|
O’zgaruvchan tokni solishtirma hajm qarshiligi quyidagicha
|
bet | 3/6 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 4,18 Mb. | | #241634 |
Bog'liq 2topshiriqO’zgaruvchan tokni solishtirma hajm qarshiligi quyidagicha:
Inson tanasini elektr tokiga ko’rsatayotgan qarshiligi:
qarshiligni o’lchash sxemasi:
1) elektrodlar; 2) epidermis – terning tashqi qatlami; 3, 4) tananing ichki to’qimalar
b) Inson tanasini qarshiliging ekvivalent sxemasi;
Tok kuchlanishi oshishi bilan tanani qarshiligi kamayib boradi. Natijada terini yorib o’tadi. Tokni kuchi yoki, o’tish muddati oshishi bilan teri qizib boradi va tutash joylari terlashiga olib keladi. Shu ham terini elektr qarshiligini kamaytiradi. Ichki organlarni qarshiligi asosan tok kuchlanishiga bog’liq va 300-600 Om bo’ladi.
Inson tanasini umumiy qarshiligi ham tokni kuchlanishiga bog’liq, lekin chiziqli emas, kuchlanishni ko’payishi bilan umumiy qarshiligi kamayadi va 300 V kuchlanishida ichki organlarni qarshiligiga yaqinlashadi.
Rh = 2RH + Rh - inson tanasini aktiv qarshiligi, Om;
CH≈ 0,5 - inson tanasining zichligi, Ф;
f - tok chastotasi, Gz
Insonni elektr tokidan shikastlanishining asosiy omillari
Tok kuchi insonga turli ta’sir ko’rsatadi. Ko’rsatgan ta’siriga qarab quyidagi tok qiymatlariga ajratiladi:
- Tokni sezish chegarasi. O’zgaruvchan tokni 50 gs va miqdori 0.1-1.5 mA, o’zgarmas tokni miqdori 5-7 mA. Shu holatda inson qo’l panjalari titraydi va issiqlikni sezadi;
- Qo’yib yuboradigan tok. O’zgaruvchan tokni miqdori 8-10 mA, o’zgarmas tok uchun 20-25 mA. Shu holatda inson og’riq sezadi badani qiziydi.
- Ushlab qoladigan tok. O’zgaruvchan tokni miqdori 10-15 mA, o’zgarmas tok uchun 50-80 mA. Shu holatida qo’l mushaklari keskin qisqariladi, shok holati kuzatiladi, nafas olish qiyinlashadi, va inson o’zini tanasini boshqarib ololmaydi.
- Fibrilyasion tok. O’zgaruvchan tok miqdori 100 mA, o’zgarmas tok uchun 300mA. Shu holatda insonni yurak mushaklari tartibsiz qisqariladi, ishlash tartibi buziladi, natijada qon aylanish tizimi ishdan chiqadi.
Inson tanasidan o’tayotgan tokni davom etish muddati.
Inson tanasidan o’tayotgan tokni davom etish muddati ham katta ta’sir ko’rsatadi, qanchali tok vaqti ko’p bo’lsa, shunchalik havfi oshaveradi. Shu holatda insonni yurak mushaklari tartibsiz qisqariladi, ishlash tartibi buziladi, natijada qon aylanish tizimi ishdan chiqadi.
Tok fazasi yurakning eng xavfli fazasi hisoblanadi. Tok yurakdan o’tayotgan vaqtda yurakning fibrilyasiyasi kuzatilinadi, unung davomiyligi 0,2 sek teng.
Inson tanasidan tokni o’tgan yo’li.
Inson tanasidan tokni o’tgan yo’li ham katta aha miyatga ega. Agar elektr tok muhim organlaridan yurak, o’pka, miyalaridan o’tgan bo’lsa o’ta xavfli, boshqa yo’llardan o’tgan bo’lsa, hatari kamroq bo’ladi.
Inson tanasidan o’tayotgan tok eng ko’p uchraydigan yo’llari aniqlangan. Tez uchrab turadigan yo’l o’n qo’l-oyoqlar, undan keyin, qo’lqo’l va chap qo’l-oyoqlar.
Inson tanasidan o’tgan tokning chastotasi.
O’zgaruvchan tok xatarligi tokni chastotasiga bog’liq. Tadqiqotlar bilan aniqlanganki, tokni chastotasi 10 gs dan- 500 gs gacha birdek xavfli. 500 gs dan oshgan sari fibrilyasion tok miqdori oshib boradi, va chastotasi 1000 gs dan oshgandan keyin yahshigina havsizligi kamayadi.
Elektr jarohatni insonni shaxsiy hususiyatiga bo’g’liqligi.
Elektr jarohatni og’irligi insonni shaxsiy hususiyatlarga ham bo’g’liq. Misol uchun “ushlab qoladigan” tokni miqdori ayrim tanaga “sezish chegarasi” ayrimlarga “qo’yib yuboradigan” chegarasi bo’lishi mumkin. Bundan tashqari inson tanasini o’g’irligiga va uning baqvatligiga ham bo’g’liq.
|
| |