• II. Olimpiadaning maqsad va vazifalari
  • III. Olimpiadani o‘tkazish muddati va tartibi
  • IV. Olimpiadani boshqarish
  • V. Hakamlar hay’ati, Adolat komissiyasi va Mandat komissiyasining vazifalari
  • VI. Olimpiadaning I bosqichini tashkil etish va o‘tkazish tartibi
  • VII. Olimpiadaning II bosqichini tashkil etish va o‘tkazish
  • VIII. Olimpiada g‘oliblarini aniqlash
  • IX. Olimpiadani yakunlash tartibi
  • X. Olimpiada g‘oliblarini, ularning ilmiy rahbarlarini hamda faol tashkilotchilarni taqdirlash tartibi
  • XII. Olimpiadaning moliyaviy ta’minoti
  • XIII. Olimpiada topshiriqlariga qo‘yiladigan talablar va baholash mezonlari
  • Olimpiada g‘oliblarini aniqlash va baholash ning namunaviy mezoni
  • Talabalar Respublika fan olimpiadasi I bosqichining o‘tkazilishi haqida oliy ta’lim muassasasining hisoboti tarkibi
  • Talabalar Respublika fan olimpiadasi II bosqichining o‘tkazilishi haqida mutasaddi oliy ta’lim muassasasining hisoboti tarkibi
  • M Расм A’LUMOTNOMA
  • O‘qiyotgan ta’lim y o‘ nalishi
  • Talabalar respublika fan olimpiadasi nizomi I. Umumiy qoidalar




    Download 237 Kb.
    bet1/2
    Sana01.01.2020
    Hajmi237 Kb.
    #7678
      1   2

    Talabalar respublika fan olimpiadasi

    NIZOMI
    I. Umumiy qoidalar

    1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan davlat oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalaridan iqtidorlilarini aniqlash, qo‘llab-quvvatlash, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, ularning qobiliyatlarini yanada rivojlantirish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan har yili fanlar bo‘yicha o‘tkaziladigan olimpiadani tashkil etish va o‘tkazishning umumiy qoidalari hamda tartibini belgilaydi.

    2. Olimpiada mutaxassislik va umumkasbiy fanlari bo‘yicha o‘tkaziladi.

    3. Olimpiada tarkibiga kiritilmagan mutaxassislik fanlaridan turdosh OTMlar o‘zaro kelishib, mazkur Nizomga amal qilgan holda musobaqa o‘tkaziladi. Musobaqani o‘tkazishni muvofiqlashtirish, g‘oliblarni rag‘batlantirish olimpiadaning II bosqichini o‘tkazish jarayonida ishtirokchi OTMlar tomonidan amalga oshiriladi.



    II. Olimpiadaning maqsad va vazifalari

    4. Olimpiadaning maqsadi: - mutaxassislik va umumkasbiy fanlari bo‘yicha iqtidorli, qobiliyatli va iste’dodli talabalarni aniqlash, ulardagi ijodiy qobiliyatlarning ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashish va qo‘llab-quvvatlash.

    5. Olimpiadaning asosiy vazifasi sifatida quyidagilar belgilangan:

    - Oliy ta’lim muassasalari (keyingi o‘rinlarda «OTM»)da iqtidorli talabalar bilan ishlashni takomillashtirish va rivojlantirish;

    - OTMdagi o‘quv-tarbiya jarayonining zamonaviy talablar darajasiga ko‘tarilishini ta’minlash, fan o‘qituvchilarining pedagogik mahoratini oshirish, qobiliyatli va iste’dodli talabalarni aniqlash va tarbiyalashga qaratilgan ijodiy izlanishlari hamda mehnatini rag‘batlantirish;

    - talabalar uchun o‘quv mashg‘ulotlarini tashkillashtirishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalar hamda interfaol usullarining tatbiq etilishini takomillashtirish, ularning ijodiyotini (ijodiy ishlarini) rivojlantirish;

    - Olimpiadaning g‘oliblari orasidan xalqaro Fan olimpiadalarida mamlakatimiz sharafini himoya qilish uchun Respublika terma jamoasiga nomzodlar tarkibini shakllantirish.

    III. Olimpiadani o‘tkazish muddati va tartibi
    6. Olimpiadaga umumiy rahbarlikni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri buyrug‘i bilan tasdiqlangan Respublika fan olimpiadasi Tashkiliy qo‘mitasi amalga oshiradi.

    7. Olimpiadani tashkil etish va o‘tkazish ikki bosqichda:

    - I bosqich har joriy yilning mart-aprel oylarida barcha OTMlarida;

    - II bosqich vazirlikning buyrug‘i bilan belgilagan muddatida tegishli fanlardan olimpiadani tashkil etishga va o‘tkazishga mas’ul etib belgilangan OTMlarida bo‘lib o‘tadi.

    8. O‘qish bosqichidan qat’iy nazar tegishli fan dasturlarida berilgan barcha mavzularni to‘la o‘zlashtirgan hamda Olimpiadaning I bosqichida birinchi o‘rinni egallagan talaba II bosqichda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.

    9. Olimpiadaning I-II bosqichlari uchun ishlab chiqilgan attestatsiya (test) savollari topshiriqlari, yozma ish variantlari, og‘zaki, amaliy va boshqa topshiriqlar hamda ularni baholash mezonlari Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari talablari asosida yaratilgan, amaldagi o‘quv dasturiga mos kelishi shart.

    10. Talabalar respublika fan olimpiadasining ikkinchi bosqichi mas’ul OTMlarida o‘tkaziladi. Ularni samarali o‘tkazish maqsadida mas’ul OTM rektori rahbarligida Ishchi tashkiliy qo‘mita tuziladi. Uning tarkibiga Hakamlar hay’ati, Adolat va Mandat komissiyasi kiradi.

    11. Olimpiada o‘tkaziladigan OTMda tuzilgan Ishchi tashkiliy qo‘mitaga ishtirok etuvchi OTMlari vakillari tegishli fandan o‘z variantlarini olimpiada boshlanishdan bir kun avval taqdim etiladi(etadilar). Taqdim etilgan variantlardan olimpiada o‘tkaziladigan OTMning Ishchi tashkiliy qo‘mitasi yangi uchtadan kam bo‘lmagan variantlarni bir nusxada tuzadi va konvertlarga joylashtirib muhrlaydi. Qur’a tashlash yo‘li bilan konvertlardan bittasi tanlab olinadi.

    12. Talabalar Respublika fan olimpiadasining II bosqichi kamida 4 ta turdan iborat bo‘ladi. Har bir tur 100 balllik tizimda Hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan baholanadi. Baholarning o‘rtachasi hisoblanib, talabaning shu turdan olgan bali aniqlanadi. Talabaning 4ta tur bo‘yicha natijasi asosida egallagan o‘rni belgilanadi.
    IV. Olimpiadani boshqarish
    13. Olimpiadaga umumiy rahbarlikni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri buyrug‘i bilan tasdiqlangan Vazirlik tashkiliy qo‘mitasi amalga oshiradi.

    14. Tashkiliy qo‘mitaga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining (birinchi) o‘rinbosari raislik qiladi va a’zolari soni 21 kishidan oshmagan holda uning tarkibiga qo‘yidagi tashkilotlardan vakillar kiritiladi:

    - Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markazining mas’ul xodimlari;

    - olimpiadaning II bosqichini o‘tkazuvchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari;

    - jamoat tashkilotlari vakillari(dan).

    15. Vazirlik tashkiliy qo‘mitasi quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

    - olimpiadaning I-II bosqichlarini joylarda tashkil etilishi, o‘tkazilishini muvofiqlashtirish, boshqarish va nazorat qilish;

    - II bosqich ishtirokchilari tomonidan berilgan javoblarni baholash va g‘oliblarni aniqlash mezonlarini ishlab chiqilishini, uni joylarga yetkazilishini hamda unga qat’iy amal qilinishini ta’minlash;

    - olimpiadaning o‘tkazilishini ommaviy axborot vositalarida yoritishni tashkil qilish.

    V. Hakamlar hay’ati, Adolat komissiyasi va Mandat

    komissiyasining vazifalari

    16. Fan olimpiadasi bo‘yicha Hakamlar hay’ati quyidagi tarkibda tuziladi:

    - Olimpiadaning I bosqichida har bir fan bo‘yicha malakali professor-o‘qituvchilar va tajribali mutaxassislardan 5-7 kishidan iborat bo‘lgan Hakamlar hay’ati tuziladi hamda shaxsiy tarkibi olimpiada o‘tkaziladigan mas’ul OTM rektori tomonidan tasdiqlanadi.

    17. Hakamlar hay’ati I va II bosqichda quyidagi vazifalarni bajaradi:

    - olimpiada ishtirokchilari bajargan test sinovlari, yozma, og‘zaki, ijodiy (laboratoriya) va boshqa ishlarini tekshiradi hamda baholaydi;

    - g‘oliblarni aniqlash maqsadida ularning egallagan o‘rinlarini belgilaydi;

    - olimpiada yakunlari yuzasidan belgilangan tartibda qaror loyihalarini tayyorlaydi va tasdiqqa taqdim etadi;

    - olimpiada jarayonida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan tashkiliy, texnik nosozliklar va anglashilmovchiliklarning oldini oladi, ularni bartaraf etish choralarini ko‘radi;

    - olimpiada natijalarini qatnashchilar va jamoa rahbarlari ishtirokida e’lon qiladi;

    - ishtirok etayotgan OTMlar vakillari tomonidan taqdim etilgan topshiriqlarning mazmuni va dastur talablariga mos kelishligi aniqlanadi va yechimini tekshirib chiqadi;

    - o‘tkazilgan olimpiada natijalari haqida Tashkiliy qo‘mitaga batafsil hisobot beradi, zarur hujjatlarni taqdim etadi.

    18. Hakamlarning qarorlari, qatnashuvchilarning familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma (pasport) asosida to‘liq va aniq yozilishi shart.

    19. Adolat komissiyasi tarkibi 5 kishidan iborat bo‘ladi va ular quyidagi tartibda bo‘ladi:

    - taklif qilingan yetakchi olimlar va mutaxassislar;

    - II bosqichni o‘tkazuvchi OTM vakili;

    - OTMdan kelgan mutasaddi vakillar.

    20. Adolat komissiyasi ishtirokchilarining shikoyatlarini olimpiada natijasi e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat muddat ichida ko‘rib chiqadi va Hakamlar hay’atiga tegishli takliflar kiritadi. Adolat komissiyasi qabul qilgan qaror tegishli ravishda bayon etiladi va unga Adolat komissiyasi, Hakamlar hay’ati va Mandat komissiyasining a’zolari imzo qo‘yadilar. Adolat komissiyasi ishlarni qayta tekshirish huquqiga ega.

    21. Mandat komissiyasi tarkibi olimpiada II bosqichida ishtirok etayotgan OTM vakillaridan ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi va 3 kishidan iborat bo‘ladi.

    Mandat komissiyasi ishtirokchilarning vakolatini tekshiradi;

    - ishtirokchining pasporti (asl nusxasi);

    - ishtirokchining reyting daftarchasi (asl nusxasi);

    - OTM rahbariyatining yo‘llanmasi;

    - komanda rahbarining o‘tkazilayotgan fan dasturi talablariga (roziligi) (ijobiy munosabati) va beriladigan topshiriqlar bilan tanishganligi hamda roziligini oladi.

    Bajarilgan ishlarni shifrlash va shifrlarni ochish tadbirlarini amalga oshiradi.

    Tegishli hujjatlari mos kelmasa mandat komissiyasi yozma ravishda olimpiadaning II bosqichini o‘tkazuvchi OTMsi tashkiliy qo‘mitasiga murojaat etadi. Tashkiliy qo‘mita tegishli qaror qabul qiladi.

    VI. Olimpiadaning I bosqichini tashkil etish va o‘tkazish tartibi

    22. Olimpiadaning I bosqichi Vazirlik belgilagan muddatda o‘tkaziladi. Uning yuqori saviyada o‘tkazilishiga shaxsan OTM rektori mas’uldir.

    23. Olimpiadaning I bosqichini o‘tkazish uchun barcha OTMlarida Tashkiliy qo‘mita tuziladi. Uning tarkibi rektor buyrug‘i bilan tasdiqlanadi va quyidagilardan iborat bo‘ladi:

    - Rektor (Rais);

    - Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor (Rais o‘rinbosari);

    - Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i (Mas’ul kotib);

    A’zolari:

    - Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha birinchi prorektor;

    - O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor;

    - OTM “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlang‘ich tashkiloti mutasaddisi;

    - Fakultet dekanlari, OTM yetakchi olimlar va mutaxassislar;

    - Jamoat tashkilotlari va homiy tashkilotlar vakillaridan iborat bo‘ladi.

    Olimpiadaning I bosqichida OTM tomonidan olimpiada qatnashchilarining bilimlarini baholash mezonlari ishlab chiqiladi va rektor tomonidan tasdiqlanadi.

    24. Olimpiada tarkibiga kiritilgan fanlar bo‘yicha I bosqichda test sinovi, yozma ish va laboratoriya topshiriqlari fan dasturiga mos holdagi variantlar tegishli kafedralar tomonidan ko‘p variantli qilib tuziladi va OTM tashkiliy qo‘mitasiga topshiriladi. Tashkiliy qo‘mita mavjud variantlar asosida yangi variantlarni tuzadi. Maxfiyligini ta’minlagan holda olimpiadaning tegishli turi boshlanish vaqtiga qadar maxsus seyfda saqlanadi va olimpiadaning tegishli turi boshlanishidan oldin hakamlar Hay’atiga topshiradi.

    25. Olimpiadaning I bosqichi natijalari barcha OTMning (Ilmiy) kengashida muhokama etiladi. Faqat 1-o‘rinni egallagan g‘oliblarni II bosqichida qatnashishi to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.

    26. Olimpiadaning I bosqichi natijalari bo‘yicha hisobot, tegishli jadvallar, o‘tkazilgan fanlar bo‘yicha 4 turga tegishli topshiriqlar yechimi bilan qog‘ozda va elektron variantida (shrift Times New Roman 14) joriy yilning 20 apreliga qadar Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markaziga topshiriladi.

    26*. Olimpiyadada oldin qatnashib I-II-III o‘rinlarni egallagan va Vazirlikning I-II-III darajali diplomlari bilan taqdirlangan iqtidorli talabalar ushbu fan bo‘yicha Respublika fan olimpiyadasida qayta qatnashish mumkin emas.

    VII. Olimpiadaning II bosqichini tashkil etish va o‘tkazish

    27. Vazirlik buyrug‘i bilan mas’ul etib belgilangan OTMlarida olimpiada II bosqichi tashkil etiladi va o‘tkaziladi.

    28. Olimpiada II bosqichini o‘tkazuvchi OTMlarning tashkiliy qo‘mitasi tarkibi rektor buyrug‘i bilan tasdiqlanadi va quyidagilardan iborat bo‘ladi:

    - Rektor (Rais);

    - Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor (Rais o‘rinbosari);

    - Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i (Mas’ul kotib);

    A’zolari:

    - Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha birinchi prorektor;

    - O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor;

    - ishtirok etayotgan OTM vakillari;

    - OTM «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati boshlang‘ich tashkiloti mutasaddisi;

    - Vasiylar kengashi, jamoat va homiy tashkilotlar vakillari.

    29. Olimpiadaning II bosqichini talab darajasida o‘tkazish mas’uliyati OTM rektorlari zimmasida bo‘ladi. Vazirlik tashkiliy qo‘mitasi II bosqichning o‘tkazilishini muvofiqlashtirish uchun mas’ul vakillarni (zarurat bo‘yicha) xizmat safariga yuboradi va ular joylarda umumiy nazoratni amalga oshiradi.

    30. Olimpiadaning II bosqichini o‘tkazuvchi OTM tashkiliy qo‘mitasining vazifalari:

    - olimpiadaning II bosqichini mazkur Nizom talablari asosida tashkil etish, olimpiadaning o‘tkazilish jarayonini nazorat qilish va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga hisobot berish;

    - olimpiada ishtirokchilarini kutib olish, joylashtirish, ovqatlantirishni tashkil etish, zarur hollarda tibbiy xizmat ko‘rsatish va kuzatishni tashkil qilish;

    - ishtirokchilar va jamoa rahbarlarini olimpiada Nizomi, o‘tkazish tartibi, qatnashchilar bilimini baholash mezonlari bilan tanishtirish;

    - olimpiadaning ilmiy-uslubiy jihatdan yuqori saviyada, adolat va oshkoralik mezonlari asosida o‘tkazilishini ta’minlash;

    - olimpiada jarayonida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan tashkiliy, texnik nosozliklar va anglashilmovchiliklarning oldini oladi, ularni bartaraf etish choralarini ko‘radi;

    - olimpiada natijalarini oimpiada ishtirokchilari va OTM mutasaddi vakillari ishtirokida e’lon qiladi, zarur hollarda ishtirokchilar va qatnashuvchi OTMlari matassaddi vakillari savollariga javob beradi, ularning e’tirozlarini ko‘rib chiqib o‘rnatilgan tartibda bartaraf etadi;

    - olimpiada o‘tkazilayotgan fanlar bo‘yicha II bosqichda test sinovi, yozma ish, laboratoriya va topshiriqlari fan dasturiga mos holda tegishli OTM vakillari tomonidan taqdim etilgan variantlar asosida OTM tashkiliy qo‘mitasi yangi variantlarni tuzadi. Maxfiyligini ta’minlagan holda olimpiadaning tegishli turi boshlanadigan vaqtga qadar maxsus seyfda saqlaydi va olimpiadaning tegishli turi boshlanishidan oldin Hakamlar Hay’atiga topshiradi;

    - qatnashuvchi talabalar ishtirokida tadbirlarni tashkil etish, kafedra va dekanatlarda «bilimlar kuni» ruknida madaniy tadbirlarni o‘tkazish;

    - tarixiy-madaniy yodgorliklar, muassasalar va muzeylarga sayohatlar tashkil etish;

    - olimpiada g‘oliblarini va qatnashuvchi oliy ta’lim muassasasi jamoasi rahbarlarini taqdirlash hamda rag‘batlantirish.

    31. Olimpiada o‘tkaziladigan joyga ishtirokchilarni olib kelish va olib ketish, ularning yo‘llardagi harakatlanish xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha barcha mas’uliyat qatnashuvchi OTMlari rektorlari zimmasiga yuklatiladi.

    32. Olimpiadaning II bosqichining o‘tkazilishi yuzasidan qatnashuvchi talabalardan, jamoa rahbarlaridan natija e’lon qilingandan so‘ng 4 soat ichida tushgan yozma shikoyat va arizalar Tashkiliy qo‘mita va Hakamlar hay’ati tomonidan olimpiada jarayonida bevosita joyida hal etiladi. Kechikib bildirilgan e’tirozlar va shikoyatlar ko‘rib chiqilmaydi.

    33. Olimpiada o‘tkazilish jarayonida o‘rnatilgan tartib qoidalarga amal qilmagan talaba Hakamlar hay’ati qarori bilan olimpiadadan chetlashtiriladi. Bu haqda tegishli dalolatnoma tuziladi va uni Hakamlar hay’ati raisi va a’zolari hamda tartib qoidaga amal qilmagan talaba tomonidan imzolanadi.

    VIII. Olimpiada g‘oliblarini aniqlash

    34. Olimpiada g‘oliblarini aniqlash va taqdirlash:

    - I bosqichda OTM tashkiliy qo‘mitasi qarori natijalariga asosan;

    - II bosqichda mutasaddi OTM tashkiliy qo‘mitasi qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.

    35. Olimpiadaning I yoki II bosqichida talabalarning erishgan natijalari teng kelib qolsa sovrindorni aniqlash uchun ularga qo‘shimcha test topshiriqlari beriladi va bu holat g‘olib aniqlanguncha davom ettiriladi. Aniqlangan natija Hakamlar hay’ati tomonidan bayonnoma tuzilib, har ikki talabaning imzosi qo‘yilgan holda rasmiylashtiriladi.

    36. Olimpiadaning II bosqichi g‘oliblarining soni har bir fan bo‘yicha quyidagicha belgilanadi:

    - 1 o‘rin – bir nafar;

    - 2 o‘rin – bir nafar;

    - 3 o‘rin – bir nafar.

    37. Oliy ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar Respublika Fan olimpiadasida qatnashib yakuniy bosqichida birinchi o‘rinni egallagan va birinchi darajali diplom bilan taqdirlanganlarga magistraturaning mos mutaxassisliklariga kirishda ixtisoslik fanidan ajratilgan maksimal balning 20 foizi qo‘shib berilishi mumkin. Sinov natijalarining umumiy bali shu fanga ajratilgan maksimal baldan oshmasligi lozim.



    IX. Olimpiadani yakunlash tartibi

    38. Olimpiada II-bosqichini o‘tkazuvchi OTM tashkiliy qo‘mitasi tomonidan bajargan ishlar dasturga asosan yozma ravishda, ishtirokchi talabalar tomonidan bajarilgan yozma, og‘zaki, test va boshqa topshiriqlari variantlari yechimi bilan hamda tavsiya etilgan boshqa hujjatlar (hakamlar hay’atining xulosasi, Mutasaddi OTM qarori, g‘olibning shaxsini tasdiqlovchi hujjat, rasm va h.k.) elektron ko‘rinishda (shrift – Times New Roman, 14) hamda qog‘ozda rasmiylashtirilgan holda Vazirlik tashkiliy qo‘mitasining mas’ul vakiliga olimpiada tugagan kunining o‘zidayoq topshiriladi.

    39. Hujjatlarni aloqa vositalari yoki boshqa shaxs orqali yuborish qat’iyan man etiladi, Olimpiada natijalariga javobgarlik mas’uliyati mutasaddi OTM rektori zimmasiga yuklatiladi. O‘z vaqtida hisobot topshirilmagan holda olimpiada natijasi e’tiborga olinmaydi va OTM tashkiliy qo‘mita mas’ul xodimlariga tegishli chora ko‘riladi.

    40. Olimpiada I va II bosqichining yakuniy hisoboti mazkur Nizomning 1-5-ilovalari bo‘yicha tayyorlanib, rasmiylashtirilgach, Vazirlik buyrug‘i bilan belgilagan muddatida Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markaziga topshirilishi shart.

    41. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markazi mazkur Nizom asosida quyidagilarni bajaradi:

    - olimpiada hisobotini tahlil qiladi;

    - olimpiadaning joriy yilda tashkil etilishi, o‘tkazilishi va yakuni haqida tahliliy ma’lumotnomani Vazirlikka taqdim etadi.

    X. Olimpiada g‘oliblarini, ularning ilmiy rahbarlarini hamda faol tashkilotchilarni taqdirlash tartibi

    42. Olimpiadaning II bosqichida 1-o‘rinni egallagan talaba Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining birinchi darajali diplomi va yuqori stipendiyaning besh karra miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

    43. Olimpiadaning II bosqichida 2-o‘rinni egallagan talaba vazirlikning ikkinchi darajali diplomi hamda yuqori stipendiyaning to‘rt karra miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

    44. Olimpiadaning II bosqichida 3-o‘rinni egallagan talaba vazirlikning uchinchi darajali diplomi va yuqori stipendiyaning uch karra miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

    45. Olimpiadani o‘tkazishda faol qatnashgan tashkilotchilar, ilmiy va rahbar xodimlar – Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligining tegishli buyrug‘i asosida rag‘batlantiriladi.

    XII. Olimpiadaning moliyaviy ta’minoti

    46. Olimpiadaning I II bosqichini o‘tkazish xarajatlari OTMlarning Tashkiliy qo‘mitalari ishlab chiqqan smeta asosida joylarda byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan qoplanadi.

    47. Olimpiada II bosqichida ishtirok etadigan talabalarning va ularni kuzatib kelgan o‘qituvchilarning yo‘l xarajatlari o‘z OTMlari tomonidan to‘lanadi.

    48. Olimpiadani tashkil qilish va o‘tkazish xarajatlari smetasini OTM tashkiliy qo‘mitalari ishlab chiqadi hamda OTM (Ilmiy) kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Smetada maishiy va madaniy ishlarni tashkil qilish, uslubiy materiallarni tayyorlash hamda nashr qilish bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlar ham ko‘rsatiladi.



    49. Olimpiadaning II bosqichi g‘oliblariga, ularning ilmiy rahbarlariga beriladigan pul mukofotlari o‘z OTMlari byudjetdan tashqari mablag‘i hisobidan amalga oshiriladi.

    XIII. Olimpiada topshiriqlariga qo‘yiladigan talablar

    va baholash mezonlari


    Olimpiada topshiriqlariga qo‘yiladigan talablar

    T/r

    Umumiy talablar

    1.

    Savollar va topshiriqlarning DTS va o‘quv dasturiga muvofiqligi

    2.

    Savollar va topshiriqlarning fanga kiritilgan so‘nggi yangiliklar asosida tuzilganligi

    3.

    Mazmun va mohiyatiga ko‘ra savollar va topshiriqlar xalqaro olimpiada talabiga mos kelishi

    4.

    Topshiriqlar mazmun va mantiqan ishtirokchining bilimini, qobiliyatini va ijodiyotini oshirishga qaratilganligi

    5.

    Ijodiy ishlarida fanga tegishli muammolarni qamrab olganligi

    6.

    Test savollarida mazmunan va mantiqan murakkablikning ta’minlanganligi

    7.

    Og‘zaki savollar ishtirokchining mantiqiy fikrlashiga qaratilganligi


    Olimpiada g‘oliblarini aniqlash va baholashning namunaviy mezoni


    T/r

    Umumiy talablar

    Maksimal ball

    Olgan balli

    1.

    Ishtirokchining yozma topshiriqlarni bajarganligini baholash. Sh.j.:

    100




    - xato va nuqsonsiz bajarilganligi;

    20




    - fikrlarning mazmunan va mantiqiy namoyon etilganligi;

    40




    - muammo, masala, tenglama va yangicha uslubda yondoshilganligi;

    30




    - xusnixat uchun.

    10




    2.

    Ishtirokchining og‘zaki topshiriqlarni bajarganligini baholash. Sh.j.:

    100




    - fikrlarning tizimli va mushohada asosida bayon etilganligi;

    20




    - mustaqil va mantiqiy fikrlashning rivojlanganligi;

    30




    - muammoga yangi yechimlar berilganligi;

    35




    - og‘zaki nutqning ravonligi

    15




    3.

    Ishtirokchining test topshiriqlarini bajarilishini baholash: (har bir to‘g‘ri javobga 2 ball 50 savolga)

    100




    4.

    Ishtirokchiga berilgan qo‘shimcha savollar javobini baholash: (har bir to‘g‘ri javobga 2 ball 50 savolga)

    100




    5.

    Ishtirokchining matn tarjimasini baholash:

    100




    - matnni stilistik xatolarsiz tarjima qilganligi;

    30




    - tarjima qilishda yangicha yondoshganligi;

    20




    - originaldagi mazmunning tarjimada saqlanganligi.

    50




    6.

    Ishtirokchiga berilgan ijodiy ishni baholash:

    100




    - ijodiy ishni bajarishda yangicha yondoshuvning mavjudligi;

    20




    - fikrni bayon etishda fikrlar aniq manbalarga tayanilganligi;

    30




    - ijodiy ishning yangiligi

    50




    7.

    Xakamlar hay’atining xulosasi








    Talabalar Respublika fan olimpiadasi

    Nizomiga 1-ilova

    Talabalar Respublika fan olimpiadasi I bosqichining o‘tkazilishi haqida oliy ta’lim muassasasining hisoboti tarkibi:
    1. Oliy ta’lim muassasasida fan olimpiadasining o‘tkazilishi haqida qisqacha hisoboti;

    2. Fan olimpiadasini tashkil qilish va o‘tkazish yuzasidan qilingan ishlar haqida ma’lumot;

    3. OTM (ilmiy) kengashi qaroridan ko‘chirma;

    4. Oliy ta’lim muassasalaridan qatnashgan talabalar va ilmiy rahbarlar haqida ma’lumot (har bir fan bo‘yicha alohida, 3-ilova);

    5. Olimpiada dasturi, olimpiada topshiriqlari 4 ta turi bo‘yicha tuzilgan variantlar yechimi bilan (qog‘oz va elektron ko‘rinishda, shrift Times New Roman 14 shaklda) bo‘lishi shart;

    6. Olimpiadaning I bosqichi g‘olibi bo‘lgan talabalarning pasport nusxasi, ma’lumotnomasi va tavsifnomalari va 2 dona rasmi, reyting daftarchasidan nusxa (4-ilova);

    7. Hisobot joriy yilning 20 aprel kuniga qadar Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markaziga topshirilishi lozim.
    Talabalar Respublika fan olimpiadasi

    Nizomiga 2-ilova

    Talabalar Respublika fan olimpiadasi II bosqichining o‘tkazilishi haqida mutasaddi oliy ta’lim muassasasining hisoboti tarkibi:
    1. Mutasaddi oliy ta’lim muassasasida fan olimpiadasining o‘tkazilishi haqidagi qisqacha hisoboti;

    2. Fan olimpiadasini tashkil qilish va o‘tkazish yuzasidan qilingan ishlar haqida ma’lumot;

    3. Oliy ta’lim muassasalaridan qatnashgan talabalar va ilmiy rahbarlar haqida ma’lumot (4-ilova);

    4. Hakamlar hay’ati, mandat komissiyasi, adolat komissiyasi haqida ma’lumot (F.I.Sh., vazifasi, ilmiy daraja va ilmiy unvoni, tashkiloti);

    5. Olimpiada dasturi, olimpiada topshiriqlari 4 ta turi bo‘yicha tuzilgan variantlar yechimi bilan (qog‘ozl va elektron ko‘rinishda, shrift Times New Roman 14 shaklda) bo‘lishi shart;

    6. Sarf-harajatlar smetasi;

    7. Olimpiadaning II bosqichi ishtirokchilarning pasport nusxasi, ma’lumotnomasi va tavsifnomalari va 2 dona rasmi, reyting daftarchasidan nusxa (4-ilova):

    Talabalar Respublika fan olimpiadasi Nizomiga 3-ilova
    Talabalar Respublika fan olimpiadasi I bosqichi g‘oliblarining ro‘yxati

    ___________________________________________________

    (OTM nomi)

    ____________________________________________________

    (olimpiada o‘tkazilgan fanning nomi va bloki)


    T/r

    Talaba F.I.Sh

    Tug‘il-

    gan joyi, sanasi, millati va hozirgi yashash joyi



    Fakul-

    teti, ta’lim yo‘nalishi, va kursi




    Ilmiy rahbarining F.I.Sh. va kafedrasi, mutaxasisligi, ilmiy darajasi va ilmiy unvoni

    Turlar bo‘yicha to‘plagan ballari

    Jami to‘plan

    gan ball


    Egal

    lagan o‘rni



    1- tur

    2- tur

    3- tur

    4- tur

































    *ta’lim muassasasida o‘tkazilgan har bir fan uchun alohida taqdim etiladi.


    Tashkiliy qo‘mita raisi ___________ _______________________

    (imzo) (f.i.sh.)

    M.O‘
    Talabalar Respublika fan olimpiadasi Nizomiga 4-ilova
    Talabalar Respublika fan olimpiadasi II bosqich ishtirokchilarining ro‘yxati

    ___________________________________________________

    (OTM nomi)

    ____________________________________________________

    (olimpiada o‘tkazilgan fanning nomi va bloki)


    T/r

    Talaba F.I.Sh

    Tug‘il-

    gan joyi, sanasi, millati va hozirgi yashash joyi



    Fakul-

    teti, ta’lim yo‘nalishi, va kursi




    Ilmiy rahbarining F.I.Sh. va kafedrasi, mutaxasisligi, ilmiy darajasi va ilmiy unvoni


    Turlar bo‘yicha to‘plagan ballari

    Jami to‘plan

    gan ball


    Egal

    lagan o‘rni



    1- tur

    2- tur

    3- tur

    4- tur

































    *ta’lim muassasasida o‘tkazilgan har bir fan uchun alohida taqdim etiladi.


    Tashkiliy qo‘mita raisi ___________ _______________________

    (imzo) (f.i.sh.)

    M.O‘

    Talabalar Respublika fan olimpiadasi Nizomiga 5-ilova
    M

    Расм
    A’LUMOTNOMA


    __________________________________________

    (F.I.Sh.)




    U ___.___. 200___ dan buyon__________________________ talabasi

    (OTM)



    Tug‘ilgan yili:

    Tug‘ilgan joyi:

    __.__._______ y.

    ……..




    Millati:

    Partiyaviyligi:

    ………..

    ……




    Ma’lumoti:




    ……….







    O‘qiyotgan ta’lim yo‘nalishi:

    ………….










    Qaysi chet tillarini biladi (to‘liq ko‘rsatilishi lozim):

    .............




    Qaysi chet mamlakatlarida bo‘lgan:

    .............

    Qaysi Davlat mukofotlari bilan taqdirlangan:

    ..............


    Download 237 Kb.
      1   2




    Download 237 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Talabalar respublika fan olimpiadasi nizomi I. Umumiy qoidalar

    Download 237 Kb.