Ma’nosi bir so’zga teng keladigan ikki va undan ortiq so’zlar yigindisi ko’chma ma’noda kelsa ibora deyiladi .
Iboralar gap tarkibida yaxlit holda bitta so’roqqa javob bo’ladi va bitta gap
bo’lagi vazifasida keladi. Iboralar nutqni jozibali va ta’sirchan, badiiy ko’rsatadi.
Masalan: qulog’i dihg bo’lmoq-hushyor bo’lmoq, qovog’idan qor yog’du-xafa bo’ldi, qildan qiyiq axtarib-ayb qidirib va hokazo Iboralar tilshunoslikda frazemalar, ularni o’rganadigan soha Frazeologiya
deb ataladi. Iboralar o’zaro sinonim,omonimm,antonym ham bo’la oladi.
Masalan: Boshi osmonga yetdi, do’ppisini osmonga otdi o’zaro sinonim ;
ko’kka ko’tarmoq-yerga urmoq; bular o’zaro antonym iboralardir, Ana shu o’rinda
«Aqliy hujum» metodi asosida Tepa sochi tikka bo’ldi, ilonning yog’ini yalagan, oyog’i tortmadi, yulduzni benarvon uradi kabi iboralarning ma’nolarini aytish,
ularga sinonim va antonim iboralarni topish topshiriladi. Javoblar umumlashtirilib
nazariy ma’lumotlar btriladi.
Ibоrа mа’nо vа grаmmаtik jihаtdаn mа’lum bir so’z turkumigа mоs
kеlаdi, shuning uchun hаm u bir butun hоldа mа’lum bir so’rоqqа jаvоb bo’lаdi vа
gаpdа mа’lum bir gаp bo’lаgi vаzifаsini bаjаrаdi. Mаsаlаn, Hаmmа ishlаridаn
ko’ngli to’q bo’lgаnidаn (to’ldiriuvchi) ikki kun ko’z оchib yumgunchа o’tib kеtdi.
Gаp qаytаrishgа (to’ldiruvchi) o’zingiz mаjbur qildingiz. (S.Z). Nеgа Nur
erkаklаr ishigа burnini tiqаdi (kеsim). (P.T).
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash: Sinf o’quvchilari 3 guruhga bulinadi.
Bular (Madaniyat, Ma’rifat,Ma’naviyat).
Iboralar ishtirokida zig-zag tarzida savol-javob o’tkaziladi. Javoblar o’qituvchi
tomonidan ramziy rag’bat kartochkalari bilan taqdirlab boriladi. Sungra 3 guruhga
test savollari tarqatiladi. Javoblarga qarab g’olib aniqlanadi va e’lon qilinadi.