• Agrotexnik talablar
  • Shtiftli-g‘altakli o‘g‘it sepish apparati
  • Tajriba ishi-4 Diskli mineral o‘g‘itlash apparatini ekish meyoriga o‘rnatish. Ishning mazmuni




    Download 92,07 Kb.
    bet2/5
    Sana11.01.2024
    Hajmi92,07 Kb.
    #134506
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    T va KXM tajriba-4

    O’g‘itlash usullari. Yerga o‘g‘itlar ekishdan oddin (asosiy) ekish vaqtida, ekishdan keyin (oziqlantirishda) solinadi. Asosiy o‘g‘itlashda organik o‘g‘itning yillik me’yori to‘liq, mineral o‘g‘it yillik me’yorining yarmidan ortiqroq qismi dalaga sochilib, tuproqqa ishlov beradigan mashinalar (freza, plug, kultivator, tirma.va h.k.) yordamida 10...20 sm chuqurlikkacha tuproq bilan aralashtiriladi. Ish vaqtida esa o‘g‘it universal seyalka yordamida urug‘ bilan bir vaqtda, ammo keyinchalik nihol ildizi kuymasligi uchun urug‘larga nisbatan 5...10 sm chuqurroq yoki urug‘lardan yon tomonga 5... 10 sm surib solinadi.
    Agrotexnik talablar. Yerga solinayotgan mineral o‘g‘itning bir- biriga yopishib qolgan bo‘laklari 1....5 mm zarrachalarga aylantirib maydalangan bo‘lishi, namligi 15 % dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Mashinalar mineral o‘g‘itni 50... 1000 kg/ga, organik o‘g‘itni esa 5...60 t/ga sepib oladigan bo‘lishi kerak. Mashina o‘g‘itni tayinlangan chuqurlikka ko‘mishni (farqi yo15%) ta’minlashi kerak. Foydali elementlari parchalanmasligi uchun mineral o‘g‘it sepilganidan so‘ng 12 soat, organik o‘g‘it esa 2 soat ichida tuproqqa ko‘milishi lozim.
    Har qanday o‘g‘itlash mashinasiga qo‘yiladigan talablarning eng muhimi, maydonga tayinlangan miqdordagi o‘g‘it solinishini ta’minlashdir. Bu ishni mineral o‘g‘it sepish apparatlari bajaradi. Sepiladigan mineral o‘g‘it turiga qarab, apparatlar mexanik, pnevmatik va gidravlik turlarga bo‘linadi.
    Mexanik apparatlarning tarelkasimon, shtift (tish) li g‘altakli, diskli va transportyorli turlari keng tarqalgan. Ular oz ko‘lamdagi o‘g‘itlarni me’yorlab berish uchun qo‘llaniladi.
    Shtiftli-g‘altakli o‘g‘it sepish apparati (2.1-rasm) seyalkalarda ishlatiladi. Uning qutisini ichida g‘altak 2, uni aylantiradigan val 3, g‘altakning pastida taglik 5 o‘rnatilgan bodadi. Seyalkadagi hamma tagliklarni maxsus o‘q 6 yordamida birmuncha burib, taglik bilan g‘altak orasidagi tirqishni o‘zgartirish ko‘zda tutilgan. Bu tirqish kengligi granulalarning odchamlariga moslanib qo‘yiladi. O’g‘itlash miqdori g‘altakning aylanish tezligini va suriladigan qopqoq 1 yordamida g‘altakga o‘g‘it tushadigan darcha ko‘zini o‘zgartirish hisobiga sozlanadi. Ug‘itlash apparatning texnologik ish jarayoni quyidagi tartibda bajariladi. Qutidagi o‘g‘it darcha orqali g‘altakka o‘zi tushadi. Aylanayetgan g‘altak tishlari o‘g‘itni taglik bo‘ylab surib o‘g‘it o‘tqazgichga tushiradi.

    Download 92,07 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 92,07 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tajriba ishi-4 Diskli mineral o‘g‘itlash apparatini ekish meyoriga o‘rnatish. Ishning mazmuni

    Download 92,07 Kb.