|
Magistratura talabasi: Isroilov Islomiddin Kamoliddin oʻgʻli
|
bet | 2/4 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 46,5 Kb. | | #144126 |
Bog'liq Report for myselfMagistratura talabasi: Isroilov Islomiddin Kamoliddin oʻgʻli
2023 yil, fevral _________
oy imzo
Jizzax davlat pedagogika universiteti 70110103-“Ta’lim muassasalarining boshqaruvi” yo’nalishi ikkinchi bosqich magistratura talabasi Isroilov Islomiddinning
Maktab menejmenti kafedrasiga oylik
HISOBOTI
2023- yili mart oyi.
Ilmiy rahbar: p.f.d, prof. Sh. Sharipov
Ilmiy-amaliyot rahbar: A. Usmanov
Mart oyi pedagogik amaliyot davomida quyidagi ishlarni amalga oshirdim:
Amaliyotning mart oyida Amaliyot rahbarim A. Usmanov bilan birgalikda pedagogik amaliyotning umumiy rejasi hamda guruh rahbari tomonidan tasdiqlangan shaxsiy reja bo‘yicha ish olib bordik.
O’quv amaliyoti talabalarning barcha mutaxassislik fanlaridan egallagan nazariy bilimlarini mustahkamlab zaruriy o’quv malaka va ko’nikmalarini shakllantiradi. Shu tufayli amaliyot davrida talaba bilan me’yoriy hujjatlar va ularni tayyorlashni, ish jarayonida foydalanishni o`rganadilar hamda ular o’quv-tarbiyaviy ishlarni kuzatdik.
Shu bilan birga tadqiqot ob’yekti sifatida tanlab olingan Jizzax davlat pedagogika universiteti faoliyatini yaqindan kuzatib bordim. Bundan tashqari
- Axborot-kommunikasion texnologiyalarni, o’quv- tarbiyaviy jarayonni faollashtirish uslublarini, talabalarning bilim, ko’nikma va malakalari, kompetensiyalarini baholashning xalqaro standartlari va ilg’or metodlarini amaliy o’zlashtirish;
- fanlar bo’yicha o’quv-me’yoriy hujjatlarni (o’quv reja, ishchi o’quv reja, fan dasturi, ishchi fan dasturi, uquv-uslubiy majmua, kalendar ish reja) larni ishlab chiqish, o’quv adabiyotlarini (darslik va o’quv qo’llanma, uslubiy yo’riqnoma)larni yaratish asoslari;
- “Maktab menejmenti” kafedrasida dars mashg’ulotlarining (ma’ruza, amaliy, laboratoriya, seminar) kabi an’anaviy va noan’anaviy (innovasion) shakllarini o’tkazish, ma’ruza matnlari va mashg’ulotlar o’tkazish rejalarini tuzish ishlarini qaradik. Bundan tashqari,
4- bosqich talabalariga “Nodavlat notijorat tashkilotlar ish faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslari mavzusida;
3-bosqich talabalariga Chet el tajribasi asosida oliy talimni isloh qilish indekatorlari seminar mashgulotlariga kirdim.
|
| |