Mavzu:
Hayotiy faoliyati xavfsizligi fani, maqsadi va vazifalari.
Tabiiy, texnogen va ekologik favqulodda xodisalar
.
R E J A :
1.XFX fani o’qitilisqidan maqsad .
2.Fuqarolarni muxofazasi to’g’risidagi qonun va farmonlar.
3.Tabiiy favqulodda hodisalar.
4.Texnogen holatli favqulodda hodisalar.
5.Ekologik holatidagi favqulodda hodisalar
.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov o`zining "O`zbekiston
XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik
shartlari va taraqqiyot
kafolatlari" nomli asarida: «Mamlakatni jadal rivojlantirish borasidagi dasturiy
vazifalarni amalga oshirishda fanni va ilmiy infrastrukturani rivojlantirish g`oyat
muxim axamiyatga ega. Davlat faoliyatining muvaffaqiyati xozir ko`p
jixatdan
fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari, chuqur ilm talab
qiladigan texnologiyalar
qanchalik keng joriy etilayotgani, kadrlarning kasb
tayyorgarlik darajasi bilan
belgilanadi» - deb uqtirib o`tganlar.
Respublikamizda chuqur iqtisodiy o`zgarish bo`layotgan bir davrda, kadrlar
tayyorlashning milliy dasturi kuchga kirishi yuqoridagi fikrni amalga oshirishning
dastlabki bosqichi bo`lib xizmat qiladi. Ko`p bosqichli ta`lim tizimiga binoan
Respublikamizdagi barcha universitet va institutlarda ta`lim
olayotgan
bakalavrlarning o`quv rejasiga "Hayotiy faoliyat xavfsizligi" fanining kiritilishi
bo`lg`usi mutaxassislarning
bilimini chuqurlashtirishga, xar xil turdagi
shikastlanishlar va kasallanish xodisalarini
oldini olishda hamda barkamol,
sog`lom kadrlarni tayyorlashda yordam berishi so`zsizdir.
Hayotiy faoliyat xavfsizligi (HFX) fanining diqqat markaziga qo`yilgan
maqsad
bu insonning jamiyat taraqqiyotidagi rolidir.