• Ta’lim berish usullarining o‘quvchilarning o‘quv axborotini egallashlariga ta’siri
  • Ta’lim oluvchilarning o‘quv imkoniyatlari
  • Ta’lim berish sharoiti
  • Ta’lim beruvchining chuqur bilimdonligi va shaxsiy sifatlari
  • Ta’lim berish usullarini tanlash va qo‘llashda quyidagi didaktik omillarni e’tiborga olish muhim: • Maqsadni belgilash




    Download 14.39 Kb.
    Sana06.04.2024
    Hajmi14.39 Kb.
    #189425
    Bog'liq
    Ta’lim berish usullarini tanlash va qo‘llash
    1-2-MI. Murodullayev R.T , Resume

    Ta’lim berish usullarini tanlash va qo‘llashda quyidagi didaktik omillarni e’tiborga olish muhim:
    Maqsadni belgilash: 1) ta’lim berish maqsadi, 2) pedagogik vazifalar, 3) o‘quv faoliyat natijalari.
    O‘quv axborot mazmuni hajmi va murakkabligi: maqsad va ushbu o‘quv fanini xususiyati, shu tariqa bu fanni shunchalik murakkab deb qabul qilingan.
    Ta’lim berish usullarining o‘quvchilarning o‘quv axborotini egallashlariga ta’siri. G.Mayerga muvofiq, 72 soatdan (uch sutkadan) o‘tganda, ma’lumotni eshitish orqali qabul qilgandan so‘ng tinglovchi xotirasida 10%; ko‘rish orqali - 20%; ko‘rib va eshitish orqali- 50%; ko‘rib va eshitish orqali qabul qilish va munozarada - 70%; ko‘rib va eshitish orqali qabul qilish va munozarada, amaliy imkoniyatlarni qo‘llanilganda - 90% axborot qoladi.
    Ta’lim oluvchilarning o‘quv imkoniyatlari: tayyorgarlik darajasi, umumo‘quv malakalarni shakllanganligi, faolligi, qiziqishi va yo‘naltirilganligi, yoshi, ishlash qobiliyati, o‘ziga xos imkoniyatlari va qobiliyatlari.
    Vaqt sarfi: 1) o‘quv dasturida yil davomida o‘quv faniga, uning alohida mavzulariga ajratilgan vaqt, shunchalik cheklangan bo‘lishi mumkinki, bu esa ko‘p vaqt oladigan usullarni maqsadga muvofiqroq joylarda qo‘llash imkonini beradi; 2) vaqt u yoki boshqa usulni tayyorlash va amalga oshirishda mehnat sarfini ketish nuqtai nazaridan muhim omil hisoblanadi. SHu bois, bunday usullarni qo‘llashni rejalashtirishda, o‘zidan ushbu tashkillashtirsh yo‘lini amalga oshirishga zarur tayyorgarlikka vaqt va kuch yetarli bo‘ladimi? deb so‘rash kerak.
    Ta’lim berish sharoiti: ba’zi usullarni amalga oshirish uchun alohida sharoitlar talab etiladi: ta’lim berishning texnik vositalari, kompyuter, maxsus kompyuter dasturlari, magnitli yozuv taxtasi, maxsus jihozlangan xona va boshq.
    Ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi, jamoadagi o‘zaro munosabatlarning xususiyatlari (hamkorlik yoki so‘zsiz bo‘ysunishli).
    Ta’lim oluvchilar soni: agarda u katta bo‘lmasa, ta’lim berishni faol ta’lim usullarni qo‘llab, jadallashtirish mumkin.
    Ta’lim beruvchining chuqur bilimdonligi va shaxsiy sifatlari: ma’qul deb topilgan usullarni qo‘llashni bilishi va uddalashi, talablarga mos shaxsiy sifatlarga ega bo‘lishi lozim.


    Qo‘shimcha omillar:
    • Mavzuni o‘rganishni (mustaqil / o‘qituvchi rahbarligi ostida) tashkillashtirish yo‘li: Qay tarzda?
    • Didaktik vositalar: Qaysilari?
    • Faollikni rag’batlantiruvchi usullar: Qaysilari?
    • Nazorat va o‘z-o‘zini nazorat: Qaysilari?
    Download 14.39 Kb.




    Download 14.39 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ta’lim berish usullarini tanlash va qo‘llashda quyidagi didaktik omillarni e’tiborga olish muhim: • Maqsadni belgilash

    Download 14.39 Kb.