ikloid (tez qo’zg’aluvchi, his- tuyg’usi o’ta beqaror) va shizoid




Download 441.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana28.05.2022
Hajmi441.56 Kb.
#22253
1   2   3
Bog'liq
Abduxalilov Jamshid psixologiya
ABDUSHUKUROVA SHohista, TMOM QQdocx, )Эълон, 5, 1111, Dinshunoslik ma\'ruza doc, 9-maruza matni, Barchinoy2, 15-21, 1-mavzu.Morfemikavauningbirligihaqida (3)
ikloid (tez qo’zg’aluvchi, his-
tuyg’usi o’ta beqaror) va shizoid (odamovi, munosabatga qiyin kirishuvchi, his-tuyg’usi 
cheklangan)larga ajratadi. Bu taxminini yosh davrlari xususiyatlariga ham tatbiq etib, 
o’smirlar sikloid xususiyatli, o’spirinlar esa shizoid xususiyatliligini ta’kidlaydi. Lekin 
insonning kamol topishida biologik shartlangan sifatlar hamisha yetakchi va hal qiluvchi 
rol o’ynay olmaydi, chunki shaxsning individual-tipologik xususiyatlari bir-biriga aynan 
mos tushmaydi. 
Biogenetik nazariyaning namoyandalari amerikalik psixologlar A.Gezell va 
S.Xoll rivojlanishning biologik modeliga tayanib ish ko’radilar, bu jarayonda 
muvozanat, integratsiya va yangilanish sikllari o’zaro almashinib turadi, degan xulosaga 
keladilar. 


Psixologiya tarixida biologizmning eng yaqqol ko’rinishi Zigmund Freydning 
shaxs talqinida o’z ifodasini topgan. Uning ta’limotiga binoan shaxsning barcha xatti-
harakatlari (xulqi) ongsiz biologik mayllar yoki instinktlardan kelib chiqadi, birinchi 
navbatda, jinsiy (seksual) maylga bog’liqdir. Bunday biologizatorlik omillari inson xulqini 
belgilovchi birdan-bir mezon yoki betakror turtki rolini bajara olmaydi. 
Biogenetik nazariyaning qarama-qarshi ko’rinishi sotsiogenetik nazariyadir. Bu nazariyada 
shaxsda ro’y beradigan o’zgarishlarni jamiyatning tuzilishi, ijtimoiylashish (sotsializatsiya) 
usullari, atrofdagi odamlar bilan o’zaro munosabat vositalari asosida tushuntiriladi. 
Ijtimoiylashish nazariyasiga ko’ra, inson biologik tur sifatida tug’ilib, hayotdagi ijtimoiy 
shart-sharoitlarning bevosita ta’siri ostida shaxsga aylanadi. 
G’arbning eng muhim nazariyalaridan biri − rollar nazariyasidir. Bu nazariyaga 
ko’ra jamiyat o’zining har bir a’zosiga status (haq-huquq) deb nomlangan xatti-harakatning 
barqaror usullari majmuasini yaratadi. Inson ijtimoiy muhitda bajarishi shart bo’lgan 
maxsus rollar uning xulq-atvorida, boshqalar bilan munosabatida sezilarli iz qoldiradi. 
AQSHda individual tajriba va bilimlarni o’zlashtirish (ko’nikish) nazariyasi keng 
tarqalgan. Mazkur nazariyaga binoan, shaxsning hayoti va voqelikka munosabati, 
ko’nikmalarni egallashi va bilimlarni o’zlashtirishi qo’zg’atuvchining barqarorligiga 
bog’liqdir. 
K.Levin tavsiya qilgan ―fazoviy zarurat maydoni‖ nazariyasi o’z davrida muhim ahamiyat 
kasb etgan. K.Levin nazariyasiga ko’ra, shaxsning xulqi (xatti-harakati) psixologik kuch 
vazifasini o’tovchi ishtiyoq (intilish), maqsad (niyat) bilan boshqarilib turadi, bu kuchlar 
fazoviy zarurat maydonining ko’lamida tayanch nuqtasiga yo’nalgan bo’ladilar. 


Yuqorida ifodalangan har bir nazariya shaxsning ijtimoiy xulqini o’zgalar uchun yopiq 
yoki maxfiy muhitning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tushuntiradi, bunda u odam xohishi 
yoki xohlamasligidan qat’i nazar, mazkur sharoitga moslashmog’i (ko’nikmog’i) zarur, degan 
qoidaga amal qiladi. 
Bizningcha, barcha nazariyalarda inson hayotining ijtimoiy-tarixiy, ob’ektiv shart-
sharoitlari mutlaqo e’tiborga olinmagan. 
Psixologiyada psixogenetik yondashish ham mavjud bo’lib, u biogenetik va 
sotsiogenetik omillarning qiymatini kamsitmaydi, balki psixik jarayonlarning rivojlanishini birinchi 
darajali ahamiyatga ega deb hisoblaydi. Mazkur yondashishni uchta mustaqil yo’nalishga ajratib 
tahlil qilish mumkin va bu yo’nalishlar o’z mohiyati, kechishi va mahsuli jihatidan keskin 
farqlanadi. 
Psixikaning irratsional (aqliy bilish jarayonlaridan boshqa) tarkibiy qismlari: emotsiya, 
mayl yordamida shaxsning xulqini tahlil qiluvchi nazariya psixodinamika, deyiladi. Bu nazariyaning 
yirik namoyandalaridan biri amerikalik psixolog E.Eriksondir. 


Psixologiya fanida yosh davrlarini tabaqalash bo’yicha qator nazariyalar mavjud. 
Masalan, psixodinamika nazariyasini yorqin vakillaridan biri E.Erikson 
nazariyasiga ko’ra inson umri 8 davrga bo’linadi: 


Kognitivistik yo’nalishning asoschilari qatoriga J.Piaje, Dj.Kelli va boshqalarni 
kiritish mumkin

Sobiq sovet psixologlari L.S.Vigotskiy, L.I.Bojovich, D.B.Elkonin, 
A.A.Lyublinskaya, V.A.Krutetskiy, A.V.Petrovskiylar ham yosh 
davrlarinio`ziga xos tabaqalash nazariyalarini yaratdilar. Ular orasida 
D.B.Elkoninning tasnifi alohida o’rin tutib, yetakchi faoliyat nazariyasiga 
asoslanadi. 
D.B.Elkoninning nazariyaga ko’ra har bir yosh davrida biror faoliyat turi inson 
shaxsi shakllanishida asosiy rol o’ynaydi. 

Download 441.56 Kb.
1   2   3




Download 441.56 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ikloid (tez qo’zg’aluvchi, his- tuyg’usi o’ta beqaror) va shizoid

Download 441.56 Kb.
Pdf ko'rish