Tairova m. M., Abdulloev a. J. Logistika




Download 1,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/102
Sana11.06.2024
Hajmi1,41 Mb.
#262530
TuriУчебное пособие
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102
Bog'liq
Buxdu

 
 
Taqrizchilar:
Rahmatullayeva F.M. – BuxDU Iqtisodiyot
kafedrasi dotsent, i.f.n. 
Hasanova G.Dj. –BMTI «Menejment» kafedrasi
 
dotsenti,
i.f.n.
 
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim 
vazirligining 2019-yil 4-oktabrdagi №892-buyrug’iga asosan 
o’quv qo’llanma sifatida nashrga tavsiya etilgan. 
ISBN 978-9943-6194-6-3 



KIRISH 
Ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishida moddiy, 
moliyaviy va axborot resurslari oqimlarining ahamiyati katta. Ana shu 
moddiy, moliyaviy va axborot oqimlari logistika fanining obyekti 
bo’lib hisoblanadi. 
Logistika fani – moddiy, moliyaviy va axborot oqimlarini joriy 
manba’idan to iste’mol sohasigacha bo’lgan harakatini rejelashtirish
tashkil etish, boshqarish, optimallashtirish, nazorat qilish va 
muvofiqlashtirish to’g’risidagi fandir. Moddiy va unga taaluqli 
bo’lgan boshqa barcha oqimlarning ro’y berishi, harakati, miqdoriy va 
sifat o’zgarishlarini logistika nuqtai nazaridan mikro yoki makro 
darajada o’rganish, tadqiq qilish va boshqarish tizimli yondashishni 
talab qiladi. Bunda yuqorida ta’kidlangan jarayonlar bir butun va 
ma’lum maqsadga yo’naltirilgan tizimning o’zaro uzviy bog’langan 
elementlari deb qaraladi. Moddiy oqimlar ta’minot, ishlab chiqarish
taqsimot va iste’mol jarayonlarining turli bo’g’inlaridan o’tganda 
turlicha miqdoriy, tarkibiy va sifat o’zgarishlari ro’y beradi. Logistika 
sohasidagi faoliyat ko’p qirralidir. Ularga tashish va, taqsimot 
jarayonlari, zahira va ombor xo’jaliklarini boshqarish, axborot 
tizimini tashkil qilish, tijorat va moliyaviy faoliyatlarni boshqarish 
kabilar kiradi. 
Logistikaning asosiy maqsadi ta’minot tizimidagi moddiy 
resurslarni optimallashtirish, ishlab chiqarish bo’g’inlarining xom 
ashyo, materiallar, detallar, yarim tayyor mahsulotlarga bo’lgan 
talabini samarali qondirish va tayyor mahsulotni iste’molchilarga 
yetkazib berish uchun qilinadigan barcha harakatlarni hisobga olgan 
holda umumiy harajatlarni, kamaytirishdan iboratdir. 
Logistikaing qo’llanilishi natijasida xom ashyo va tovar 
zahiralari minimallashadi, yetkazib beruvchilar va zahiralar optimal 
tarzda joylashadi, tovarlarning ishlab chiqarishdan iste’mol 
sohasigacha bo’lgan harakat vaqti qiqaradi, bularning barchasi esa 
pirovard natijada umumiy harajatlarning kamayishiga olib keladi. 
Ushbu qo`llanmadan o’qituvchilar, mustaqil izlanuvchilar, 
talabalar, tadbirkorlar va logistikaga qiziquvchilar foydalanishlari 
mumkin. 

Download 1,41 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102




Download 1,41 Mb.
Pdf ko'rish