• II-BOB. Talab va uning umumiy manbalari.
  • Talab va taklifning o’zgaruvchanligi hamda uning tarmoqlari. Reja




    Download 1,34 Mb.
    bet4/5
    Sana23.06.2024
    Hajmi1,34 Mb.
    #265275
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    1. Xaydarov E. Talab va taklifning o’zaro bog’liqligi. Bozor muvozanati va unin

    3-rasm. O’zbekistonda 2013 yilda narxlar o’zgarishining inflatsiya ta’siri, foizi.
    Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, o‘tgan yilda mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash borasidagi muhim choratadbirlarning izchil amalga oshirilishi natijasida iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi mutanosiblik kuchayib, iqtisodiѐtimiz modernizatsiya va diversifikatsiya hisobidan yuqori sur'atlar bilan rivojlanishiga erishildi.

    2013 yilda pul-kredit sohasidagi vaziyat va monetar siѐsatning 2014 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari. - http://www.cbu.uz – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy sayti.

    Birinchidan, bozor iqtisodiѐtining amal qilishida talab va taklif qonunlari muhim o‘rin tutadi. Talab va taklif narxni shakllantiradi, shu bilan birga narx talab va taklif o‘rtasidagi nisbatni aniqlab beradi.
    Ikkinchidan, talab – bu pul bilan ta'minlangan ehtiyojdir. Ehtiѐj zarur miqdordagi pul bilan ta'minlanmasa, u «xohish», «istak» bo‘lib qolaveradi.
    Uchinchidan, talabga narxdan tashqari quyidagi asosiy omillar ta'sirko‘rsatadi: iste'molchining didi; bozordagi iste'molchilar soni; iste'molchining daromadlari; bir-biriga bog‘liq tovarlarning narxi; kelajakda narx va daromadlarning o‘zgarishi ehtimoli.
    To‘rtinchidan, narxning oshishi bilan shunga mos ravishda sotishga chiqariladigan tovarlar taklifi miqdori ham ortadi, narxning tushishi bilan taklif hajmi qisqaradi.
    Beshinchidan, taklifga ta'sir qiluvchi omillar quyidagilardan iborat: resurslarning narxi, ishlab chiqarish texnologiyasi, soliqlar va subsidiyalar darajasi, boshqa tovar narxi, narx o‘zgarishining kutilishi, ishlab chiqaruvchilar (sotuvchilar) soni.
    Oltinchidan, talab va taklif o‘rtasida muvozanat yuzaga kelsa, bozor muvozanati ta'minlanadi va bu holat sotuvchi va iste'molchini qanoatlantiradi.

    II-BOB. Talab va uning umumiy manbalari.

    «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning ikkinchi sifat bosqichi amalga oshirilaѐtgan hozirgi tub o‘zgarishlar davrida oliy ta'limda chuqur izlanishlar, islohatlar, ilg‘or texnologiyalardan foydalanish hamda bu sohalarda tadqiqotlar keng ko‘lamda olib borilmoqda. O‘qitish jarayonida ta'lim sifatini oshirishda darslarni savol javob tarzida o‘tkazish, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish, yuqori ilmiy pedagogik saviyada darsni tashkil etish, muammoli ma'ruzalar o‘qish, mustaqil ishlashga, ijodiy fikrlashga, ilmiy izlanishga jalb etish kabi tadbirlar alohida o‘rinni egallaydi.


    Tarvuzga bo‘lgan talab 100 dona bo‘lganda har bir tarvuz narxi 21 so‘mni tashkil qiladi. 160 dona bo‘lganda bir dona tarvuz 19 so‘m bo‘lsin. Yoysimon elastiklik koeffitsientini hisoblang?


    2. Kalishga bo‘lgan talab 150 dona bo‘lganda, har bir poy kalish narxi 40 so‘mni tashkil qilsin, talab 250 dona bo‘lganda bir poy kalish narxi 37 so‘m bo‘lsin. Yoysimon elastik koeffitsientini hisoblang?


    3. Talab va taklifning narxga bog‘liqligi. Mazkur mavzuni tushuintirish davomida quyidagi ko‘rgazmali materiallardan, Klaster texnologiyasidan foydalanildi:


    Talabning turkumlanishi.

    Narx va sotib olinadigan tovar miqdori o’rtasidagi bog’liqlik.


    5-jadval.




    6-chizma. Talab egri chizig’i.


    7-chizma. Taklif egri chizig’i.


    8-chizma. Muvozanatli narx.

    Klaster misoli.

    “Talab va taklif nazariyasi. Bozor muvozanati” mavzusidan mashg’ulotni tashkil etishdan oldin talabalarning o’zlashtirish ko’rsatkichlari



    6-jadval

    Jadval ma'lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, tajriba sinov guruhidagi talabalardan barcha savolga olingan javoblar yuqori - 20 %, o‘rta 16 %, quyi 64% bo‘lgan bo‘lsa, nazorat guruhida yuqori 24 %, o‘rta 12 %, quyi 64 % ni tashkil etgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, tajriba sinov guruhidagi ma'ruza mashg‘ulotida olingan javoblar nazorat guruhidagi ma'ruza mashg‘ulotida olingan javoblarga nisbatan deyarli bir xil. Endi “Talab va taklif. Bozor muvozanati” mavzusini aniqlashtirilgan differensial texnologiya asosida dars o‘tilgandan so‘ng olingan natijalarni quyidagi 7-jadvalda keltiramiz.


    “Talab va taklif. Bozor muvozanati” mavzusini aniqlashtirilgan texnologiya asosida dars o’tilgandan so’ng olingan natijalar.


    7-jadval.

    Jadval ma'lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, tajriba sinov guruhidagi talabalardan har uchchala savolga olingan javoblar yuqori 60 %, o‘rta 32 %, quyi 8 % bo‘lgan bo‘lsa, nazorat guruhida yuqori 48 %, o‘rta 32 %, quyi 20 % ni tashkil etgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, tajriba sinov guruhidagi ma'ruza mashg‘ulotida olingan javoblar nazorat guruhidagi ma'ruza mashg‘ulotida olingan javoblarga nisbatan yuqori.



    Xulosa
    Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” o‘zining bir qator ustivor xususiyatlari va afzalliklari bilan iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoiti talablariga javob beradigan zamonaviy yuqori malakali iqtisodchi mutaxassislarni tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Dasturda ko‘zda tutilgan tadbirlarning barchasi to‘laligicha amalga oshirilib bo‘linsada, u holda mamlakatimiz mavqeyini nafaqat mintaqada, balki butun dunyo hamjamiyatida ko‘tarilishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shaligan yetuk malakali mutaxassislar, shu jumladan iqtisodchi va iqtisodchi o‘qituvchi mutaxassislar yetishib chiqadi. Biroq, hozirgi kunda, yuqori malakali iqtisodchi mutaxassislarni tayyorlash tizimida bir qator muammo va kamchiliklar mavjud bo‘lib, ular bevosita tizimni zamon talablari darajasida rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda. Bular quyida o‘z ifodasini topgan:
    Birinchidan, mutaxassislar tayѐrlash tizimi yuqori malakali professor o‘qituvchilar bilan yetarli darajada ta'minlanmagan.
    Ikkinchidan, ta'lim sohasi ko‘proq nazariylashib ketmoqda, ya'ni kadrlar tayѐrlash milliy modelida nazarda tutilgan fan va ishlab chiqarish o‘rtasida bog‘liqlik mustahkam emas.
    Uchinchidan, ta'lim sohasi yetarli axborot texnologiyalari bilan qurollanmagan, ya'ni ta'minlanmagan.
    To‘rtinchidan, davlat tilidagi o‘quv uslubiy majmualar yetarli hajmda emas.
    Beshinchidan, mutaxassislarni tayѐrlashda ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanish hollari sust amalga oshirilmoqda.
    Oltinchidan, iqtisodiy ta'limda innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish muammolari mavjud.
    Yettinchidan, mutaxassis tayѐrdashda xalqaro hamkorlik ishlari talab darajasida emas. Bu kabi muammolarni hal etilishi bevosita mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun mutaxassislar tayyorlash uchun katta imkoniyat yaratadi.

    Download 1,34 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 1,34 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Talab va taklifning o’zgaruvchanligi hamda uning tarmoqlari. Reja

    Download 1,34 Mb.