-BOB. Talab va taklif umumiy tushunchasi




Download 1,34 Mb.
bet2/5
Sana23.06.2024
Hajmi1,34 Mb.
#265275
1   2   3   4   5
Bog'liq
1. Xaydarov E. Talab va taklifning o’zaro bog’liqligi. Bozor muvozanati va unin

1-BOB. Talab va taklif umumiy tushunchasi.
Narx va sotib olinadigan tovar miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlik.
1-jadval

Bir kg un narxi (sum)

1 oy davomida unga bulgan yakka talab mikdori (kg)

1 oy davomida unga bulgan bozor talabi mikdori (t)

350
300
250
200
150

10
20
30
50
60

1,0
2,0
3,0
5,0
6,0

Jadval ma'lumotlari tovar narxining pasayishi sotib olinadigan tovar miqdorining o‘sishiga va aksincha, narxning o‘sishi talab miqdorining kamayishiga olib kelishini ko‘rsatadi. Mahsulot narxi va sotib olinadigan tovar miqdori o‘zgarishi o‘rtasida bo‘ladigan teskari ѐki qarama-qarshi bog‘liqlik talab qonuni deyiladi. Tovar narxi va uning xarid qilinadigan miqdori (talabning) o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikni oddiy ikki o‘lchamli grafikda ham tasvirlash mumkin: ѐtiq chiziq talab miqdorini, tik chiziq narxni ko‘rsatadi


P

D
1,0 2,0 3,0 4,0 5,0 6,0 Q




1-chizma. Talab egri chizig‘i

Grafikdagi DD chiziq narx va talab hajmi o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikni tasviriy aks ettiradi. Grafikdagi har bir nuqta tovarning aniq narxi va iste'molchi shu narxda sotib olishi mumkin bo‘lgan tovar miqdorini ko‘rsatadi. Narx va talab hajmining o‘zgarishi o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikni ko‘rsatuvchi bu chiziq talab egri chizig‘i deyiladi. Talab miqdoriga narxdan tashqari ta'sir qiluvchi omillar. Talab hajmining o‘zgarishi faqat tovar narxiga emas, balki boshqa bir qator omillarga ham bog‘liq bo‘ladi. Bu omillar talabning narxdan tashqari omillari deyiladi.


Talabga narxdan tashqari quyidagi asosiy omillar ta'sir ko‘rsatadi:
1) iste'molchining didi;
2) bozordagi iste'molchilar soni;
3) iste'molchining daromadlari;
4) bir-biriga bog‘liq tovarlarning narxi;
5) kelajakda narx va daromadlarning o‘zgarishi ehtimoli.
Bu omillarning o‘zgarishi talab hajmining o‘zgarishiga qanday ta'sir ko‘rsatishini qarab chiqamiz.
1. Biror mahsulotga iste'molchi dididagi ijobiy o‘zgarish ro‘y bersa, narxning tegishli darajasida unga bo‘lgan talab ortadi. Iste'molchi didiga salbiy ta'sir ko‘rsatadigan holatlar talabning qisqarishiga olib keladi.
2. O‘z-o‘zidan aniqki, bozorda iste'molchilar soni ko‘paysa, talab ortadi, iste'molchilarning soni kamaysa, talab qisqaradi. Masalan, aloqa vositalarining takomillashuvi xalqaro moliyaviy bozor doirasini, undagi qimmatli qog‘ozlarning oldi-sotdi jaraѐnlarida ishtirok etuvchilar sonini mislsiz kengaytiradi hamda aksiya va obligatsiya kabi moliyaviy aktivlarga bo‘lgan talabning o‘sishiga olib keladi. Tug‘ilish darajasining pasayishi bolalar bog‘chasi va maktabga bo‘lgan talabni kamaytiradi. Pul daromadi o‘zgarishining talab hajmiga ta'siri boshqa omillarga qaraganda ancha murakkab. Pul daromadining ortishi juda ko‘p tovarlarga talabni nisbatan oshiradi, daromadning kamayishi esa bunday tovarlarga talabni kamaytiradi. Daromad oshsa, uning o‘sishiga qarab iste'molchilar aksariyat hollarda narxi yuqori bo‘lsada, ko‘proq sifatli tovarlarni xarid qilishga harakat qilishadi. Bunda ular non, kartoshka, karam kabi mahsulotlarni kamroq sotib olishlari mumkin. Chunki ortiqcha daromad ularga ancha yuqori oqsil tarkibiga ega bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, masalan, go‘sht va sut mahsulotlari xarid qilish imkonini beradi. Daromadning o‘zgarishi bilan talab miqdori to‘g‘ri bog‘liqlikda o‘zgaradigan tovarlar oliy toifali tovarlar deyiladi. Daromadlar o‘zgarishi bilan talab miqdori teskari bog‘liqlikda o‘zgaradigan tovarlar past toifali tovarlar deyiladi. Iste'molchilar daromadi va ular tomonidan sotib olinadigan tovarlar miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlik nemis iqtisodchisi va statisti Ernst Engel (1821-1896) tomonidan chuqur tadqiq etilgan. Shunga ko‘ra, iste'molchi daromadi bilan u tomonidan sotib olinishi mumkin bo‘lgan tovarlar miqdori o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik Engel qonuni deyiladi. Bu qonnunning amal qilishini Engel egri chizig‘i orqali ifodalash mumkin (2-chizma). Oliy toifali ѐki normal tovarlar uchun Engel egri chizig‘i o‘suvchan ko‘rinishida bo‘ladi. Haqiqatan ham, aholi daromadlari o‘sib borishi bilan bu turdagi tovarlar ko‘proq xarid qilinadi. Past toifali tovarlar uchun Engel egri chizig‘i pasayuvchan ko‘rinishda bo‘lib, daromadlar oshib borishi bilan iste'molchilar ularni kamroq miqdorda sotib oladilar. Agar tovarning iste'moli daromad darajasiga bog‘liq bo‘lmasa, u holda Engel egri chizig‘i tik holda bo‘ladi. Chizmadan ko‘rinadiki, iste'molchining bir oylik daromadi 10 ming so‘mdan 20 ming so‘mga oshganda, u sotib olgan mahsulot miqdori 1 donadan 2 donaga, 20 ming so‘mdan 30 ming so‘mga oshganda 2 donadan 4 donaga oshmoqda. Daromadlarning keyingi o‘sishi bilan tovarlar sotib olish hajmining o‘sishi sekinlamoqda: 30 ming so‘mdan 40 ming so‘mgacha – 4 donadan 6 donagacha, 40 ming so‘mdan 50 ming so‘mgacha – 6 donadan 7 donagacha. Daromadning bundan yuqori darajalarida esa sotib olish hajmining o‘sishi butunlay to‘xtagan (daromadning 60 ming so‘m va undan yuqori darajalarida mazkur tovarning 7 donasi sotib olinmoqda)

100
90
80
70
60
50
40
30
20
10
0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 Tovar miqdori,dona.
2-chizma. Engel egri chizig‘i.

Engel egri chizig‘i iste'molchilar pul daromadlari o‘zgarishining talabga qanday ta'sir qilishi to‘g‘risida axborot beradi. Bu axborot tovar ishlab chiqaruvchilar uchun o‘z tovarlarining mumkin bo‘lgan sotish hajmi va bozorkon'yunkturasini baholashda muhim ahamiyat kasb etadi. 3.O‘zaro bog‘liq tovarlar narxi o‘zgarishining talabga ta'sirini o‘rganishda ularni ikki guruhga ajratish maqsadga muvofiq bo‘ladi:


1) o‘zaro bir-birini almashtiruvchi yoki o‘rinbosar tovarlar;
2) o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi tovarlar.O‘zaro bir-birini almashtiruvchi tovarlardan birining narxini o‘zgarishi bilan boshqasiga bo‘lgan talabning o‘zgarishi to‘g‘ri bog‘liqlikda bo‘ladi. Masalan, sariyog‘ narxining oshishi margaringa bo‘lgan talabning ortishiga olib keladi. Sariyog‘ narxining pasayishi esa margaringa bo‘lgan talabni kamaytiradi. O‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi tovarlardan birining narxini o‘zgarishi bilan boshqasiga bo‘lgan talabning o‘zgarishi teskari bog‘liqlikda bo‘ladi. Masalan, agar avtomobilning narxi oshsa, benzinga bo‘lgan talab qisqaradi. Aksincha, avtomobilning narxi tushsa, benzinga bo‘lgan talab oshadi. 5. Kelgusida iste'molchi daromadlari, tovar narxi o‘zgarishining kutilishi va tovarlar miqdorining yetarli bo‘lishi ѐki bo‘lmasligi kabi omillar talab hajmini o‘zgartirishi mumkin. Kelgusida narxning nisbatan oshishining kutilishi, iste'molchi joriy talabining oshishiga olib keladi. Aksincha, narxning pasayishi va daromadning ko‘payishining kutilishi tovarlarga bo‘lgan joriy talab hajmining qisqarishiga sabab bo‘ladi. Ma'lum vaqt oralig‘idagi narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqaruvchi ѐki sotuvchilar tomonidan ma'lum turdagi tovar va xizmatlarning bozorga chiqarilgan miqdori taklif deyiladi. Narx o‘zgarishi bilan sotishga chiqariladigan mahsulot miqdori ham o‘zgarishi sababli talab kabi taklifning ham bir qator muqobil variantlari mavjud bo‘ladi. Alohida ishlab chiqaruvchi hamda bozor taklifini ifodalovchi misol 5-jadvalda ko‘rsatilgan.Taklif narxlarning turli darajasida qancha miqdordagi mahsulotning sotishga chiqarilishini ko‘rsatadi.Narxning oshishi bilan shunga mos ravishda sotishga chiqariladigan tovarlar taklifi miqdori ham ortadi, narxning tushishi bilan taklif hajmi qisqaradi. Narxning o‘zgarishi bilan taklif etilaѐtgan tovar miqdorining to‘g‘ri bog‘liqlikdagi o‘zgarishi taklif qonuni deyiladi

Download 1,34 Mb.
1   2   3   4   5




Download 1,34 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-BOB. Talab va taklif umumiy tushunchasi

Download 1,34 Mb.