hajmi 1999-yildagi 110,2 ming t dan 2005-yilda 476,4 ming t ga yetkaziladi, ip gazlama ichki chizimini 1,8 marta, gilam ishlab chiqarishni 2,7 marta, trikotaj matolarini 2,9 marta, tibbiyot momigʻini 30,9 marta, trikotaj buyumlari ichki chizimini 1,5 marta koʻpaytirish koʻzda tutiladi, qoʻshimcha 37,7 ming dan ortiq yangi ish oʻrinlari tashkil etiladi. Yengil sanoat tarmoqdaridagi ilmiy-texnologik, loyihalash, konstruktorlik muammolari bilan "Yengilsanoat" loyiqa instituti (Toshkent), "Shoyi" tadqiqot instituti (Margʻilon shahri) va uning Toshkentdagi shoʻʼbasi, Respublika kiyimlar modellari uyi, Respublika poyabzal modellari uyi, Respublika trikotaj mahsulotlari modellari uyi va boshqalar shugʻullanadi.
    Tarmoqdardagi korxonalar uchun injener-texnik kadrlar Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoati instituti va uning shoʻʼbalari, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent politexnikumi va viloyatlardagi kollejlarda tayyorlanadi. Yengil sanoat jahondagi koʻpgina mamlakatlarda, jumladan Italiya, Fransiya, Chexiya, AQSH va boshqalarda gʻoyat taraqqiy etgan va shu mamlakatlar eksportida muhim oʻrinda turadi (yana q. Koʻn-poyabzal sanoati, Trikotaj sanoati, Toʻqimachilik sanoati, Chinni-fayans sanoati).

    Download 1,66 Mb.
    1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   171




    Download 1,66 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    A.Soliyev va O’zbekistonda iqtisodiy geografiyaning rivojlanishi

    Download 1,66 Mb.