Tajriba ishi-4 Diskli mineral o‘g‘itlash apparatini ekish meyoriga o‘rnatish. Ishning mazmuni




Download 92,07 Kb.
bet3/5
Sana11.01.2024
Hajmi92,07 Kb.
#134506
1   2   3   4   5
Bog'liq
T va KXM tajriba-4

Barmoqli o‘git sepish apparati. O’g‘itni majburiy sepuvchi barmoqli KMX-65 apparati (2.2-rasm) chigit seyalkalariga, chizellarga, kultivatorlarga o‘rnatib ishlatiladi. Bunker 1 ning silindrik qismida uchta vintsimon yo‘l 2 bor.
Apparatning asosi 4 ga biriktirilgan stoykalar 3 dagi qo‘zg‘almas boltlar 12 bunkerni ko‘tarib turadi; bunker shu boltlarga nisbatan aylanganda vertikal ko‘tariladi, natijada konus 5 ning pastki teshigi bilan tarelka 14 orasidagi tirqish, binobarin, o‘g‘it 8 ni sepish normasi xam o‘zgaradi.


2.1-rasm. Shtiftli-g‘altakli o‘g‘it sepish apparati: 1-suriluvchan qopqoq, 2-g‘altak; 3-val;
4-nov; 5-sozlovchi taglik; 6-o‘q.
Valik 10 dan xalqasimon shesternya 9 orqali aylantiriladigan tushirgich- barmoqlar 13 markaziy teshikdan tarelkaga tushgan o‘g‘itlarni sidirib tashqariga chiqaradi va aylana darcha 15 ga tashlaydi. Aylana darcha tarelka bilan xalqasimon shesternya 9 orasida xosil bo‘lib, uning tagiga voronkalar 11 o‘rnatilgan. Namligi 8...10% dan ortiq o‘g‘itlarni sepishda aylanuvchi markaziy stoyka 7 ga konussimon parrak 6 o‘rnatiladi. Parrak aylanib bunkerdagi o‘g‘itni pastga siljitadi, nam o‘g‘it bunker devoriga yopishib qolishiga yo‘l qo‘ymaydi, o‘g‘itlami sochiluvchan qilib, pastga tushishiga yordam beradi.
Traktorning yon KOVdan kelayotgan xarakat markaziy stoyka 7 orqali konussimon parrak 6 ni aylantiradi. Uning ta’sirida o‘g‘it konus 5 ning teshigi orqali barmoqlar 13 ga tushadi.
2.2-rasm. Barmoqli o‘g‘it sepish apparati: 1-bunker, 2-vintsimon yul, 3-stoykalar, 4-apparat asosi, 5-konus, 6-konussimon parrak, 7-markaziy stoyka, 5-o‘g‘it, 9-xalqasimon shesternya, 10-valik, 11-voronka, 12-qo‘zg‘almas boltlar, 13-barmoqlar, 14-tarelka, 15- aylana darcha
Barmoqlar aylanib, o‘g‘itni konusning pastki cheti bilan tarelka orasidagi aylanasimon tirqishdan siqib chiqaradi. Chiqqan o‘g‘it o‘g‘it o‘tkazgichlarga yo‘naltiriladi.

Download 92,07 Kb.
1   2   3   4   5




Download 92,07 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tajriba ishi-4 Diskli mineral o‘g‘itlash apparatini ekish meyoriga o‘rnatish. Ishning mazmuni

Download 92,07 Kb.