|
“Raqamli iz” tushunchasi: mohiyati va boshqaruv bosqichlari
|
bet | 3/4 | Sana | 25.07.2024 | Hajmi | 1,04 Mb. | | #268546 |
Bog'liq 1-ma’ruza. TA’LIM JARAYONINI RAQAMLI TRANSFORMATSIYASI Raqamli soya - bu odam o‘zi bilmagan holda, ya’ni hech qanday faol harakatlar qilmasdan yaratadigan ma’lumotdir. Shu nuqtai nazardan, raqamli soyani passiv raqamli iz deb ta’riflash mumkin, u foydalanuvchi o‘zining faol harakatlari bilan hech qanday iz qoldirmaganda hosil bo‘ladi, biroq foydalanuvchi haqida u bilmagan holda ma’lumotlar yig‘iladi. Passiv raqamli izning keng tarqalgan ko‘rinishi foydalanuvchilarning veb-saytlarga necha marta tashrif buyurishi haqidagi ma’lumotlar to‘plamidir. Keyin bu foydalanuvchilar qaerdan kelganligi aniqlanadi va ularning IP manzillari hisoblab chiqiladi. Foydalanuvchilar bu jarayondan bexabar bo‘lishlari mumkin, chunki u ko‘pincha yashirin bo‘ladi. Raqamli soyaning o‘ziga xos namunasi – reklama beruvchilar tomonidan Internetdagi foydalanuvchi faoliyatining barcha ko‘rinishlarini, qiziqishlar va repostlardan tortib sharhlargacha tahlil qilish. Reklama beruvchilar ushbu usuldan foydalanuvchilarga ma’lum bir odamni qiziqtirishi mumkin bo‘lgan ma’lum kontentni namoyish qilish uchun foydalanadilar. “Raqamli iz” tushunchasi: mohiyati va boshqaruv bosqichlari Raqamli izlarni boshqarish jarayoni bir necha bosqichda amalga oshirilishi tavsiya etiladi. - 1. Tashxis. Qidiruv tizimlari orqali raqamli izingizni tas’his qiling.Buning uchun qidiruv tizimiga barcha imlolardan foydalangan holda ismingiz va familiyangizni kiritishingiz kerak. Qidiruv natijalari o‘zingiz haqingizda hammaga ochiq ma’lumotlarni ko‘rish imkonini beradi.
- 2. Kamaytirish. Raqamli izingizni kamaytiring. Raqamli izingizni kamaytirish sizning talablaringizga javob bermaydigan ma’lumotlarni olib tashlashni anglatadi, ya’ni ismingiz ko‘rsatilgan ma’lumotlar manbalarining sonini kamaytiring. Masalan, whitepages.com sayti siz haqingizda xohlaganingizdan ko‘ra ko‘proq ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi mumkin. Buning uchun siz veb-sayt ma’murlari bilan bog‘lanib, ma’lumotlarni o‘chirishni so‘rashingiz mumkin. Shuningdek, ushbu bosqichda barcha eski akkkauntlar, foydalanilmagan ijtimoiy tarmoq profillarini va sizni qiziqtirmaydigan axborot byulletenlariga obunalarni o‘chirish tavsiya etiladi.
- 3. Cheklash. Taqdim etilgan ma’lumotlar miqdorini cheklang. Shuni esda tutingki, har safar shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etganingizda yoki yoqtirganingizda, siz ixtiyoriy ravishda raqamli izingizni kengaytirasiz va uzaytirasiz.
- 4. Tahlil. Raqamli izingizni doimiy ravishda kuzatib boring.Ma’lumotni ismingiz bo‘yicha kuzatishning usullaridan biri Google kabi qidiruv tizimi ogohlantirishlarini o‘rnatishdir.
|
| |