UZLUKSIZ TA'LIM JARAYONIDA BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARINING AXBOROT KOMPONENTLARINI KASBIY TAYYORGARLIGINI TUSHUNTIRISH
REJA:
KIRISH
BARQAROR RIVOJLANISH SHARTLARI
EKOLOGIK XAVFSIZLIK TUSHUNCHASI
O'ZBEKISTONNING EKOLOGIK BARQAROR RIVOJLANISH
EKOLOGIK XAVFSIZLIK VA BARQAROR RIVOJLANISHNING EKOLOGIK JIHATLARI
EKOLOGIK XAVFSIZLIKNI TA’MINLASH MASALALARI
XULOSA
ADABIYOTLAR
KIRISH
Barqaror rivojlanish- shaxs va jamiyat hayotini tashkil etishning yangi modeli. Barqaror rivojlanishning zamonaviy konsepsiyasi atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan samarali foydalanishni ijtimoiy va iqtisodiy muammolar bilan birga hal etishga chaqiradi. Mahalliy, milliy, mintaqaviy va global boshqaruvni nazarda tutadi. YUNESKO tashkilotining sobiq bosh kotibi F.Mayor fikricha, "Kishilar va tabiat o’rtasidagi iqtisodiy munosabat shakli ekologik beqarorlikni keltirib chiqaradi, bu esa o’z navbatida barqaror bo’lmagan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga olib keladi".
XX asrning 50-yillaridan boshlab ekologik muammolar o’z kuchini ko’rsata boshladi. Insoniyat o’zining nisbatan qisqa (5 mln. yillik) tarixiy bosqichi davomida yer yuzidagi o’rmonlarning 2/3 qismini kesib, 6 mlrd. ga unumdor tuproqlarni qishloq xo’jalik fondidan chiqarib, 70% dan ortiq suv manbalarini ifloslantirib, atmosfera havosiga is gazi miqdorini 20 mln. tonnagacha oshirib, ozon tuynugini AQSH mamlakati yer maydoniga teng holda ochgan edi. Insoniyat rivojlanib borayotgan bir paytda bunday ayanchli holatlar tushunarsiz edi va shu maqsadda ,,Rim klubi” tuzildi. Bu klub rejalari o’zini uncha oqlamagani 1972-yil 5-iyunda Shvetsiya poytaxti Stokgolmda ,,Atrof-muhitni muhofaza qilish” konferensiyasi chaqirilishiga sabab bo’ldi. Unda 5ta muhim qaror va hujjat qabul qilindi:
,,Stokgolm deklaratsiyasi” da atrof-muhitni milliy, regional va xalqaro miqyosida muhofaza qilishning 26 prinsipi ko’rsatildi.
,,Tadbirlar rejasi” 109 banddan iborat bo’lib, unda davlat va xalqaro hamjamiyat o’rtasida atrof-muhit muhofazasining tashkiliy, siyosiy, iqtisodiy masalalariga e’tibor berilgan.
Stokgolm konferensiyasi tavsiyasiga ko’ra BMTning Bosh Assambleyasi Xalqaro atrof-muhitni muhaofaza qilish dasturi- YUNEP ni tuzdi, uning qarorgohi Keniya poytaxti Nayrobida joylashgan.
Konferensiyaning ochilish kuni (5-iyun) har yili Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni sifatida nishonlanadigan bo’ldi.
Konferensiya qarori bilan Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish jamg’armasi tuzildi.
1975-yil Xelsinkida 35 ta Yevropa davlatlari va AQSH, Kanada ishtirokida o’tgan Yevropa xavfsizlik va hamkorlik Kengashi (OBCE) da "Yakunlovchi hujjat” qabul qilindi. Mazkur hujjatda butunjahon bo’yicha ekologik xavfsizlikni ta’minlash ham milliy, ham global miqyosidagi masala qilib ko’rsatilgan.
Dunyo hamjamiyatining yangi barqaror rivojlanish konsepsiyasi birinchi marta 1987-yil BMTning Butunjahon atrof-muhit va rivojlanish bo’yicha Komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Mazkur komissiya o’zining GRO HARLEM BRUNDTLAND ma’ruzasi nomini olgan ,,Bizning umumiy kelajagimiz” ma’ruzasida barqaror rivojlanish konsepsiyasi modeli yaratildi.
Bosh Assambleyaning 1989-yil dekabrdagi 44/428-sonli rezolutsiyasida barqaror rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish maqsadida BMTning maxsus konferensiyasini chiqarish to’g’risida qaror qabul qilindi.
Barqaror rivojlanish konsepsiyasi-bir me’yorda rivojlangan davlatlar va butun jahon hamjamiyatining xususiyat, mohiyat va tarkibiy qarashlar tizimidir. Ekologik muammolar biror davlat faoliyatiga bevosita bog’liq emasligini Orol va Orolbo’yi muammosi misolida ko’rish mumkin. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov BMTning 48, 50,55-sessiyalarida ushbu muammo nafaqat O’rta Osiyo davlatlarinig, balki butun dunyo hamjamiyatining muammosi ekanligini aytgandi, chunki Orol muammosi dunyo ekologik holatini yanada keskinlashtirishi mumkin. BMTning Rio-de-Janeyrodagi konferensiyasida qabul qilingan "Atrof-muhit muhofazasi va rivojlanishiga doir deklaratsiya"da - "Inson haqida g’amxo’rlik- barqaror rivojlanish faoliyatini ta’minlashning markaziy bo’g’inidir. Odamlar sog’lom yashash va tabiat bilan uyg’unlashish orqali unumli mehnat qilish huquqiga egadirlar", - deb aytilgan edi.
Yangi barqaror rivojlanish konsepsiyasida inson va tabiatning uyg’unlikda rivojlanishi uchun quyidagi asosiy qoidalar nazarda tutilgan:
► davlatlarning tabiiy resurslardan foydalanishdagi suveren huquqi boshqa davlatlar atrof-muhitiga zarar qilmasligi kerak.
► davlatlar yoki alohida transcontinental kompaniyalarning rivojlanish huquqi hozirgi va kelajak avlodning atrof-muhit muhofazasi sohasidagi ehtiyojlarini adekvat darajada qondirishi kerak.
► barqaror rivojlanishda atrof-muhit muhofazasi taraqqiyot jarayonining bir qismi hisoblanadi va undan ajralgan holda muhokama qilinmasligi kerak.
► rivojlanayotgan va o’tish davri iqtisodiyotida turgan davlatlarda ekologik muammolarni birlamchi masalalar turkumiga kiritish lozim, shu uchun ham ularda tabiiy resurslarni konservatsiya qiluvchi (saqlovchi) xo’jalik tarmoqlarini rivojlantirish kerak.
► har bir davlat atrof-muhit holati uchun javobgar.
► tabiiy xomashyolarni qazib olish, ishlab chiqarish va qayta ishlash ilmiy jihatdan asoslangan bo’lishi va bu jarayonda ilg’or texnologiyalardan foydalanish kerak.
Barqaror rivojlanish konsepsiyasi yuqorida keltirilgan atrof-muhit muhofazasiga qaratilgan prinsiplarni amalga oshirish tufayli, xalqaro hamjamiyatning hamkorligiga va bir maromda rivojlanishiga xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytganda, barqaror rivojlanish – kelajak avlod ulushini saqlagan holda hozirgi zamon kishisini ekologik xavfsiz, iqtisodiy ta’minlangan va ijtimoiy muhofazalangan munosib hayot tarizini ta’minovchi jarayon hisoblanadi.
L.Yu.Xotunsevning fikricha- alohida shaxs, jamiyat va tabiat obyektlarini kuchli darajadagi xavf-xatardan himoyalanganlik darajasi bo’lib, uning asosiy mezoni kelajakda yoki hozirda sodir bo’luvchi tabiiy yoki ijtimoiy xatardan qarshi chiquvchi qo’rquv hissidir. Lekin bugungi kunda xavfsizlik keng ma’noli tushuncha bo’lib. Birinchidan, u nafaqat inson, jamiyat va davlat, balki tabiat va uning elementlari nuqatayi nazardan ham qaralishi mumkin. Chunki ekologiya nafaqat insonlar, balki barcha tirik organizmlar o’rtasidagi va ularni atrof muhit bilan bo’lgan munosabatlarini o’rganadi. Ikkinchidan, xavfsizlik nafaqat texnogen
yoki tabiiy favqulotda holatlar va jarayonlardan organizmlarning saqlanganlik darajasi, balki u ko’zga ko’rinmas hamda bilvosita ta’sir etuvchi hodisalar orqali ham vujudga kelishi mumkin. Masalan, issiqxona samarasi tufayli iqlimning sekin isib borishi va uni natijasida cho’llashish jarayonini yuzaga kelishi. Oqibatda cho’llangan yerlarda o’simlik va hayvonot dunyosining tur va xillari kamayishi, ya’ni biologik xilma-xillikning degradatsiyalashuvi va insoniyat uchun noqulay ekologik sharoitlarni yuzaga kelishi. Ha, bu eko xavfga kiradi, lekin u ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma’rifiy ta’sirga ham ega bo’lishi mumkin. Shuning uchun ,,xavfsizlik” tushunchasi ma’lum bir fanga yoki tarmoqqa tegishli emas.
Ekologik xavfsizlik tushunchasini turlicha ta’riflaydilar. Masalan, N.F.Reymers ekologik xavfsizlikka 2 xil yondashgan: 1) tabiat obyektlar, alohida inson uchun zarar olib kelmaydigan faoliyatlar 2) yer shari va turli mintaqalarda insoniyatni tabiiy-texnogen tayyorgarligi darajasida eko muvozanatni ta’minlovchi faoliyatlar.
Ekologik xavfsizlik- organizmlar va ularning yashash muhitini tabiiy va antropogen omillar ta’siri tufayli turli miqyosida va tezlikda yuzaga keluvchi salbiy holatlardan saqlanganlik darajasi. Mazkur ta’rifda ham ekologiyaga, ham xavfsizlikka oid iboralar bilan ifodalangan.
Barqaror rivojlanishga o'tishda davlat siyosatining tayanch prinsiplari:
- demokratik qayta tuzish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish;
- bozor munosabatlarini rivojlantirish asosida iqtisodiy o'sish;
- atrof-muhit sifatini ta’minlash va tabiiy tizimni saqlash;
- madaniy va tarixiy meros salohiyatini rivojlantirish.
Hozirgi vaqtda O'zbekiston uchun xarakterli bo'lgan ekologik holat, tashqi va ichki omillar ostida shakllanmoqda.
a)tashqi omillar bilan bog'liqlik:
- O'zbekistonning o'rta qismida joylashgan, ko'proq qo'shni davlatlar ta’siriga duchor bo'lgan transchegaraviy Amudaryo va Sirdaryo daryolari;
- suv resurslarining chegaralanganligi, xususan asosiy qismi (85% ko'proq) iste’mol resurslari respublikadan tashqarida shakllanadi;
- suv resurslarining tanqisligiga olib kelishi mumkin bo'lgan «iqlim o'zgarishi» va bug' effekti» kabi dunyo miqyosidagi muammolar ta’siri;
- mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarining o'zgarishiga ta’sir ko'rsatuvchi Orol dengizining qurishi,
- atrof-muhitning transchegaraviy ifloslanishiga quyidagilar taalluqli:
- to'g'onlarni buzilish xavfi;
- Qirg'iziston Respublikasi hududida joylashgan ifloslantiruvchi moddalar chiqindilari saqlanadigan yoki to'planadigan joy (xvostoxranilishe) va tog' jinslari uyumlaridan atrof-muhitni transchegaraviy radiatsion ifloslanishi;
- Tojikiston Respublikasi hududida joylashgan kimyo kombinati va alyuminiy zavodi faoliyati natijasida transchegaraviy ifloslanish;
- Markaziy Osiyo davlatlari hududida bioxilma-xillikning kamayishi.
b)ichki omillar bilan bog'liqlik:
- suv resurslarining chegaralanganligi va ifloslanishi;
- yerning meliorativ holatining yomonlashuvi, kamayishi, tuproqning tanazulga uchrashi, gumusning kamayishi, tuproqning sho'rlanishi va eroziya, cho'llanish;
- yerga iqtisodiy va demografik yuk bilan zo'r berish;
- aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash muammolari;
- sanoat ob’yektlarining yuqori darajadagi konsentratsiyalari bilan shaxarlarda atmosfera xavosining ifloslanishi;
- sanoat va maishiy chiqindilarni qayta ishlash va utilizatsiya qilish masalalari.
O'zbekiston uchun Orol dengizi xavzasidagi ekologik inqirozdan o'tish, Orolbo'yining tabiiy biologik fondini saqlash muhim muammo bo'lib qolmoqda.
Respublikaning ekologik siyosati tabiatning alohida ob’yektlarini himoya qilishdan ekotizimlarni umumiy himoya qilishga o'tishni amalga oshirishga, insonni qulay yashash hayot muhiti parametrlarini kafolatlashga, barqaror rivojlanish shartlaridan biri bulgan iqtisodiy- xo'jalik kompleksi va umuman jamiyatni rivojlantirishga yunaltirilgan.
Ko'rib chiqilayotgan yillarda (2008-2011 yy.) quyidagilar ustuvor yo'nalishlar bo'ldi:
- atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanishni tartibli boshqaradigan, tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi tizimini tashkil qilish va yanada rivojlantirish;
- tabiatdan foydalanishni rejalashtirish va oldindan aytib berish, ekologik dasturlarni, atrof muhitni muhofaza qilish va barqaror tabiatdan foydalanish sxemalarini ishlab chiqish;
- resurs tejaydigan ekologik toza texnologiyalarni ishlab chiqish va tadbiq qilish, mavjud ishlab chiqarish jaryonlarini modernizatsiya qilish va takomillashtirish;
- tabiiy resurslardan oqilona va kompleks rivojlantirish (suv, yer, mineral - xom ashyo, biologik);
- atrof-muhit holati ustidan monitoring yagona tizimini takomillashtirish, atrof-muhit sifatini baholash va ekologik rayonlashtirish;
- ekologik nazorat va me’yorlashtirish tizimini takomillashtirish;
- Orolbo'yida ekologik holatni sog'lomlashtirish bo'yicha choralarni ko'rish;
- Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan samarali foydalanish doirasida xalqaro xamkorlikni rivojlantirish;
- ekologik ta’lim va tarbiya tizimini rivojlantirish va takomillashtirish.
Atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha Milliy harakat Rejasi (AMMQMHR) asosida barqaror rivojlanishga erishish uchun tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishning boshlang'ich bosqichi hisoblangan «1999-2005 yillarda O'zbekiston Respublikasida atrof muhitni muhofaza qilish ishlari Dasturi» amalga oshirildi.
Ushbu dastur «2008-2012 yillarda O'zbekiston Respublikasida atrof muhitni muhofaza qilish ishlari Dasturi» atrof-muhitni muhofaza qilish Milliy harakat Rejasining (AMMQMHR) maqsadli vazifalarini amalga oshirishni davom ettirish va rivojlantirish imkonini berishga yo'naltirilgan dastur hisoblanadi.
2008-2012 yillarga mo'ljallangan harakat Dasturdagi vazifalarni belgilashda, O'zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy va xo'jalik islohotlarini, shuningdek hududlarni tuzilishini hisobga olgan holda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun sharoit yaratishga ko'maklashishga asoslandi.
Dastur quyidagi asosiy yo'nalishlarni o'z ichiga qamrab olgan:
- atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash;
- tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va xo'jalikni boshqarishda ekologik uslublarni tadbiq qilish;
- me’yoriy-huquqiy baza, ekologik fan, ta’lim va tarbiyani rivojlantirish;
- xalqaro hamkorlik va mintaqaviy ekologik xavfsizlik.
2008-2011 yillar mobaynida ushbu Dasturda belgilangan ko'plab tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini bajarish ta’minlandi.
O'zbekiston Respublikasida ekologik siyosat natijalaridan biri inson sog'ligi uchun xavf-xatarlilik darajasi yuvori hududlarda atrof- muhit sifatini yaxshilash va ekotizimni barqarorlashtirish shakllandi.
Orol bo'yida ekologik vaziyatni yaxshilash bo'yicha faol tadbirlarni - mahalliy suv xavzalarining qurilishi, mintaqaviy ichimlik suvi bilan ta’minlash amalga oshirildi, Orol dengizining qurigan qismida mahalliy tuz- changlarni mustahkamlashni shakllantirish bo'yicha ishlar amalga oshirildi.
Tashkilotlar va korxonalar 85,8 ming donadan ortiq avtotransport vositalarini gaz yoqilg'isiga o'tkazishni amalga oshirdilar va natijada atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar tashlamalari 46,3 ming tonnaga qisqardi; qo'rg'oshinli avtobenzidan foydalanishni to'la bartaraf etishga erishildi va Farg'ona neftni qayta ishlash zavodida etilsiz benzin chiqarish yo'lga qo'yildi. Asosiy ifloslantiruvchi moddalar tashlamalari aholi jon boshi hisobiga oxirgi 5 yilda (2007-2011 yy.) 5%dan ko'prokka, shu jumladan: oltingugurt oksidi - 5,2%, qattiq zarrachalar - 13%, uglerod oksidi -10,1%ga qisqardi.
Paxta ekinlari maydonlari qisqartirildi va tizimli ekinlar 36,2%ni tashkil qildi (2010 y.), tog'-kon ishlari olib borilishi natijasida buzilgan 4380 gektar rekultivatsiya qilingan yerlar foydalanishga qaytarildi,1200 gektar maydonda yerlarning meliorativ holati yaxshilandi, yerlarning sho'rlanish maydonlari tendensiyasi kamayganligi qayd etildi. Tuproq ifloslanish darajasining kamayishi hisobiga ularning hosildorligi ortmoqda.
Milliy qo'riqxonalar, bog'lar, buyurtmaxonalar, ekomarkazlar (shu jumladan «Jayron» ekomarkazi) va boshqa muhofaza etiladigan tabiiy hududlar rivojlantirilmoqda, Sirdaryo daryosining qayrida to'qay kompleksini saqlash uchun «Sayxun» xo'jaligini tiklash bo'yicha ishlar bajarildi; muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni rivojlantirish va biologik resurslardan barqaror foydalanish bo'yicha ishlar amalga oshirildi; baliqlarni himoya qilish inshootlari loyihasi ishlab chiqildi; baliqlarni mahsulodorligini va ularni iqtisodiy baholash ishlari yakuniga yetkazildi; respublika suv xavzalaridagi 32 ta muhim baliq xo'jaliklarining pasportlari tuzildi.
Ozonni buzuvchi moddalardan foydalanishni qisqartirish bo'yicha Milliy dastur mamlakatda barqaror rivojlanishga o'tishning Milliy strategiyasi amalga oshirilmokda. Atrof-muhit muhofazasi
doirasida me’yoriy-huquqiy baza va qonunchilikni takomillashtirish bo'yicha
ishlar davom ettirilmoqda, O'zbekiston Respublikasida barqaror rivojlanish maksadlarida ta’limning yangi Konsepsiyasi ishlab chikildi.
Iqtisodiyotni qayta rivojlantirish uchun ekologik barqarorlik yo'nalishidagi ustuvor ishlarni amalga oshirish bo'yicha, ekologik barqaror atrof-muhit holatini ta’minlashga kafolatli xizmat qiluvchi, tabiat bilan hayot munosabatlarining yangi sifatli tizimini bosqichma-bosqich shakllantirish imkonini beruvchi, mos holdagi tashkiliy-huquqiy yordam va maqsadli yo'naltirilgan siyosat zarur.
Asosiy yo'nalishlarga quyidagilar taaluqli:
- ekologik va iqtisodiy siyosatni integratsiyalash, bozor tizimida ekologik omillarni samarali integratsiyalash;
- tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning yuqori ustuvorligini ta’minlash;
- respublikada va alohida mintaqalarda tabiiy resurslar salohiyatini takror ishlab chiqarishni kengaytirish;
- tabiiy resurslar potensiali va atrof-muhitni tiklash va takror ishlab chiqarish, muhofaza qilish uchun moliya resurslarini shakllantirish;
- atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishda tabiatdan foydalanuvchilarning iqtisodiy manfaatdorligi.
Hozirgi davrda O'zbekistonda barqaror rivojlanishning kechiktirib bo'lmaydigan istiqbollari uchun zamin yaratildi va iqtisodiyotning asosiy sektorini rivojlantirish uchun baza shakllantirildi, mamlakatda jahon iqtisodiyotiga integratsiyalash ishlari olib borilmoqda va uni chuqurlashtirish global rivojlantirish tendensiyasiga ta’sirni kuchaytiradi.
Shunday kilib, mamlakatni rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyasi va ekologik siyosatini shakllantirishda, bu tendensiya va ko'proq mumkin bo'lgan global takliflarni to'la va kompleks hisobga olish muhim.
Bu kontekstda barqaror rivojlanishni ta’minlashning samarali vositalaridan biri mamlakatning «yashil» iqtisodiyotga o'tishi hisoblanadi. BMTning ta’rifi bo'yicha «yashil iqtisodiyot» - bu ekologik xavfni va tabiiy resurslar tanqisligini kamaytirib, ijtimoiy adolatni va insonlar farovonligini oshirishni ta’minlash imkonini beradigan, iqtisodiy tizim.
«Yashil» iqtisodiyot, resurslarni batomom sarflash talab qilinmaydigan, foydali qazilmalardan minimal foydlanish, suv va yer resurslaridan samarali foydalanish (to'liq tiklash), kelgusida tabiiy muhitning tarkibiy qismlarini va texnologiyalarni jamiyat va inson faoliyatida foydalanish va o'zlashtirish, quyidagi sektorlar bo'yicha faollik taqazo etiladi:
- qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish (quyosh, shamol, geotermal energiya, biogaz);
- UJKX sektorini «ko'kalamzorlashtirish» (samarali energiya va suv ta’minoti bilan «yashil» binolar);
- «toza» transportni rivojlantirish (yoqilg'ining muqobil turini qo'llash, elektromobillardan va boshqa «toza» transport vositasidan keng foydalanish);
- chiqindilar boshqaruvini takomillashtirish (qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash, «toza» qadoqlash materiallaridan foydalanish, chiqindisiz texnologiyalarni rivojlantirish);
- suv resurslarini boshqaruv sohasini «ko'kalamzorlashtirish» (suvni tozalash, suv resurslari holati sifatini yaxshilash);
- yer resurslari boshqaruvi sohasini «ko'kalamzorlashtirish» (pestitsid va o'g'itlardan foydalanishni cheklash, qishloq xo'jaligi ekinlarining kasalliklarga barqaror va hosildorligi yuqori navlarini yaratish, tuproq sifatini oshirish);
- bioxilma-xillikni tiklash va saqlash, ixota o'rmonzorlar maydonlarini ko'paytirish.
Shu bilan bir qatorda ekologik masalalar samaradorligining milliy mezonlari, milliy ekologik siyosatning muhim omillari, avvalo Markaziy Osiyoda ekologik faoliyatning umumiy tahlillari va xalqaro munosabatlar, amaliyotda xalqaro prinsiplardan doimiy keng foydalanish, ular o'rnini samarali tavsiflash hisoblanadi. Shu bilan birga, Orol dengizi xavzasidagi ekologik muammolarni hal etish, Markaziy Osiyo davlatlarining siyosiy va iqtisodiy rivojlanishi, mintaqalarda ekologik vazifalarga kompleks-tizimli nuqtai nazardan amaliy natijalarga erishish, shubxasiz, ustuvor va muhim qismlaridan biri hisoblanadi.
Mintaqadagi ekologik vaziyatni sog'lomlashtirish va rivojlantirish uchun mamlakatlar o'rtasida ekologik siyosatni integratsiyalash, hamjihatlik, bir-birini tushunish, o'zaro yordam, shuningdek bir-biriga nisbatan to'la ishonchli sherikchilik, milliy va umummilliy munosabatlarni uzviy bog'liqligi, ekologik va siyosiy ehtiyojlarni tushunishda, har bir mamlakat o'z hissasini qo'shishga doimiy tayyor turishni taqazo etadi.
Markaziy Osiyo davlatlarida ekologik siyosatni integratsiyalash tendensiyasi, alohida davlatlarning asosiy ehtiyojlarini ifodalab, xususan, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish mezonlari va ob’yektiv qonuniyatlarga asoslanganlik sifatida ko'rinadi.
Shunday qilib, ekologik siyosat va xavfsizlikni shakllantirishga navbatdagi metodologik yondoshuvni qayd qilish lozim.
Tabiiy omil - atrof-muhitni barcha omillar tarkibini hisobga oluvchi (havo bo'shlig'i va atmosfera, yer va suv resurslari, bioxilma-xillik, iqlim o'zgarishi va boshqalar.).
Barqaror rivojlanish omili - iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik siyosatni o'zaro ta’minlovchi va o'zaro to'ldiruvchi omil sifatida qabul qiluvchi.
Integratsiyalashgan - Markaziy Osiyo davlatlarida ekologik siyosatni shakllantirish va transchegaraviy muammolarni o'zaro alohida davlatlararo ko'rib chiqish.
Ekologik siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekologik xavfsizlikni ta’minlash hisoblanadi. Davlatimiz rahbari I.A.Karimov haqli ravishda e’tirof etganidek, “Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachonlar milliy va mintaqaviy doiradon chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan. Tabiat va inson o‘zaro muayyan qonuniyatlar asosida munosabatda bo‘ladi. Bu qonuniyatlarning buzilishi o‘nglab bo‘lmas ekologik falokatlarga olib keladi”. Hozirgi paytda respublikada istiqbolga, ya’ni atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy zahiralardan oqilona foydalanish bo‘yicha 2000-2005 yillar va 2010 yillargacha mo‘ljallangan Davlat dasturi ishlab chiqilgan. Tabiatdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish sohasidagi butun faoliyat ana shu dastur 14 Материалы ИК МФСА. ПБАМ-2. http://ec-ifas.org/index.php/ru/2010-05-17-12-51-57/asbp-2/80- -2?format=pdfasosida tashkil etilgan. Dasturda respublikada ekologik vaziyatni sog‘lomlashtirish, yirik shaharlar va shahar aglomeratsiyalari kabilarda ekologik keskinlikka barham berish yo‘llari belgilangan”. Ekologik xavfsizlik – atrof tabiiy muhit holatini organizmlarning hayotiy zarur ehtiyojlariga javob bera olishi yoki insonlar uchun sog‘lom, toza va qulay tabiiy sharoitga ega atrof muhit holati. Ekologik xavfsizlik muayyan davlat milliy xavfsizligining asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Lekin uning boshqa element (omil)lardan farqi (terrorizm, korrupsiya, qurolli to‘qnashuv...) yashirin, ko‘z ilg‘amas tarzda namoyon bo‘lishidadir. SHuning uchun ham “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunning 4-moddasiga ko‘ra tabiatni muhofaza qilish vazifalarini hal etishda oshkoralik prinsipini qo‘llash ifoda etilgan. Ekologik xavfsizlik ekologik barqarorlikni ta’minlaydi. Ekologik barqarorlik – inson faoliyati va tabiat “injiqlik”lari (zilzila, toshqin, sunami va h.k.)ning atrof muhitga salbiy ta’sir etmaydigan darajasi, ya’ni ma’lum bir hudud, kenglik va mintaqada ekologik xavfsiz muhit holatining bir me’yorda ushlab turilishi. Ekologik barqaror bo‘lgan joylarda ekologik tizimdagi modda va energiya almashinuvining tabiiy holatda kechuvi saqlanib turiladi, ekotizimlarda tirik organizmlarning “immun” (qarshi turish) qobiliyati yo‘qolmaydi hamda ularning ko‘payish va tiklanish jarayoni tabiiy holda kechadi. 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Milliy xavfsizlik Konsepsiyasi to‘g‘risida”gi qonunida mamlakatimizning ekologik konsepsiyasi berilgan bo‘lib, unda quyidagilarga e’tibor berilgan 1 : - shaxsning hayotiy zarur ehtiyoji bo‘lgan kishilarni sog‘ligini muhofaza qilish va insonlarning turmushi uchun optimal holatdagi ekologik sharoitlarni yaratib berish; - jamiyatning hayotiy zarur ehtiyoji bo‘lgan oilani har tomonlama qo‘llabquvvatlash, mo‘tadil ekologik vaziyatni tashkil etish, aholining sog‘ligini ta’minlash, jismoniy baquvvat avlodni shakllantirish; - davlatning hayotiy zarur ehtiyojlari bo‘lgan barqaror rivojlanish, mintaqaviy iqtisodiy holatni mu’tadillashtirish, sog‘lom hayot tarzini shakllantirish. Shunday qilib O‘zbekiston uchun yagona bo‘lgan shaxs, jamiyat va davlatning hayotiy zarur ehtiyojlaridan biri - ekologik xavfsiz muhit milliy xavfsizlikning ajralmas bir bo‘lagidir. Respublikamiz ekologik siyosatining asosiy maqsadini bajarmoq uchun organik rivojlanish bilan bir qatorda muhofaza qilish va rivojlanish konsepsiyasini qo‘llashni ma’qul deb topgan. Bu degan so‘z shaxs, jamiyat va davlatning ekologik talablarini mintaqalar bo‘yicha iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish talablariga moslashtirish kerak. 1 Национальный доклад “О состоянии окружающей природной среды и использовании природных ресурсов в Республике Узбекистан”. - Ташкент: Chinor ENK, 1998.I.A.Karimovning “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” degan asarida hamda “2005 yilgacha bo‘lgan davrda tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan samarali foydalanishning Davlat dasturi”da yuqorida aytilgan maqsad va konsepsiyalarni amalga oshirishning asosiy chora-tadbirlari quyidagilardan iborat: - ekologik texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish. xalq xo‘jalik tarmoqlaridagi tabiiy jarayonlarning keskin buzilishiga olib keladigan barcha zaharli kimyoviy moddalarni qo‘llash ustidan qattiq nazorat o‘rnatish. Atmosfera havosi va suvlarni insonning hayotiy faoliyati uchun zararli yoki salbiy ta’sir etadigan moddalar bilan ifloslantirishni to‘xtatish; - qishloq xo‘jalik ekinlarini, eng avvalo, g‘o‘zani sug‘orishda suvni tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish. Kollektor-zovur suvlarini daryolar va suv omborlariga tashlashni tartibga solish va oqava suvlarni chiqarib yuborishni batamom to‘xtatish zarur; - sanoat korxonalarida atmosferaga havosiga suv havzalariga va tuproqqa ifloslantiruvchi hamda zararli moddalarni tashlaganlik uchun solinadigan maxsus soliqdan keng foydalangan holda mas’uliyatni oshirish darkor. Ularda zamonaviy, samarali tozalash qurilmalari tizimini joriy etish kerak. Boshlang‘ich xom ashyodan tayyor, pirovard mahsulot olganga qadar kompleks foydalanishga imkon beradigan yangi, zamonaviy, ekologik jihatdan samarali uskunalarni o‘rnatish lozim; - qayta tiklanadigan zaxiralarni qayta ishlab chiqarishning tabiiy ravishda kengayishini ta’minlangan hamda qayta tiklanmaydigan zaxiralarni qat’iy mezon asosida iste’mol qilgan holda tabiiy zaxiralarning hamma turlaridan oqilona foydalanish darkor; - foydali qazilmalardan oqilona foydalanish kerak. Boshlang‘ich xom ashyodan to‘liq foydalanishni ta’minlash darkor va uning uchun eskirgan uskunalarni almashtirish, yangi texnologiyalarni joriy etish, ayrim sexlar, uchastkalar va korxonalarni rekonstruksiya qilish asosida foydali qazilmalarni sanoat usulida yanada to‘liq va oqilona qazib olish muhim vazifadir. Atrof muhitni muhofaza qilish uchun tog‘-kon sanoatining chiqindilarini o‘zlashtirishni yanada kengaytirish hamda buzilgan erlarni qayta yaroqli holga keltirish (rekultivatsiya qilish) muhim ahamiyatga ega; - keng maydonlardagi tabiiy sharoitlarni tabiiy zaxiralardan samarali va kompleks foydalanishni ta’minlaydigan darajada aniq maqsadli, ilmiy asoslangan tarzda o‘zgartirish (daryolar oqimini tartibga solish hamda suvlarni bir havzadan ikkinchisiga tashlash, erning suv-fizik xususiyatlarini yaxshilash, suv chiqarish tadbirlarini va shunga o‘xshash tadbirlarni amalga oshirish) lozim;- jonli tabiatning xilma-xilligini saqlash, tabiiy genofondni madaniy ekinlar va xayvonlarning yangi turlarini ko‘paytirish hisobiga boshlang‘ich baza sifatida saqlab qolish kerak; - qurilish va obodonlashtirishni rejalashtirishning ilmiy asoslangan, hozirgi zamon urbanizatsiyasining barcha salbiy oqibatlarini bartaraf etadigan tizimini joriy etish yo‘li bilan shaharlarda va aholi punktlarda ekologik xavfsiz muhitni tarkib toptirish; - jahon jamoatchiligi e’tiborini mintaqaning ekologik muammolariga qaratish lozim. Orol muammosi bugungi kunda chinakam keng ko‘lamli, butun sayyoramizga daxldor muammo bo‘lib qolganligini, uning ta’siri hozirning o‘zidayoq biologik muvozanatni buzayotganligini, bepoyon hududlarda aholining genofondiga halokatli ta’sir ko‘rsatayotganligini nazarda tutish lozim; - xalqaro tuzilmalarning zaxiralari, imkoniyatlari va investitsiyalarini ana shu muammolarni hal qilishga jalb etish - birinchi darajali vazifadir. Tabiatdan foydalanish va atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishni huquqiy ta’minlashda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi muhim ahamiyat kasb etadi. 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosiy qonun hisoblanib, uning 128 ta moddalarida belgilangan normalar hamma uchun majburiy va eng oliy yuridik kuchga egadir, ya’ni barcha huquq me’yorlari va qoidalari unga zid bo‘lishi mumkin emas. Konstitutsiyamizning 50, 54, 55, 100–moddalarida ekologik shartlar bevosita va qolgan barcha moddalarida bilvosita tarzda berilgandir. Masalan, bilvosita tarzda Konstitutsiyaning 93-moddasida Prezidentning ekologik vakolati, 98- moddasida Vazirlar Mahkamasining ekologik vakolatlari belgilangan va hokazo. Konstitutsiyamizning 50-moddasiga ko‘ra, “Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar”, ya’ni O‘zbekiston Respublika fuqarosining har biri tabiatni muhofaza qilishi va uning boyliklaridan hozirgi va kelajak avlodlarni ekologik xavfsizlik nuqtai nazaridan oqilona foydalanish talablariga to‘la amal qilishlari shartdir. CHunki tabiat ne’matlari inson yashashi uchun barcha imkoniyatlarni yaratib beradi va uning ajralmas bir bo‘lagi hisoblanadi.
XULOSA
Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik xavfsizlikni ta’minlashda ekologik omillarning ustuvorligi va bozor iqtisodiyotining tamoyillari, ma’muriy va iqtisodiy-huquqiy mexanizmlarning o‘zaro bog‘liqligi asosida bosqichmabosqich ekologik siyosat olib borilmoqda. SHuning uchun ham ekologik munosabatlarni tartibga solish mexanizmida iqtisodiy-huquqiy chora-tadbirlar tizimining rivojlanishi katta ahamiyatga ega bo‘lib, birinchidan, atrof tabiiy muhit barqarorligini ta’minlash, tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish, ikkinchidan, ekologik-huquqiy munosabatlarni tartibga solish jarayonini kafolatlash va uchinchidan, jismoniy va yuridik shaxslarning ushbu sohadagi faoliyatini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rag‘batlantirishga xizmat qiladi. Ekologik siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekologik xavfsizlikni ta’minlash hisoblanadi. Davlatimiz rahbari I.A.Karimov haqli ravishda e’tirof etganidek, “Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachonlar milliy va mintaqaviy doiradon chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan. Tabiat va inson o‘zaro muayyan qonuniyatlar asosida munosabatda bo‘ladi. Bu qonuniyatlarning buzilishi o‘nglab bo‘lmas ekologik falokatlarga olib keladi”. Atrof tabiiy muhitni saqlab qolishni ta’minlovchi iqtisodiy mexanizmning mohiyati, faoliyati tabiat holatiga ta’sir qiluvchi jismoniy va yuridik shaxslarga ijtimoiy-iqtisodiy usullarni qo‘llashda namoyon bo‘ladi hamda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bo‘yicha qonunchilik talablarini bajarishga undaydi. Mazkur usullar tizimi ekologik ta’lim-tarbiya, qonun va qonunosti me’yoriy hujjatlar, tashkiliy va nazorat tadbirlari bilan birgalikda, ishlab chiqarish faoliyatida ekologik talablarga ixtiyoriy va vijdonan rioya etilishi uchun munosib ma’naviy muhit yaratishi lozim . Inson tabiat bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgani bois, tabiiy-ekologik muvozanatni saqlashga ongli munosabatni tarbiyalash ham dolzarb masala hisoblanadi. Ta’kidlash lozimki, korxona va tashkilotlarda, o‘quv yurtlarida ekologik muammolar bo‘yicha huquqiy bilimlar berishni, tabiatga mehr uyg‘otuvchi filmlar yaratishni, matbuot va ommaviy axborot vositalarida tahliliy chiqishlar qilishni, tabiatni tiklash yo‘nalishida olib borilayotgan ilmiy ishlarni, shu jumladan, ekin maydonlarini tiklash, yaylovlar, kam hosilli tuproqlarning mahsuldorligini oshirish, zaharlangan suv havzalarini tozalash, tuzlangan suvlarni chuchuklashtirish, irrigatsiya tizimida suvning isrof bo‘lishini kamaytirish, noyob hayvon turlarini ko‘paytirish, qattiq va boshqa turli xil chiqindilarni qayta ishlashga ekologik zararsiz texnologiyalarni joriy etish ishlarini rag‘batlantirish o‘z samarasini berishi, shubhasizdir.
|