|
Ta'lim sifatini oshirishda elektron o‘quv adabiyotlardan foydalanish
|
bet | 2/6 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 72 Kb. | | #100577 |
Bog'liq TA\'LIM SIFATINI OSHIRISHDA ELEKTRON O‘QUV ADABIYOTLARDAN FOYDALANISHIjtimoiy tizim – o’zaro bog’langan individlar, ijtimoiy guruhlar va institutlarni o’z ichiga oluvchi, murakkab tashkil bo’lgan va tartiblangan ijtimoiy yaxlitlik. Alohida shaxs ham uning tashqi dunyo bilan munosobatlarining serqirraligi va o’z-o’zini tashkil qilishining yaxlitligi nuqtai nazaridan ijtimoiy tizim hisoblanishi mumkin.
Ijtimoiy tizim – murakkab ichki tuzilishga ega bo’lib, tartibli, bir butun, o’ziga xos ijtimoiy aloqadorlik va turli ijtimoiy munosabatlar birligini tashkil qiladi. Har qanday ijtimoiy tizim tarkibiy tizimlar, masalan, iqtisodiy, siyosiy, xuquqiy, ma’naviy, ijtimoiy turmush, fan va shu kabi sohalardan to alohida olingan insongacha bo’lgan ijtimoiy tizimlar shular jumlasidandir.
Avvalo biz jamiyatni sotsiologik nuqtai nazardan quyidagicha o’rganamiz:
1. Jamiyat tuzulishi va tarkibi o’rganiladi (Jamiyat qanday kishilardan iborat, ular qancha va qanday sinf yoki tabaqalarga mansub?).
2. Jamiyatda yashayotgan kishilarning xatti-harakatlari nimalardan iborat. (ularning o’zaro munosabatlaridagi xarakterlari)?
3. Jamiyat taraqqiyoti uning rivojlanishi nuqtai nazaridan o’rganiladi. Dunyodagi barcha hodisalar vaqtlar o’tish bilan o’zgaradi.
Jamiyatni to’liq tushinish uchun faqat uning tuzilishi va rivojlanishinigina emas, balki o’tmishini, tarixini ham sinchiklab o’rganish bu jamiyatning qanday tarkib topganligini, qanday shakllanganligini, rivojlanganligini bilishga, jamiyatni to’liq tushunishga imkon yaratadi.
Jamiyat ijtimoiy hodisaning umumiy va murakkab sistemasidir. Jamiyat elementlari:
- ijtimoiy faoliyatning belgilangan sotsial statusiga ega;
- o’zida ijtimoiy me’yor va qadriyatlarni aks ettiradi;
- individual sifatlar (shaxs ijtimoiy belgisi, qiziqishlari, qadriyatlari yo’nalishi, shaxs motivlari)dir.
Jamiyatning har bir sohasi ishlab chiqarish tarakqiyotida ma’lum bir funksiyalarni bajaradi:
- iqtisodiy munosabatlar – moddiy ishlab chiqarish funksiyasi;
- ijtimoiy munosabatlar – ijtimoiylashuvni – sotsializasiya;
- siyosiy munosabatlar – ijtimoiy boshqaruvni (eleientar nazorati);
- mafkuraviy munosabatlar – ma’naviy ishlab chiqarish funksiyasi va boshqalardir.
Ijtimoiy munosabatlarda sohalarga doir ijtimoiy institut turlari mavjud bo’lib, ular quyidagilardan iborat:
1) iqtisodiy institutlar;
2) siyosiy institutlar;
3) nikoh, oila va qon-qarindoshlik;
4) tarbiya institutlari;
5) madaniyat sohasi institutlari.
Jamiyat taraqqiyotning ma’lum bosqichida paydo bo’lgan,o’zining ishlab chiqarish munosabatlariga asoslangan,tili,hududi, madaniyati bilan farqlanadigan,kishilar o’rtasida bevosita yoki bilvosita ijtimoiy munosabatlarga amal qiladigan uyushmadir. Jamiyat insonlar o’rtasida sotsial aloqalar,o’zaro ta’sir va munosabat tashkil etishning universal usulidir. Ushbu munosabatlar? o’zaro aloqalar «ehtiyojlar», »motivlar», «qadriyatlar» asosida shakllanadi.
M.Veber fikricha, jamiyat – sotsial, ya’ni boshqa insonlarga yo’naltirilgan harakatlar mahsuli bo’lgan insonlar munosabatidir. T.Parsons fikricha esa, jamiyat qadriyatlar va me’yorlar orqali tuziladigan munosabatlar tizimi. K.Marks fikricha esa, jamiyat – insonlarning birgalikdagi faoliyati jarayonida paydo bo’luvchi munosabatlar majmuasidir. Ingliz olimi G.Spenser jamiyatni tirik biologik organizmga analogiya qiladi. Uning fikricha,o’xshashliklar quyidagilardan iborat:
1)Jamiyat tirik biologik organizm singari o’z mavjudligi jarayonida o’sadi va rivojlanadi;
2)biologik evolyusiya jarayonida tirik organizm strukturasi rivojlangani singari jamiyat ham vaqt mobaynida strukturaviy o’zgarishlarga yuz tutadi;
3)biologik organizm kabi sotsial organizmda har bir a’zo o’z funksiyasini bajaradi;
4)biologik organizmning biror a’zosi o’z funksiyasini bajara olmasligi butun organizmga ta’sir qilganidek,jamiyatning biror bo’\ini faoliyatini olib bormasa,butun jamiyat krizisga uchrashi mumkin.
Ba’zan davlat va jamiyat tushunchalari bir ma’noda ishlatiladi.Lekin ular o’rtasida muayyan farqlar mavjud.Jamiyat davlatga nisbatan kengroq tushuncha hisoblanadi.Davlat taraqqiyotning mehnat taqsimoti davrida vujudga kelgan,jamiyat hayotini tartibga solish mAqsadida paydo bo’lgan,ma’lum kishilardan tashkil topgan katta sotsial guruhdir. K.Marks fikricha, davlat-ko’pchilikni ozchilikka bo’ysindiruvchi apparatdir. Mamlakat – davlat suverenitetidan foydalanuvchi va hududiy chegaralarga ega bo’lgan dunyoning bir qismi yoki hududi.
|
| |