Talaba portfoliosini yaratish texnologiyasi




Download 472.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana25.09.2023
Hajmi472.66 Kb.
#84261
1   2   3   4
Bog'liq
1344-Текст статьи-3506-1-10-20221014
5-mustaqil ish ts, Konferentsiya tezislari qanday yoziladi, Saypnazarova Tektonik háreketler
Kirish. Mustaqil taraqqiyot yo’lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz 
ta’lim tizimini isloh qilish, axborot texnologiyalarini joriy etish va ta’lim 
samaradorligini oshirish bo’yicha keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Zamonaviy 
sharoitda ta’lim jarayonini tashkil etishda, talabalarning o’quv faoliyatlarini nazorat 
qilishda innovatsion xarakterga ega vositalardan foydalanilmoqda. Ayni o’rinda ana 
shunday vositalardan biri talaba portfoliosi hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi 
“Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog’liq tizimni 
takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 824-son qarori 1-ilovasi “Oliy ta’lim 
muassasalarida o’quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to’g‘risida”gi 
Nizomning 6-bob “Baholash, baholarni konvertatsiya qilish” 31-bandida “Baholash 
usullari fan yoki modul doirasidagi talabaning yutuqlarini aks ettiruvchi va tasdiqlovchi 
yozma, og‘zaki, amaliy ish, loyiha, portfolio va nazoratlar kabi turlarni o’z ichiga 
qamrab oladi. Baholash mezoni ta’lim olish natijasiga erishilganligini aks ettirishi 
shart” deb qayd etilgan. [1] Ushbu qaror ijrosini ta’minlash yuzasidan respublikamiz 
oliy ta’lim muassasalarida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Baholash usullari 


Образование и инновационные исследования (2022 год №5)
ISSN 2181-1717 (E)
219
http://interscience.uz
tarkibida talaba portfoliosi bo’lishi bugungi axborot texnologiyalari rivojlangan 
davrda muhim ahamiyat kasb etadi. Talaba portfoliosini yaratish va undan unumli 
foydalanish hozirgi kundagi dolzarb va muammoli masala bo’lib kelmoqda.
Adabitolar sharhi. Portfolioni ta’lim sohasida qo’llash g’oyasi, 80-yillarning 
o’rtalarida AQShda paydo bo’ldi. AQSh va Kanadadan so’ng, portfolio g’oyasi 
Evropa va Yaponiyada ommalashdi, XXI asrning boshlarida esa bu g’oya Rossiyada 
keng tarqaldi va hozirgi kunda bu g’oya O’zbekistonda ham keng yoyilmoqda.
Portfolio (ingl. – portfel, zarur ishlar va hujjatlar uchun papka. frans. – bayon 
qilmoq, ifoda etmoq, tashimoq. ital. – hujjatlar solingan papka) – bu hujjatlar, ish 
namunalari, fotosuratlar, taqdim etilayotgan imkoniyatlarni tasavvur eta olish 
imkoniyatini beruvchi materiallar, mutaxassis xizmatlari to’plamidan iborat. [3] 
Texnologiya so’zi (yunon. “texno” – san’at, mahorat, malaka, “logos” – fan, 
ta’limot, tushuncha, fikr, ma’no) so’zi ishlab chiqarishda yangi sifat va miqdor 
o’zgarishlariga olib keluvchi samarali usullar yig’indisi, tizim ma’nosida qo’llaniladi. 
[3]
Talabaning oliy o’quv yurtidagi barcha turdagi faoliyatlarini nazorat qilish va 
baholashning innovatsion texnologiyalaridan biri sifatida “Talaba portfoliosi” etakchi 
o’rin egallaydi. Ushbu texnologiya ayniqsa rivojlangan g’arb davlatlari oliy ta’lim 
tizimida keyingi yillarda keng qo’llanilmoqda. Rossiyada esa 2003 yildan e’tiboran 
ta’lim tizimining barcha bosqichlarida, jumladan boshlang’ich ta’lim, umumiy o’rta 
ta’lim, kasbiy ta’lim va oliy ta’limda joriy etilgan. 
Bugungi kunda xorijiy mamlakatlar tajribasida keng qo’llanilayotgan nazorat 
vositasi bo’lgan o’quv portfoliosi quyidagi imkoniyatlarga egaligiga ko’ra amaliy 
ahamiyat kasb etadi: 
 ko’p funktsiyalilik va o’zining shaxsiy muvafaqqiyatini baholash;
 individual muvafaqqiyatlar monitoringini amalga oshirish;
 imtihonni tashkil etish;
 ta’lim natijalarini xolis belgilash;
 ta’limiy muvafaqqiyatlar hamda qo’shimcha natijalarni aniq ko’ra olish;
 talabaning mavjud imkoniyat va qobiliyatlarini, uning kuchli va kuchsiz 
tomonlarini ko’ra olish, shaxsiy, kasbiy hamda ijodiy salohiyatiga etarlicha baho 
berish.
Mohiyatiga ko’ra talabalarning o’quv portfoliolari bir necha turga bo’linadi. Ular 
(1-rasm):
1-rasm. Talabalar o’quv portfoliolarining asosiy turlari.



Download 472.66 Kb.
1   2   3   4




Download 472.66 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Talaba portfoliosini yaratish texnologiyasi

Download 472.66 Kb.
Pdf ko'rish