|
1-Ma’ruza. Mavzu: Norudaviy qurilish materiallari. Ma’ruza rejasi
|
bet | 1/2 | Sana | 12.06.2024 | Hajmi | 25,34 Kb. | | #262848 |
Bog'liq 1-Ma\'ruza (4)
1-Ma’ruza.
Mavzu: Norudaviy qurilish materiallari.
Ma’ruza rejasi:
1.Kirish. Fanning maqsadi va masalalari. Bog‘lovchi materiallar ishlab chiqarish va ulardan foydalanish tarixi.
1.1.Norudaviy qurilish materiallari soxasining hozirgi holati va rivojlanish istiqboli.
1.2.Xom-ashyo materiallari.
1.3. Norudaviy materiallar qazib olish.
Qurilish materiallarini ishlab chiqarish tarixi
Er sayyorasida insonga oziq – ovqat va kiyim –boshdan so‘ng turar joy kerak bo‘ladi.Neolit davridayoq inson tuproq xossalarini o‘rganib keramika materialini kashf qilgan.CHunki u plastiklik (ho‘lligida) xossasiga ega, oson shakl oladigan, quriganda qotadigan va yaxshi mustahkamlikka ega material edi.
Eramizdan avvalgi V-IV asrlarda Misrda g‘isht ishlab chiqarila boshlagan. Bundan tashqari Hindiston va Movaraunaxrda davlatlarida keramika maxsulotlari ishlab chiqarila boshlagan. Gips va ohak ham qadimdan ishlatib kelinadi. 5000 yil avval Misrda exromlarni qurishda gips bog‘lovchi material sifatida ishlatilgan. Oxak esa avval Gretsiyada so‘ng esa Rimda foydalanila boshlagan. Rimliklar oxak olish texnologiyasini yozib qoldirganlar.
Hozirgi vaqtda dunyoda 1 yida 3 mlrd 700 mln tonna sement ishlab chiqarilmoqda.
Dunyoda ishlab chiqarilayotgan sementning 60% Xitoy davlatiga to‘g‘ri keladi.Qolgan 40% Hindiston, Aqsh, Braziliya, V’etnam, Rossiya, Turkiya, YAponiya, Koreya, Misr, Germaniya, Italiya, Saudiya Arabistoni, Tailand, va Meksika davlatlari hissalariga to‘g‘ri keladi.
O‘zbekiston esa yiliga 6,5 mln tonna sement ishlab chiqarmoqda.
Qurilish materiallri
-Bog‘lovchi qurilish materiallari:
sement, ohak, gips
-Devorbop materiallar:
G‘isht,tosh, betonli, gips va asbestsemenli panellar, bloklar,oynali,slikatli
-Pardozbop materiallar:
Keramika maxsulotlari,arxitektura oynasi, ganch, polimerlar, marmar, ganch, yog‘och
-Issiqlik, tovushdan izolyasiyalovchi materiallar
Minerial tolali, oynali, gipsli, polimerli
Tombop materiallar
Ruberioid, shifer, cherepitsa,metall listlar
Fizik xossalari: tuzilishi, tavsifi, xajm og‘irligi, zichligi, g‘ovakligi, bo‘shlig‘i, ashyoning suvi, bug‘ va gaz ta’sirida nam yutuvchanligi, suv shimuvchanligi bug‘ va gaz o‘tkazuvchanligi
Mexanik xossalari: tashqi kuch ta’sirida egilishga, bukilishga, siqilishga qarshiligi,mustaxkamligi, qattiqligi, deformatsiyalanishi, mo‘rtligi, yumshoqligi
Kimyoviy xossalari: Ashyoga kimyoviy zararli muhit ta’sir etganda reaksiya jarayoniga va buzilishga qarshilik ko‘rsatish uning kimyoviy xossalarin ifodalaydi.
Har bir qurilish materiali o‘ziga xos fizik, mexanik va ximik xossalarga ega. Materialning tarkibi, strukturasi va xolatining o‘zgarishi bilan uning qurilish va texnologik xossalari ham o‘zgaradi. Qurilish materiallarning xossalari turg‘un bo‘lmay, ular fizik, mexanik va kimyoviy jarayonlar ta’sirida o‘zgarib turadi. Materiallarning sinfga bo‘linishi:
Qurilish materiallari kelib chiqishiga qarab tabiiy va sun’iy bo‘ladi. Qurilish materiallarini texnik xossalariga ko‘ra quyidagi guruxlarga bo‘lish mumkin:
plastik materiallar - kuch, temperatura yoki suv ta’sirida qayta ishlanish xususiyatiga ega bo‘lgan materiallar (gil, bitum, mis, qo‘rg‘oshin va x..k)
elastik materiallar - unga ta’sir etayotgan kuch olingandan so‘ng o‘z shakliga qaytadigan materiallar (rezina, po‘lat, yog‘och)
mo‘rt materiallar — ta’sir etayotgan kuch natijasida o‘lchami va shaklini o‘zgartirmaydi, buzilish xossasiga ega bo‘lgan materiallar (shisha, cho‘yan, g‘isht va x,.k.)
A) Mustaxkam — granit, temir, yog‘och
B) Mustaxkamligi past —oxaktosh, somon, xom g‘isht
a) Qattiq - cho‘yan, shisha, granit
b) YUmshoq. - yog‘och, qo‘rg‘oshin , bitum
Suv, kislota, ishqor, issiq-sovuq hamda fizik-kimyoviy jarayonlar ta’sirida chidamli- (klinker, plastmassalar) va chidamsiz (xom g‘isht ) materiallar;
Izolyasiya materiallari-issiqlik o‘tkazmaydigan (mineral paxta, jun, g‘ovakli asbest buyumlar)
Tovushni yutuvchi- ( qatlamli shisha, paxta ) gidroizolyasion- (bitum, ruberoid )
elektroizolyasion- (rezina, chinni, marmar) xossalarga ega bo‘lgan materiallar.
Tog‘ jinslari deb, bir yoki bir necha mineraldan tashkil topgan jinslarga aytiladi.
Mineral deb, kimyoviy tarkibi bir xil, fizik xossalari bir xil bo‘lgan tabiiy jinsdir.
Bitta mineraldan tashkil topgan tog‘ jinsiga monomineral, bir necha mineraldan tashkil topganiga polimineral deyiladi.
Otilib chiqqan - magmaning er yuziga otilib chiqqan qismi.
-CHukurdagi massiv- magma er ostida katta bosim ostida soviydi.
-Toshib chiqqan — magma er ustida atmosfera bosimida soviydi.
CHo‘kindi tog‘ jinslari tabiiy "nurash" jarayonida hosil bo‘lgan jinslardir. -Kimyoviy cho‘kindilar kimyoviy moddalarning eritmasidan va ularning cho‘kindilaridan hosil bo‘lgan jinslar.
-Mexanik cho‘kindilar jinslarning havo va suv ta’sirida nurash jarayonidan hosil bo‘ladi.
-Organogen cho‘kindilar organik moddalarning minerallarini chukishidan hosil bo‘ladi.
Metamorf tog‘ jinslari otqindi va cho‘kindi jinslarga yuqori temperatura va bosim ta’sir qilishi natijasida hosil bo‘ladi.
SHag‘al - har xil tog‘ jinslarining parchalanishidan hosil bo‘lgan sochiluvchan jins. Tashqi ko‘rinishi bo‘yicha shag‘alning sirti silliq, yumaloq shaklda bo‘lib, yirikligi 5-80 mm ga teng. Tabiatda ko‘p uchraydigan harsangtoshlar tog‘ jinslarining parchalanishidan kelib chiqqan, tabiiy sharoitda silliqlangan, yirikligi 150 mm dan katta bo‘lgan jins. Maydalangan harsangtoshdan chaqiq toshlar olinadi va betonlar uchun yirik to‘ldirgich sifatida ishlatiladi.
Gips - yumshoq 1) qattiqligi 2), zichligi 2100—2200 kg/m3 ga teng bo‘lgan mineral. Kimyoviy tarkibi bo‘yicha gips ikki molekula suvli kalsiy sulfatdan tashkil topgan (Sa8O4^2N20). Tuzilishi bo‘yicha gips oddiy yirik kristalli (gips shpati) va ingichka tolali (donador gips) xillarga bo‘linadi.
Oxaktosh - er qatlamining ustki qismida keng tarkalgan, tarkibi 92-98 % kalsiy karbonatidan (SaSO3) tashkil topgan jinsdir.
|
| |