49
Zaxiralarni barpo etish hamma vaqt xarajatlar bilan bog’liq.
Zaxiralarni barpo etish va ularni saqlab turish bilan bog’liq
bo’lgan asosiy xarajatlarni sanab o’taylik:
-to’xtatilgan moliya vositalari;
-maxsus uskunalar bilan jihozlangan binolarni saqlab turish uchun
xarajatlari;
-maxsus xodimlarning mehnatiga to’lanadigan ish haqi;
-doimiy ravishda isrofgarchilik, o’g’irlanish yuzasidan bo’ladigan
xavf-xatarlar.
Zaxiralarning mavjudligi bu xarajatlardir. Shu bilan birgalikda
zaxiralarning bo’lmasligi ham xarajatlar bo’lib, turli xilda
ifodalanadigan zararlardir. Zaxiralarning bo’lmasligi bilan bog’liq
bo’lgan asosiy zararlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
-ishlab chiqarishning to’xtaganligi sababli bo’ladigan zararlar;
-talab qilingan paytda tovarning omborda bo’lmasligi sababli
vujudga keladigan zararlar;
-kichik to’plamdagi tovarlarning ancha yuqori qiymatda sotib
olish yuzasidan vujudga kelgan zararlar.
Zaxiralarni sanab turish ma’lum darajadagi xarajatlar bilan
bog’liq bo’lganligiga qaramasdan, tadbirkorlar ularni barpo etishga
majburdirlar, chunki zaxiralarning bo’lmasligi
foydaning ko’proq
qismini yo’qotishga olib keladi.