|
Tajriba ishi
| bet | 3/3 | Sana | 06.02.2024 | Hajmi | 3,05 Mb. | | #152323 |
Bog'liq TAJRIBA ISHI oxirgiTishga surish ( Sz ,mm/tish) - deb freza bir tishga bajarilganda ishlov ,beriladigan tayyorlanma yoki freza mahkamlangan stolning surilish kattaligiga aytiladi.
Frezani bir aylanishga surish ( S0 , mm/ ayl) - deb freza bir marta aylanganda ishlov beriladigan tayyorlamaning yoki freza o'rnatilgan stolning surilish kattaligiga aytiladi. Bir aylanishga surish qiymati bir tishga surishning freza tishlari soniga kupaytisiga teng :
S0 = Sz • Z
Bir minutga surish ( Sm, mm/ min) - deb ishlov beriladigan tayyorlama o'rnatilgan stolning yoki frezaning bir minutdagi nisbiy surilishi kattaligiga aytiladi . Bunday surilish qiymati frezani bir aylanishga surishning freza aylanish chastotasi kupaytmasi teng:
Sm, = S0 • n = Sz• Z n.
. Frezalash chuqurligi - ishlov beriladigan yuzalar orasidagi masofa Frezalash eni - bir o'tishda ishlov berilgan yuza eni.
Odatda, frezalash chuqurligini t , frezalash enini B harfi bilan belgilash qabul qilingan.
Ishni bajarish rejasi:
1. Paz va tekis yuzalarga ishlov berish usullari bilan tanishib chiqish.
2. Frezalarning konstruktsiyasi o'rganib chiqish.
3. Frezalash dastgohida frezalar yordamida paz va tekis yuzalariga ishlov berish va kesish jarayonini elementlarini o'rganish.
4. Hisobot yozish.
Ishni bajarish tartibi:
1. Tajriba ishini bajarish uchun o'qituvchidan detalning texnik chizmasi olinadi.
2. Detalning texnik chizmasi tahlil qilinadi:
2.1. Detalning nomi,detalning xizmat vazifasi,,materiali va belgilanishi.
2.2. Detalning texnik chizmadasida qo'ilgan texnik shartlari.
2.3. Paz va tekis yuzalariga ishlov berish marshrutini va quyimlarini tanlash
2.4. Kesish va o'lchash asboblarini tanlash.
3. Paz va tekis yuzalarga dastgohini ishlash uchun sozlanadi (detal moslamaga o'rnatiladi).
4. Frezalash dastgohida detalga ishlov beriladi.
5. Kesish jarayonining elementlari o'rganiladi va u sxema orqali ifodalanadi..
Savollar:
1.Qirqish jarayoni uchun qanday harakatlar bo'lishi kerak ?
2. . Frezalarda qanday yuzalar va kesuvchi qirralar bor ?
Hisobot yozish tartibi:
1. Tajriba ishining sanasi,nomi,maksadi, Tajriba ishida qo`llanidadigan jihoz,moslama,asboblar.
4. Savollarga yozma ravishda javob.
5. Ishlatilgan frezalarning konstruktsiyasini eskizini chizing va o`lchamlarini keltiriladi.
6. Kesish jarayonining elementlarini sxema orqali ifodalaning
7. Foydalangan adabiyotlarni yozing.
|
| |