Talaba portfoliosini yaratish texnologiyasi




Download 472.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana25.09.2023
Hajmi472.66 Kb.
#84261
1   2   3   4
Bog'liq
1344-Текст статьи-3506-1-10-20221014
5-mustaqil ish ts, Konferentsiya tezislari qanday yoziladi, Saypnazarova Tektonik háreketler
Образование и инновационные исследования (2022 год №5)
ISSN 2181-1717 (E)
221
http://interscience.uz
“Ishlar portfoliosi” quyidagi to’rtta bo’limdan tarkib topadi:
1. “Mening qiyofam” (talabaning shaxsiga oid ma’lumotlar talabaning rasmi
esse, anketa, tavsifnomalar asosida beriladi; unda quyidagi lavhalar mavjud: 
“Mening anketam”; “Tanishing – bu men!”; “Mening o’ylarim”; - “Men va mening 
qiziqishlarim”.).
2. Portfolio-kollektor (talaba tomonidan mutaxassislik fanlari bo’yicha 
to’plagan materiallar (adabiyotlar ro’yxati, chizma, jadval va rasmlar, maqolalarning 
kseronushalari, kursdoshlarining ijodiy ishlari) o’rin oladi; bo’lim quyidagi lavhalardan 
iborat bo’lishi mumkin: “Ish stoli”; “Bu qiziq”; “Kursdoshlarim ijodidan”; portfolio-
kollektor uncha katta bo’lmagan o’ziga xos arxiv sanaladi).
3. Ish materiallari (talabaning o’zi tomonidan yaratilgan, tizimlashtirilgan barcha 
materiallar kiritiladi; bo’limning lavhalari quyidagicha bo’lishi mumkin: “Yozma 
ishlar”, “Ijodiy ishlar”, “Tadqiqot tajribalari”, “Amaliyot ishlanmalari”).
4. Shaxsiy yutuqlar (talabaning yarim, bir o’quv yili yoki yaxlit ta’lim davrida 
erishgan yutuqlari, qo’lga kiritgan natijalari aks etadi; unda quyidagi lavhalar bo’lishi 
mumkin: “Mening bunyodkor g’oyam”; “Mening ta’lim borasidagi tashabbuslarim”). 
[5]
Talabalarning o’quv portfoliosini yaratishga qaratilgan amaliy harakat bir necha 
bosqichda tashkil etiladi. Ya’ni (2-rasm):
2-rasm. Talabalar o’quv portfoliosini yaratish bosqichlari
Bunday “portfolio”ni an’anaviy usulda yoki elektron shaklda ta’lim muassasasi 
saytida, oddiy Word formatida yaratish mumkin. Ushbu papkaga muallif uchun ruxsat 
beriladi. Talaba o’z xohishiga ko’ra yoki o’qituvchi topshirig’i asosida o’zining turli 
ijodiy sohalardagi mustaqil ishlarini ma’lum ketma-ketlik asosida o’z portfoliosiga 
joylashtiradi. Materiallar bir semestr bo’yicha, o’quv yili bo’yicha yoki butun o’quv 
yillari bo’yicha olinishi mumkin. 
3-rasm. Talaba “portfolio”siga kirish. [6]


Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2022 йил № 5)
ISSN 2181-1709 (P)
222
Education and innovative research 2022 y. №5
“Portfolio” yoki undagi alohida ishlar talaba tomonidan oldindan izohlanadi
ya’ni nima uchun u aynan ushbu faoliyat turini tanladi, bu faoliyat turi bo’yicha u 
qanday natijalarga erishdi yoki erisha olmadi, o’qituvchining ushbu ish bo’yicha 
bergan bahosidan rozi yoki yo’qligi, ushbu ish natijalari bo’yicha qanday xulosalarga 
ega.
Belgilangan vaqt o’tgach (semestr yoki o’quv yili) yoki aniq hajmdagi ishlar 
tugagach, talabaning xohishi bilan ushbu dastur yoki loyiha bo’yicha talaba o’z 
portfoliosini taqdimot qilishi mumkin. Dastlab taqdimotni kichik guruhda, keyin esa 
katta auditoriyada tashkil etish lozim. Agar “portfolio” elektron shaklda yaratilgan 
bo’lsa, talaba o’z hamkorlarini (talabalarni) yoki o’qituvchini o’z parolini oshkor 
qilib, ushbu “portfolio” sahifalariga kirishiga ruxsat beradi va taqdimot tugagach 
parolni o’zgartiradi. Talaba faoliyatini, ya’ni “portfolio” mazmunini baholash uchun 
o’qituvchi maxsus ekspertlar belgilaydi. Materiallarni mashg’ulot davrida muhokama 
qilish mumkin. Agar buning uchun alohida vaqt, o’quv soati ajratilmagan bo’lsa 
off-line telekonferentsiya rejimida yoki darsdan tashqari vaqtda ta’lim muassasi 
sayti forumida amalga oshirish mumkin. Bunday forumda talaba o’zi tanlagan yoki 
o’qituvchi tomonidan taklif etilgan bilim sohasi bo’yicha butun kuchini berganligini, 
uning o’z faoliyatiga bergan bahosi o’qituvchi va ekspetlar guruhi tomonidan berilgan 
bahoga mos yoki mos emasligini isbotlashi zarur. U baholarni qaysi jihatdan to’g’ri 
yoki noto’g’ri ekanligini ko’rsatishi va o’zining kelajakdagi ushbu bilim sohasidagi 
ijodiy faoliyati rejalari bilan xulosalashi lozim.
Xulosa va takliflar. Xulosa qilib aytganda, talaba biror fan bo’yicha o’z yutuqlarini 
nazorat qilib borishni maqsad qilib olsa, u ushbu fan bo’yicha muhim deb hisoblagan 
bilimlarini tizimiy ravishda “portfolio”ga joylashtirib boradi. Uning vazifasi-
ushbu ishlarni diqqat bilan tahlil qilib borish, kerakli o’zgartirishlar kiritish, unga 
tushuntirishlar berish, o’z-o’zini baholash bo’yicha qisqa hisobot tayyorlash, ya’ni 
ushbu bilim sohasi bo’yicha u nimalarni o’zlashtirdi, nimalarni o’zlashtira olmadi 
yoki tushunmadi, kelajakda nimalarga e’tibor qaratishi lozim. Shuningdek, u bu yerda 
o’z bilimlariga o’qituvchi, ekspertlar va ota-onasi tomonidan qo’ygan baholarga ham 
fikrini bildirishi mumkin. 
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 824-sonli Qarori / Qonun hujjatlari 
ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/824/1689-son.
2. Shoymardonov T.T. va boshq. Elektron pedagogika va pedagogning shaxsiy, 
kasbiy axborot maydonini loyihalash. O’quv-uslubiy majmua. –T.: 2016. 165-bet. 
3. Shoymardonov T.T. va boshq. Elektron pedagogika va pedagogning shaxsiy, 
kasbiy axborot maydonini loyihalash. O’quv-uslubiy majmua. –T.: 2016. 165-bet. 
4. Shoyimova Sh.S. va boshq. Ta’lim texnologiyalari. Darslik. – T.: IJODPRINT, 
2020. 310-bet.
5. Musaeva S. Portfolioning maqsad va mohiyati / Pedagogik ta’lim j. – T.: 2013, 
1-son. – 20-b.
6. https://tfi.uz/uz-Latn. 

Download 472.66 Kb.
1   2   3   4




Download 472.66 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Talaba portfoliosini yaratish texnologiyasi

Download 472.66 Kb.
Pdf ko'rish