• Sanoat, avtomobilsozlik sohasining rivojlanishi.
  • O’zbekistonning eng yangi tarixi fani




    Download 176,57 Kb.
    bet1/3
    Sana14.05.2024
    Hajmi176,57 Kb.
    #232392
      1   2   3
    Bog'liq
    O’ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI FANI

    O’ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI FANI

    ZABIROVA NARGIZA

    Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi. O‘zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi REJA:

    • Sanoat, avtomobilsozlik sohasining rivojlanishi.
    • Mamlakat iqtisodiyotining modernizasiya va diversifikasiya qilinishi, bank-moliya tizimini mustahkamlash borasidagi chora-tadbirlar.
    • Soliq tizimidagi islohotlar.

    Sanoat, avtomobilsozlik sohasining rivojlanishi.

    • Avtomobilsozlik sanoati Oʻzbekistonda yangi sohalardan biri hisoblanadi, lekin u qisqa muddat ichida juda katta oʻsishga erishdi. Oʻzbekistonda 1996-yildan chiqa boshlagan UZDaewooAuto mashinalarini hozirda dunyoga mashhur Chevrolet brendi oʻrin olgan.
    • Mashinalarni ishlab chiqarishni birinchi bosqichi 1992-yilda Janubiy Koreyaning DaewooMotors kompaniyasi bilan tuzilgan manfaatli shartnomadan boshlangan, oʻshanda Oʻzbekistonning Avtoqishxoʻjamash va Daewoo kompaniyasi 50 % ga 50 % ulushli shartnoma imzolangan va manashu shartnoma avtomobilsozlikda juda katta burilish yasadi.

     1993-yilda UzDaewooAvto kompaniyasi davlat roʻyhatiga olindi va Andijon viloyatining Asaka shahrida korxona qurish ishlari boshlandi va uning umumiy summasi 658 million dollarni tashkil etgan. Avtomobillarni ishlab chiqaradigan zavod oʻshanda Koreyaning eng zamonaviy texnalogiyalari bilan jihozlandi, malakali ishchilar qabul qilindi va shu jumladan 1000 ga yaqin oʻzbekistonlik yoshlar Koreyaga borib ish oʻrganib kelishdi. Zavodda birinchi mashinaning ishlab chiqarilishi 1996-yildan boshlandi va birinchi bolib Damas rusumli avtomobil mart oyidan boshlab Tico, iyun oyidan Nexia rusumli mashinalar ishlab chiqarila boshladi. 1996-yil 19-iyulda zavodning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi va unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etdi. Zavodning ilk yillarida barcha butlovchi qismlar xorijdan keltirilgan, keyinchlik esa mashinalarning butlovchi qisimlarini tayyorlaydigan kichik korxonalar oʻzlashtirilgan va shu yerning oʻzida tayyorlangan. 2000-yil OʻzDAEWOOavto zavodiga ISO - 9001 sersifikati berildi va 2001-yil zavodning yangi yanada zamonaviy linyasi ishga tushirildi. Buning natijasida yangi Matiz rusumli yangi avtomobil rusumi ishlab chiqarila boshladi, keyinchalik yana bir yangi Lasetti rusumli mashina ishlab chiqarish yoʻlga qoyildi. 2007-yilda UzDaewooAvto kompaniyasi negizida General -Motors korporatsiyasi bilan hamkorlikda GM-Oʻzbekiston kompaniyasi tashkil etildi va buning natijasida eng zamonaviy Kaptiva , Epika , Takuma kabi mashinalar Chevrolet brendi ostida ishlab chiqarildi. 2010-yilda Chevroletning eng zamonaviy avtomibillaridan boʻlgan Spark rusumli mashinalar ishlab chiqarildi. Shu tariqa avtomobilsozlikning mustahkam poydevori yaratildi.


    Download 176,57 Kb.
      1   2   3




    Download 176,57 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekistonning eng yangi tarixi fani

    Download 176,57 Kb.