|
Elektr qurilmalarini himoya vositalari
|
bet | 4/6 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 4,18 Mb. | | #241634 |
Bog'liq 2topshiriqElektr qurilmalarini himoya vositalari
Umumiy tushuncha va tavsifi. Elektr qurilmalarida qo’llanib kelayotgan himoya choralari shartli ravishda ikki guruhga bo’linishi mumkin: elektr qurilmalarni meyori ish sharoitlariga havfsizligini ta’minlash va avariya holatidagi sharoitlarini havfsizligini taminlash.
Meyoriy ish sharoitlarida havfsizlikni taminlash choralari quyidagicha:
- izolyatsiya, tok o’tkazuvchi qismlarni oldiga to’siqlar o’rnatish;
- havfsizlik blokirovkalarni qo’llash;
- orentasiyani ta’minlash;
- elektr tarmoqlarni yerdan izolyatsiyalash;
- yerga ulanib qolgan tokni hajm qismini kompensatsiyalash;
- himoyalovchi qisqa tutashuv tashkil qilish;
- kichik kuchlanishni qo’llash;
- izolyatsiyalangan maydonchalarni qo’llash;
- potensiallarni tenglashtirish.
Avariya sharoitida (izolyatsiya lat olgan sababli tok yurmaydigan qismlarga kuchlanishni o’tib ketishi) ishlab turgan elektr qurilmani havfsizligini ta’minlashda quyidagi choralar qo’llaniladi:
- himoyalovchi yerga ulash (zazemleniya);
- nollanish (zanuleniya);
- himoyalovchi o’chirish;
- ikki qavatli izolyatsiyani qo’llash;
- ish joyini izolyatsiyalash;
- baland kuchlanishdan past kuchlanishga o’tishida himoya choralrini qo’llash.
Elektr qurilmalarni turlariga, oziqa manbai sharoitlariga (kuchlanish qiymatlari, neytral holati) va ishlatish sharoitlariga (atrof muhit) qarab havfsizlik taminlashida jamlanganlik choralari qo’llaniladi.
Elektr izolyatsiya bu dielektrik qatlami (tok o’tkazmaydigan qatlam), yoki dielektrkdan tayyorlangan uskunani izolyatsiyasi, yoki tok o’tkazuvchi elementlarni boshqa qismlardan ajratilib qo’yish.
Elektr uskunalarida quyidagi izolyatsiya turlari qo’llaniladi:
-ishchi izolyatsiya elektr qurilmalarini tok o’tuvchi qismlaridagi havfsizligini ta’minlovchi elektr izolyatsiyasi;
-qo’shimcha izolyatsiya-ishchi izolyatsiyani lat olishi havfi bo’lsa, elektr qurilmani himoyalash uchun qo’llaniladigan qo’shimcha izolyatsiyasi;
-ikki qavatli izolyatsiya ishchi va qo’shimcha izolyatsiyalardan tashkil topgan izolyatsiya;
-puhtalangan izolyatsiya ikki qavatli izolyatsiyani darajasiga ega bo’lgan, yahsxilangan ishchi izolyatsiyasi;
Senatning qirq birinchi yalpi majlisida “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun ma’qullandi. Bu haqda yuqori palata matbuot xizmati xabar berdi.
Qonun bilan uyali aloqa virtual operatorlari (provayderlar) faoliyatini kengaytirish maqsadida ular tomonidan radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatishi natijasida undiriladigan davlat boji miqdorlari kamaytirilmoqda.
Ushbu sohada faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 25 000 baravari miqdorida davlat boji undirilishi belgilab qo‘yilmoqda.
Shu bilan birga, agar uyali aloqa virtual operatori tomonidan navbatdagi yillik davlat bojini to‘lash davridan oldingi moliya yilida ko‘rsatilgan ko‘chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari xizmatlarining qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 million baravaridan oshgan taqdirda, ushbu uyali aloqa virtual operatori daromadining 1 foizi miqdorida qo‘shimcha davlat boji to‘lanishi belgilanmoqda.
Senatorlarning ta’kidlashicha, qonunning qabul qilinishi natijasida uyali aloqa virtual operatorlari faoliyatini kengaytirishga va ularning faoliyat ko‘rsatishi uchun adolatli raqobat muhiti yaratishga erishiladi.
Senat raisi Tanzila Narbayevaning so‘zlariga ko‘raqonunni ham sohadagi tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, mavjud muammolarni yechishga qaratilgan navbatdagi qadam deb ko‘rish mumkin.
Jumladan, o‘zini mustaqil aloqa tarmog‘iga ega bo‘lmagan uyali aloqa virtual operatorlarga (provayder) lisenziya berganlik uchun davlat boji miqdorini yuqoriligi mazkur sohada tadbirkorlik faoliyati bozor qoidalari asosida rivojlanishini cheklab qo‘ymoqda.
Davlat bojini sezilarli kamaytirilishi sohadagi tadbirkorlar ixtiyorida qo‘shimcha mablag‘lar qolishi bilan birga, taqdim etilayotgan imtiyozlar virtual mobil aloqa bozorining investisiyaviy jozibadorligini oshirishga va mamlakatimizda yangidan yangi xorijiy investisiyalar kiritish orqali telekommunikasiya tarmoqlarini modernizasiya qilish uchun imkon beradi.
Mazkur rag‘batlantirish choralari orqali tadbirkorlik sub’ektlariga yengillik berilib, xususiy teleradiokanallar tashkil etilishiga va teledasturlarni sifatli kontentlar bilan to‘ldirishga erishiladi.
Tahlillarga ko‘ra, hududlardagi xususiy telekanal va radiokanallar o‘z teleradiodasturlarini efirga uzatish hamda moddiy-texnik bazalarini zamonaviy uskunalar bilan jihozlashda ayrim moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar.
Shu bois qonun bilan teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlarini loyihalashtirganlik, qurganlik, ulardan foydalanganlik va ularning xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun to‘lanadigan davlat boji miqdorlari 50 foizga kamaytirilmoqda.
Bunda tele- va radiokanallarning moliyaviy imkoniyatlarini yaxshilashga, ya’ni 4,1 mlrd so‘mga yaqin pul mablag‘larini xususiy teleradioeshittirish sub’ektlari faoliyatini rivojlantirishga erishiladi.
Qonun bilan davlat bojini undirishda yana bir qo‘shimcha imtiyoz berilib, unga ko‘ra, yillik undiriladigan davlat bojining miqdori teng ravishda yilning har choragida bo‘lingan holda to‘lash mexanizmi yaratilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda respublikada o‘z telekommunikasiya tarmog‘iga ega 5 ta mobil aloqa bazaviy operatori xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Radiochastota resursiga ega bo‘lmagan 1 ta virtual mobil aloqa operatori mavjud.
|
| |