|
Ta`lim texnologiyasi tuzilishini tushuntirish Reja: Ta’lim texnologiyasining maqsadi va vazifalari
|
bet | 31/80 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 1,93 Mb. | | #117182 |
Bog'liq Axborot texnologiyaMicrosoft Office ning o’zbek tilidagi varianti yo’qligi, uning faqat ingliz va rus tilida yaratilgan lahjalaridangina foydalanish imkoniyatiga ega ekanligimizdan mazkur fikrlar Microsoft Access ning ruscha lahjasiga tayanib yozilgan. Microsoft Access dasturi ham relatsion modellar asosiga qurilgan bo’lib, unda tashkil qilinadigan MBlar jadval ko’rinishida aks etadi. Bunday jadvaldagi ustunlar maydon deb, satrlar esa yozuv deb ataladi.
Maydon – ma’lumotlarni tashkil etishning oddiy birligi bo’lib, ma’lumotning alohida, bo’linmas birligiga egaligi rekvizitga mos keladi.
Yozuv–mantiqiy bog’langan rekvizitlarga mos keluvchi maydonlar yig’indisidir. Yozuvning tuzilishi o’z tarkibiga mos har bir oddiy ma’lumotga ega maydonlar tarkibi va ketma-ketligi bilan belgilanadi.
Demak, maydon MBning asosiy tuzilmali elementi bo’lib quyidagi parametrlar bilan ifodalanadi:
-uzunligi (belgi va simvollarda ifodalanib baytlarda o’lchanadi),
- nomi (maydonning o’ziga xos alohida xususiyati),
- подпись- imzo (ustun sarlavhasi haqida ma’lumot).
Maydonlar xususiyatiga va tarkibiga qarab quyidagi turlarga bo’linadi:
1. Matnli maydon.
2. Sonli maydon.
3. Vaqt va sanani ifodalovchi maydon.
ARXIVLASH DASTURLARI
Reja:
KIRISH
Arxivlash dasturlari haqida ma’lumot
Fayllarni arxivlash
Arxiv fayllarini ochish
XULOSA
ADABIYOTLAR
KIRISH
Arxivlash dasturlari — diskda joyni tejash maqsadida fayllar hajmini kichraytirishga imkon beruvchi dasturlar. Ular turlicha ko'rinishda ishlatilsa-da, ishlash tamoyili bir xil: fayllarda aynan takrorlanadigan o'rinlar mavjud bo'lib, ularni diskda to'liq saqlash mazmunsizdir. Arxivlash dasturlarining vazifasi takrorlanadigan shunday bo'laklarni topib, ularning o'rniga boshqa biror ma'lumotni yozish hamda ular-ning ketma-ketligini aniq ko'rsatishdan iboratdir. Bundan ko'rinadi-ki, turli fayllar uchun ularning siqilganlik darajasi turlicha bo'ladi. Masalan, matn yozilgan fayllar 2 martagacha siqilsa, rasmlarni tas-virlovchi fayllar to'rt, hatto besh martagacha siqiladi. Dasturlar ifo-dalangan fayllar esa juda kam—1% ga yaqin siqiladi. O'rtacha qilib aytganda arxivlash dasturlari fayllar hajmini 1,5—2 harobar qisqartirishga imkon beradi.
Arxivlash dasturlari anchagina. Ular qo'llaniladigan matematik usullar, arxivlash, arxivni ochish tezligi va eng asosiysi, siqish samaradorligi bilan bir-biridan farq qiladi. Arxivlash dasturlaridan yetarli darajada tez va yaxshi ishlaydiganlari PKZIP, LHARC, ARJ, RAR dasturlaridir.
Arxivfayl yagona faylga birlashtirilgan bir yoki bir necha faylning siqilgan holdagi ko'rinishi bo'lib, undan kerakli hollarda fayllarni dastlabki ko'rinishda chiqarib olish mumkin. Arxiv fayli undagi fayllar nomlarini ko'rsatuvchi mundarijaga ega bo'ladi. Arxivda joylashgan har bir fayl haqida ma'lumot beruvchi mundarijada quyidagilar joylashgan bo'ladi:
— fayl nomi;
— fayl joylashgan katalog haqida ma'lumot;
— fayl o'zgartirilganligini ko'rsatuvchi sana va vaqt;
— faylning diskdagi, arxivdagi o'lchami va parametrlari. PKZIP / PKUNZIP va ARJ dasturlari arxiv fayllarining nomlari,
odatda quyidagi kengaytmalarga ega bo'ladi:
ZIP - PKZIP / PKUNZIP dasturlari arxiv fayllari uchun; ARJ — ARJ dasturi arxiv fayllari uchun.
|
| |