Ta`lim texnologiyasi tuzilishini tushuntirish Reja: Ta’lim texnologiyasining maqsadi va vazifalari




Download 1,93 Mb.
bet33/80
Sana12.12.2023
Hajmi1,93 Mb.
#117182
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   80
Bog'liq
Axborot texnologiya

arj e matn yoki Iharc e matn yoki pkunzir matn
Arxivlarni ochishda faqat oxirgi buyruqda PKZIP o'rniga PKUNZIP dasturi bajarilishini ko'rish mumkin.
Mazkur buyruqlarning bajarilishida fayllar arxivdan ketma-ket chiqariladi va joriy katalogga yoziladi. Navbatdagi biror faylni arxivdan chiqarishda mazkur katalogda shu nomdagi fayl mavjud bo'lsa, kompyuter «Eski faylning ustiga yozaymi?» deb so'raydi. Agar savolga Y (Yes) deb javob berilsa, eski fayl o'rniga yangisini yozadi, aks holda «Arxivdan chiqarilayotgan faylga yangi nom berish kerakmi?» deb so'raydi. Kerak bo'lsa, qanday nom berilishi ham ko'rsatiladi.
arj e matn-u
buyrug'i yordamida mazkur katalogda bo'lmagan va yangiroq versiyasi (saqlangan vaqti bo'yicha) mavjud bo'lgan fayllar arxivdan chiqari-ladi. Bunda yangilanadigan fayllarning har birida eskisining o'rniga yozish mumkinligiyoki yangi nom bilan yozish kerakligi haqida so'raladi.
Katalogda mavjud eski versiyadagi fayllarni arxivdagi yangi versiyasi bilan kompyuterning so'rovisiz almashtirish ham mumkin. Bu maqsadda buyruq ko'rinishi quyidagicha beriladi:
arj e matn -u - у
Boshqa katalog yoki diskda bo'lgan arxiv fayllarni ochib, undagi fayllarni boshqa katalog yoki diskka joylashtirish mumkin. Buning uchun arxiv fayl joylashgan o'rin va undagi fayl joylashishi lozim bo'lgan o'rin buyruqda to'liq ko'rsatiladi.
Masalan: arj с a:\matn.arj c:\archive
Arxivatsiya protsessini ma`lum ma`noda boshqarsa bo`ladi. Buning uchun boshqarish elementlari Arxivga ko`shish - Add oynasida aks ettirilgan.
Fayllarni yangilash tartibi. Bu tartib Harakat ochiladigan ro`yxatida joylashadi. To`rt xil tartib aks etgan.
Add and replace files - Belgilangan fayllarni arxivga qo`shish. Barcha, arxivga qo`shish uchun belgilangan fayllar arxivga qo`shiladi. Agar qandaydir bir xil nomli fayllar arxivda bor bo`lsa, ular yangilariga o`zgartiriladi. Bu tartibdan ko`prok qo`llaniladi.
Freshen existing files - Arxivni yangilash. Bu holatda arxivga barcha belgilangan fayllar tushmaydi, faqatgina shu arxivda borlarigina yangilanadi, xolos.
Move files - Arxivga ko`chirish. Bu tartibda arxivni yangi fayllar bilan to`lishi, fayllarni chiqish jildidan ko`chirish yo`li bilan bajariladi. Bu tartib, arxiv chiqish fayllari joylashgan jildda tuzilganda qulaydir. Arxivni ishonchli axborot saqlovchi yumshoq disklarda tuzganda bu tartib ko`llanilmaydi.
Update and add files - Yangilash va qo`shish. Yangilash tartibidan farqi shundaki, arxivga nafaqat oldindan mavjud fayllar hamda boshqa belgilangan fayllar ham qo`shiladi.
Siqish darajasi – Compression. Siqish darajasini ochiluvchi ro`yxat Compression yordamida boshqariladi. Ro`yxatda siqishning besh xil darajasi ko`rsatilgan:
Maxsimum - maksimal siqish;
Normal - oddiy siqish darajasi;
Fast - tez siqish;
Super fast - juda tez siqish;
None - siqmasdan. Bu tartib eng katta ish tezligiga egadir. Bu tartibdan, faqat uzun faylni kichik bo`laklarga «kesish» hamda yumshoq disklarda uzatish uchun, asosan agar chiqish fayli avval o`zga vositalar yordamida siqilgan bo`lsa qo`llaniladi.
Ko`pgina hollarda Normal o`rnatilgani maqsadga muvofiqdir.
Bir necha disklarga taqsimlangan tartibli arxiv tuzish. Bunday tartibni boshqarish faqat arxiv ko`chma axborot tashuvchilarda tuzilganda mumkindir. Tartibni tanlash ochiluvchan ro`yxat Taqsimlangan arxiv - orqali amalga oshiriladi.
Ro`yxatda uzun arxivni taqsimlashni uch tartibi keltirilgan:
- Avtomaticheskoe razbienie - Avtomatik tarzda bo`lish. Diskda bo`sh joy tugashi bilan dastur yangi disk kiritishni taklif etadi va arxivlashni davom ettiradi;
- Birinchi tartibni xuddi o`zi lekin birinchi disk uchun mavjud bo`lgan barcha axborotni o`chirib tashlashni taklif etadi. Ikkinchi va keyingi disklarni ham avtomatik ravishda tozalash mumkin. Buning uchun yangi disk kiritish axboroti mavjud muloqot oynasida arxivni yozishdan avval diskdagi mavjud fayllarni o`chirib tashlashni belgilash kerak;
Jildlar haqida axborot saqlash jildlar - boshqarish elementlari guruhi orqali bajariladi.
Bu erda ichki diriktoriyalarni yoqish - avvalo belgilash shart.
Agar belgilamasak ichki jildlardagi mavjud barcha fayllar, arxivda bitta to`plamga tushib qoladi.
Bunda bir xil nomli fayllari yo`qolib ketishi ehtimoldan xoli emas.
- Jildlar haqida qo`shimcha axborotlarni saqlashni - belgilash, olingan axborotlar bilan birgalikda qaysi jilddan olinganligi haqida qo`shimcha axborotlarni saqlashga imkoniyat tug’diradi.
Fayl atributlari haqida ma`lumot guruhini belgilash yo`li bilan bajariladi.
Bu ma`lumotlardan berilgan axborotlarni arxivlashni avtomatik sistemani tuzishda qo`llaniladi.
Reset archive attributes - belgisi, arxivga qo`shilayotgan barcha fayllardan majburan (Archive) belgisini olib tashlashni ta`minlaydi.
Include system andhiden files - belgisi arxivga atribut hidden yoki system atributli fayllarni qo`shishni ta`minlaydi.

Download 1,93 Mb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   80




Download 1,93 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ta`lim texnologiyasi tuzilishini tushuntirish Reja: Ta’lim texnologiyasining maqsadi va vazifalari

Download 1,93 Mb.