• Rag‘batlantirish metodi
  • Talabasining




    Download 44,63 Kb.
    bet7/7
    Sana19.12.2023
    Hajmi44,63 Kb.
    #123154
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    mustaqil ishi...

    O‘rgatish metodi o‘quvchilarning hayotini, mehnatini, dam olishlarini batafsil o‘ylab chiqilgan holda tashkil etishni hamda dastlabki axloq normalarini tarkib toptirish maqsadida o‘quvchilarni yurish – turish qoidalarini bajarishga o‘rgatib borishni nazarda tutadi.
    O‘rgatish – hatti – harakatlarni tanlash, milliy qadriyatlarni bilish, etik normalarni o‘zlashtirishni o‘rgatish yordamida amalga oshiriladi.
    Mashq qildirish – turli – tuman mashqlar tarbiyada muhim o‘rin egallaydi. Bu mashqlarning o‘zi bevosita o‘rganish bilan bog‘langandir. O‘quv ishlarida mashqlardan o‘quvchilarda malaka va ko‘nikmalar tarkib toptirish uchun foydalaniladi. Ba’zi hollarda mashqlar tarbiyada biror bir narsani o‘rgatish maqsadida qo‘llaniladi.
    Talab - O‘qituvchi o‘z talabi tarbiyalanuvchilar tomonidan bajarilishiga ko‘zi yetsagina, bu metoddan foydalanish mumkin.
    Ibrat-namuna - «Qush uyasida ko‘rganini qiladi». Tarbiyalanuvchilarga doim yolg‘on gapirish yomon ekanligini uqtiramiz – u, birov so‘rab kelganda, ba’zan o‘zimiz bo‘la turib «meni yo‘q deb aytgin», deb yolg‘on gapirishni o‘rgatamiz.Talabalar aksari hollarda so‘zlarimizga emas, balki hatti – harakatlarimizga e’tiborlarini qaratadilar.
    Tarbiyada musobaqa, rag‘batlantirish va jazolash metodlari.
    Talabalarda o‘z kasbiga bo‘lgan qiziqishni rivojlantirish maqsadida musobaqa metodidan foydalaniladi. Musobaqa sifatida o‘quv mavzulari bilan bir qatorda to‘garak, jamoa ishlarini ham olish mumkin. Talabalarga oldindan topshiriqlar berilib, tayyorlanish uchun ma’lum muddat beriladi va guruhlar tashkil qilinib musobaqa uyushtiradi.
    Rag‘batlantirish metodi talabada o‘ziga bo‘lgan ishonchni ottirishga xizmat qiladi. Biroq, rag‘batlantirish metodidan ustalik bilan foydalanish lozim, ya’ni rag‘batlantirish ketma-ket bo‘lmasligi, haddan oshirib maqtamaslik lozim.
    Rag‘batlantirishning quyidagi turi mavjud:
    1.Talabaning kuchi yetadigan, mas’uliyatli topshiriq berish orqali bola ishonch bildirish; bunda talaba o‘z qadr-qimmati bilan fahrlanadi;
    2.Maqtash (ota-onalar, bolalar jamoasi oldida);
    3.Esdalik sovg‘asi berish (kitob, ruchka, o‘quv asbobi va boshqalar);
    4.Maqtov yorlig‘i berish;
    5.Stipendiya bilan taqdirlash;
    6.Hurmat taxtasiga fotosuratini qo‘yish;
    7.Qo‘llab-quvvatlash;
    8.Mas’uliyat va jamoaning minnatdorchiligi;
    Download 44,63 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 44,63 Kb.